Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Nazorat savollari: 
1. Mutaxassislik fanlari boʻyicha oʻquv faoliyatining qanday turlari mavjud?
2. Qaysi umumkasbiy fanlarni bilasiz?
3. Fanlar boʻyicha oʻquv faoliyatini oʻquv-metodik jihatdan ta’minlashda 
eng asosiy hujjatlar qaysilar? 
4. Oʻquv-uslubiy majmualarning tarkibiga nimalar kiritiladi?
2.2. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil 
qilish 
Umumiy oʻrta ta’limning asosiy maqsadi davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini 
roʻyobga chiqarish hisoblanadi. 
Umumiy oʻrta ta’lim oʻquvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, 
mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini 
rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va ta’limning navbatdagi 
bosqichini tanlashga yordam beradi. 
Umumiy oʻrta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: 
oʻquvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda 
bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy oʻquv, ilmiy va umummadaniy 


12 
bilimlarni shakllantirish; 
oʻquvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uygʻunlashtirish 
asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oʻz Vataniga va xalqiga 
sodiq fuqaroni shakllantirish; 
ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalari oʻquv 
dasturlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquv dasturlari bilan 
uzviy bogʻliqligini ta’minlash; 
ta’lim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik 
uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
orqali ta’lim sifatini oshirish; 
oʻquvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qoʻllab-
quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, 
ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib 
berish;
mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, 
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini 
ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishda koʻmaklashish. 
Umumta’lim muassasalari umumiy oʻrta ta’limning maqsad va vazifalarini 
amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, oʻquv-uslubiy, moddiy-texnik va 
psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi. 
Umumiy oʻrta ta’limni tashkil etishga quyidagi bosqichlar kiradi. 
Umumiy oʻrta ta’lim boshlangʻich ta’lim (I-IV sinflar) hamda umumiy oʻrta 
ta’lim (I-IX sinflar) bosqichlaridan iborat boʻlib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga 
oshiriladi. 
Umumiy oʻrta ta’lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng 
dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, oʻquvchining 
barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy 
qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi. 
Umumiy oʻrta ta’lim umumta’lim muassasasi bitiruvchilariga yoʻnalishni 
ixtiyoriy tanlash asosida ta’limni oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
davom ettirish huquqini beradi. 
Umumiy oʻrta ta’lim mazmuni oʻquv rejasi davlat va maktab 
komponentlardan iborat boʻladi. 
Davlat komponentlari umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti bilan 
belgilanadi va oʻquvchilarning oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
bilimlar asoslarini yanada puxta oʻrganish va kasb-hunar egallashi uchun yetarli 
boʻlgan zaruriy darajani belgilaydi. 
Maktab komponentlari oʻquvchining ehtiyojlari va qobiliyatlaridan, 
maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib 
chiqib belgilanadi. 
Umumta’lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin: 
boshlangʻich maktab (oʻqitish muddati 4 yil: I-IV sinflar); 
umumiy oʻrta ta’lim maktabi (oʻqitish muddati 9 yil: I-IX sinflar); 
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish 
muddati 9 yil: I-IX sinflar); 


13 
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat 
(oʻqitish muddati 5 yil: V-IX sinflar); 
olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-
internati (oʻqitish muddati 7 yil: V-XI sinflar); 
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat) (oʻqitish muddati 9 (10) yil: I-IX (X) 
sinflar); 
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 9 
yil: I-IX sinflar); 
alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj 
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish muddati zaruriyatga koʻra). 
Ta’lim turlarining uzviyligini ta’minlash maqsadida oʻquv-tarbiya 
majmualari tashkil etilishi mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish