Bino va inshootlarda tabiiy va sun’iy yoritilganlik tizimlari
Yorugʻlik insonning hayot faoliyatida va mehnat faoliyatida juda muhim rol
oʻynaydi. Koʻrish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy
olinadigan ma’lumotning taxminan 90% koʻz orqali olinadi.
Shuning uchun ham qurilishda bino va inshootlarini ratsional yoritish sifatli
mahsulot ishlab-chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab-chiqarish sharoitini
yaxshilaydi, ishchilarning charchashdan saqlaydi va ish unumdorligini oshiradi.
Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi boʻladi,
shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz
xodisalar keskin kamayadi. Bundan koʻrinib turibdiki, sanoat korxonalarini
yoritishga faqatgina gigiyenik talab qoʻyilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar
ham qoʻyiladi.
Elektromagnit spektrlarining toʻlqin uzunliklari 0,01 mkm dan 340 mkm
gacha oraligʻi spektrlarning optiq jarayoni deb ataladi, bundan 0,01 dan 0,38
mkm.i infraqizil nurlar, 0,38 dan 0,77 mkm.i koʻrinadigan nurlar va 0,77 dan 340
mkm.gacha boʻlganlari esa ultra-binafsha nurlar deb aytiladi.
Biz koʻzimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha boʻlgan yorugʻlik
nurlarini sezamiz. Bino va inshootlarini yoritishning mukammalligi sifat va son
koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son koʻrsatgichlariga nur oqimi, yorugʻlik kuchi,
yorqinlik, nur qaytarish koyeffitsiyentlari, yorugʻlik kiradi.
Nur oqimi f - nur energiyasining quvvati sifatida aniqlanadi va u inson
koʻziga ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida
lyumen (lm) qabul qilingan.
Nur oqimi faqatgina fizik koʻrsatgich boʻlib qolmasdan, balki fiziologik
koʻrsatkich sifatida ham aniqlanadi. Chunki uning oʻlchov birliklari koʻrish
sezgisiga asoslangan.
Hamma nur manbalari, shu jumladan yoritish asboblari ham fazoga bir xilda
nur sochmaydi, shuning uchun fazodagi nur oqimi zichligini aniqlovchi yorugʻlik
112
kuchi I birligi kiritilgan. Oʻtadigan va tushadigan nur oqimi fazo yoki yuza bilan
baholanishi mumkin. Yorugʻlik manbai tarqatayotgan moddiy burchagi ichida bir
xil tarqalgan 1 lm nur oqimini chiqaruvchi nuqtali manba yorugʻlik kuchining
oʻlchov birligi boʻladi.
dw
dF
I
bunda: a - burchak ostidagi I yorugʻlik kuchi; dF , dw - fazoviy burchak
chegarasida bir tekis tarqalayotgan yorugʻlik oqimi.
Yorugʻlik kuchining oʻlchov birligi sifatida kandela (kd) qabul qilingan.
101325 Pa bosim ostida 2046,65 K haroratda qotayotgan platinaning 1/600 000 m
2
yuzasidan tarqalayotgan yorugʻlik kuchi - bir kandela deb qabul qilingan (davlat
nur etaloni). 1 lm nur oqimi bir xilda tarqalib tushgan 1 m
2
yuzasiga tushsa, bu
yoritilganlik boʻladi.
dS
dF
E
Bunda: dF - nur oqimi tushayotan dS yuza.
Yoritilganlik bir yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur
qaytarish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Nur qaytarish koeffitsiyenti yuzaning
rangiga bogʻliq boʻlib, mutloq qora yuzaning nur qaytarish koeffitsiyenti 0 ga teng
boʻladi. Tabiatda mutloq qora narsa boʻlmagani sababli fonni belgilashda nur
qaytarish koeffitsiyentining 0,02 dan 0,95 gacha boʻlgan chegaralari hisobga
olinadi. Nur qaytarish koefitsiyenti 0,4 dan katta boʻlsa, yorugʻ fon, 0,2 dan 0,4
gacha boʻlsa oʻrtacha fon va 0,2 dan kichik boʻlsa qora fon deb qaraladi.
Obgʻyektning fonga nisbatan kontrasti K - obgʻyektning (masalan detallardagi
nuqta, chiziq, belgi, iz, yoriq va boshqa belgilar) fonga nisbatan yarqirash darajasi
demakdir. Kontrastlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ф
ф
L
L
L
К
)
(
0
bunda: Lf, Lo- fonning va obgʻyektning yarqirashi.
113
Agar K 0,5 dan katta boʻlsa (bunda obgʻyekt va fon bir-biridan keskin farq
qiladi) kontrastlik katta boʻladi. K 0,2 dan 0,5 gacha boʻlsa, oʻrtacha va 0,2 dan
kichik boʻlsa kontrastlik kichik boʻladi. Koʻrinish V obgʻyektning yorugʻlik ta’siri,
fon, obgʻyekt katta kichikligi, uning yaltirash xususiyati va boshqalar ta’sirida
koʻzga koʻrinish xususiyati bilan tavsiflanadi. Koʻrinish obgʻyektning fonga
nisbatan kontrastliligini, koʻzga birinchi bor koʻringan chegara kontrastliligiga
nisbatan belgilanadi:
ч
K
K
V
bunda: K - koʻrinish obgʻyektining fonga nisbatan kontrastliligi, Kch -koʻzga
birinchi bor chalingan chegara kontrastlilik.
Koʻzni qamashtirish koʻrsatkichi R - yorituvchi qurilmaning koʻzning
qamashtirishiga qarab beriladigan baho boʻlib, u quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
R = (S - 1)·100
bunda: R - koʻzni qamashtirish koʻrsatkichi; S = V1/V2 - koʻzni qamashtirish
koeffitsiyenti; V1 va V2 - ekranlangan va ekranlanmagan obgʻyektning koʻrinishi.
Yoritilishning oʻzgaruvchanlik koeffitsiyenti - Koʻ foiz
hisobida quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
урт
у
E
E
E
К
2
min
max
bunda: E
max
, E
min
, E
урт
- yoritilishning tebranish davridagi maksimal, minimal va
oʻrtacha qiymatlari.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |