284
chizing va uni xatolarini kuzating. Masalan, Q- qisqartirilgan zarbadan so‘ng, SCh
–chap burchakga “smesh”. Shunday qilib siz raqibingiz maydonining qay
burchakda zaif ekanligini, “smesh”da u qachon qaysi tomondan ko‘proq xato
qilinishini, to‘rda va to‘rning oldida va ortida qanday o‘ynashini aniqlay olasiz.
Raqibning xatolarini mujassam qilgan holda u necha marotaba to‘rga yoki autga
tushishiga e’tibor berish bilan bir qatorda, uzunligi bo‘yicha to‘p uzatishi qanday
ekanligini, ort chiziqqa bergan zarbasi naqadar aniqligini o‘rganib chiqing. Shunda
ko‘z oldingizda raqibingizni o‘yin tavsifi shakllanadi, uning eng kichik xato
tomonlarini o‘rganing va bunda siz uni kuchliva kuchsiz tomonini o‘rganib,
o‘yinning aniq taktik rejasini tuza olasiz, va avvalambor, bu to‘p uzatishlar, yolg‘iz
o‘yinda qay tarzda volanni o‘yinga kiritish lozim. Yolg‘iz o‘yinda asosiysi bu
yuqori zarba bilan volanni o‘yinga kiritishdir.
Yodda tutish lozimki, baland to‘p uzatishni o‘ynayotgan zalning shifti va
kuchlar imkon qadar berishi lozim. Bunda raqib harakatlari volan tikka tushgani
sabab maksimal tarzda qiyinlashadi, bu esa raqib samarali darajada kuchli zarba
berish imkonyatini bermaydi. Umuman olganda, baland to‘p uzatish raqib
maydonining har qanday ort burchagiga berilishi mumkin. Ammo uning uchun eng
zaif qismlar markaziy chiziq bilan kesishgan burchaklardir. To‘p uzatishning eng
samarali hududi markaziy chiziqqa yaqin bo‘lgan burchakdir.
Juft o‘yinda taktika biroz o‘zgacha va aksariyat hollarda yolg‘iz
uchrashuvlarda g‘alaba qozongan o‘yinchilar juft o‘yinlarda yutqazadilar.
Juft badminton –guruh o‘yinidir. Badmintonni juft bo‘lib o‘ynash yolg‘iz
o‘ynashdan ko‘ra ham oson, ham murakkabdir. Bir tomondan, juft badminton
strategiyasining asosi bo‘lgan hujum o‘yiniga ikki kishi osonroq javob qaytaradi,
bundan tashqari, maydonning bo‘sh hududlarini nazorat qila oladi. Boshqa
tomondan, o‘yinni olib borish murakkabroqdir, chunki keyingi zarbani kim
bajarishini hal qilish lozim, ayniqsa, volan ikki o‘yinchidan bir xil masofada
bo‘lsa. Bundan tashqari, jufti bilan maydonning bitta qismida bo‘lib qolmaslik va
shu tufayli maydonni boshqa qismini himoyasiz qoldirmaslik uchun qaysi tomonga
harakatlanish lozimligini ham hal qilish lozim.
Juft o‘yinlarning yana bitta xususiyati- bu ikki o‘yinchi to‘g‘ri o‘zaro
harakatda bo‘lib, o‘z maydonini butun qismini nazorat qila olishdadir. Bu doimiy
tarzda hujumni tayyorlash va amalga oshirishning optimal yo‘llarini izlashga
majbur qiladi. Va juft o‘yinlarda hujum zarbalarining soni ko‘payishi va o‘yin
sur’ati tezlashishi tasodif emas.
Faqatgina juft o‘yinlar uchun xos bo‘lgan alohida zarbalarni bajarish
texnikasida xususiyatlar bor. Bunda yassi zarbalar soni ko‘payadi, bu zarbalar
katta
tezlikda uchadi, bu esa, sportchidan nafaqat yuqori reaksiya, balki yolg‘iz
o‘yinlarga xos bo‘lmagan ba’zi bir zarbalarni bajarish mahoratini talab qiladi.
Masalan, qisqa o‘qtalish bilan zarba, volanga turtki berish, raqibning yuzi va
ko‘krak qafasiga qaratilgan zarbalar. Past berilgan to‘p uzatish bu juft o‘yinlaridagi
to‘p uzatishlarning asosiy turi, ammo uni juda ham extiyotkorlik bilan bajarish
lozim, chunki raqib darhol nayza bilan hujumni amalga oshirishi mumkin. To‘p
uzatishda volan to‘r ustidan imkon qadar past o‘tishi lozim, chunki 10-15 sm
javoban qarshi zarba uchun yetarlidir. Past to‘p uzatish maksimal darajada
285
raqibning birinchi hujum imkoniyatini kamaytiradi.
To‘p uzatishni qabul qilish – harakatlarning boshi. O‘yinchilar raqibning
maydonidagi eng zaif joylar, bu yon chiziqlarga bevosita yaqinlikda hamda
o‘yinchilar o‘rtasida maydon markazi ekanligini yodda tutishlari lozim. Har bir juft
o‘yin paytida nafaqat hujumni amalga oshiradi, balki himoyalanadi ham. Agarda
juft hujum qilsa, bunda eng yaxshi pozitsiya old orqa joylashuvdir. Bunday holatda
ortda turgan o‘yinchi kuchli “smesh” bilan volanni qarama-qarshi juftning
himoyalanmagan hududlariga yuborishga harakat qiladi. Oldinda turgan o‘yinchi
volanni olib, qayta zarba berishga harakat qiladi. Himoyani amalga oshirganda
raqiblar odatda, bir-birining yonidagi pozitsiyani egallaydi, ya’ni parallel tarzda
joylashadi, bunday joylashuvda ular hujumga javob berib, maydonni osonroq
nazorat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: