Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Oʻquv yili umumta’lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25
mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.
Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
oʻquv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
oʻquv haftasining davomiyligi-6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra
I sinflar uchun 5 kun);
dars mashgʻulotining davomiyligi - 45 daqiqa;
dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi – 5-10 daqiqa
(oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi – 15-30 daqiqa).
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb
belgilangan kunlarda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars
mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi
dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.
Oʻquv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendarь kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendarь kun;
bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendarь kun;
yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli
nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan)
boshlab 1 sentyabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan
taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
I sinf oʻquvchilari uchun fevralь oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik ta’til
belgilanadi.
Umumta’lim muassasalarida yozgi ta’til kunlari kunduzgi oromgohlar va
maydonchalar tashkil etilishi mumkin.
Belgilangan me’yorlar boʻyicha tegishli maydonga ega boʻlgan umumta’lim
muassasasining sinflari toʻliqligi 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda
joylashgan, oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan umumta’lim muassasalarida, olis
14
(togʻli, choʻlli) aholi punktlarida joylashgan umumta’lim muassasalarida,
shuningdek oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumta’lim muassasalarida oʻquvchilar
soni sinflarni toʻldirishning oʻziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hududiy
xalq ta’limi boshqaruv organlari va tuman (shahar) hokimliklarining moliya
boʻlimlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlangʻich sinf
oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I-IV sinflar;
oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;
oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II
va IV sinflar).
Malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi
oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim
muassasalarining I-IX sinflarida «CHet tili» fani, ayrim fanlar chuqur
oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida
ixtisoslashgan fanlar, V-IX sinflarda «Informatika» va «Mehnat ta’limi», VIII-IX
sinflarda «Jismoniy tarbiya», ta’lim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta ta’lim
muassasalarining II-IX sinflarida «Oʻzbek tili» fani hamda ta’lim tili rus tili
boʻlmagan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining II-IX sinflarida «Rus tili» fani
boʻyicha.
Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquv-tarbiyaviy ishlar umumiy oʻrta
ta’limning tayanch oʻquv rejasi va umumiy oʻrta ta’lim dasturi asosida amalga
oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan davlat ta’lim
standartlari asosida yangi oʻquv yili uchun oʻquv reja va unga tushuntirish xati
ishlab chiqiladi hamda har yili 1 iyunga qadar umumta’lim muassasalariga
yetkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent
shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga
yuboriladi.
Oʻquvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy oʻrta ta’limning
davlat ta’lim standartlariga mos holda oʻqitish natijalarini nazorat qilishni
ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib
boriladi:
joriy nazorat - oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini muntazam
ravishda nazorat qilish uchun soʻrovlar, nazorat ishlari yoki testlar koʻrinishida
oʻtkaziladi;
oraliq nazorat - chorak yakunida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va
malakalarini baholash uchun oʻquv dasturining bir qismi tugaganda amalga
oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar koʻrinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat - oʻquv yili tugaganda ogʻzaki, yozma imtihon hamda test
sinovlari koʻrinishida amalga oshirilib, unga asosan oʻquvchining yakuniy bahosi,
reytingi aniqlanadi va oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazishga qaror qilinadi;
15
yakuniy nazorat - umumiy oʻrta ta’lim tugaganidan soʻng yakuniy davlat
attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi.
Umumta’lim muassasalarining V-IX sinf oʻquvchilari tegishli fanlardan
bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan soʻng keyingi sinfga
oʻtkaziladi.
Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumta’lim muassasasining
pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va
bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.
Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat
attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari,
musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat
attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular
tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar
asosida amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasasini tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi
umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, VIII-IX sinflardagi oʻqishi
davrida faqat a’lo koʻrsatkichlarga va namunali xulqqa ega boʻlgan, yakuniy davlat
attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali
shahodatnoma beriladi.
Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasini
tasdiqlash va uni berish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini mustaqil
oʻzlashtirgan oʻquvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini
topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida
muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma
beriladi.
Umumta’lim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq boshqa
masalalar (dars jadvalini shakllantirish, haftalik oʻquv yuklama) umumiy oʻrta
ta’limning davlat standartiga asosan ishlab chiqilgan oʻquv rejaga muvofiq
belgilanadi.
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy oʻrta ta’limning tayanch oʻquv rejasi;
umumiy oʻrta ta’limning oʻquv dasturi;
umumiy oʻrta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Umumiy oʻrta ta’limning tayanch oʻquv rejasi (keyingi oʻrinlarda - tayanch
oʻquv reja deb ataladi) umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan oʻquv
fanlari nomi, oʻquv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar boʻyicha
taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch oʻquv reja umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining dars jadvalini
16
ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch oʻquv reja umumta’lim fanlari boʻyicha belgilangan ta’lim
mazmunini oʻquvchiga yetkazish uchun ajratilgan oʻquv soatlari (davlat
ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |