308
oʻtish demakdir. Amalda bajarish metodi - bu mashklarni amalda bajarish, oʻyinlar
va musobaqalashuvlar demakdir. Mashqlar bajarish uslubi koʻp qirrali
takrorlashlar natijasida ba’zi elementlarni oʻzlashtirish va toʻliq oʻrgatishga
qaratilgan.
- Oʻyin uslubi - darsning qiziqarli boʻlishi shugʻullanuvchi mashq
bajarayotganida uyushqokligini oshirish va charchashni oldini olishga
yordamlashadi,
- Musobaqa uslubi - bu "kim uzoqroq sirgʻanadi", "kim tez suzadi" va "kim
uzoqroqqa
suzadi"
degan
bellashuvlar
orqali
mashklar
elementlarini
oʻzlashtiradilar.
Suzishga oʻrgatish jarayonida qoʻllaniladigan barcha mashqpar bir tizim
boʻlimlarida mujassamlashadi. Ya’ni bundan avval oʻrganilayotgan suzish usuli
koʻrsatib beriladi va tahlil qilinadi (toʻli^roq tushuncha bershtadi), uni tashkil
etadigan elementlarga ajratiladi (oyoq - qoʻl harakatlariga nafas olishni
moslashtirish) asta -sekinlik bilan shugʻullanuvchi suzishning toʻligʻicha oʻrganish
uslubini oʻzlashtirib boradi. Suzishga oʻrgatishning umumiy tizimi quyidagi
bosqichlardan tashkil topgan: oʻrganiladigan suzish uslubi va uning elementlarini
namoyish qilish (tana xolati, nafas olishharakatlari va qoʻl - oyoq harakat shakli
bilan nafas olishning bogʻlikligi).
Yuqoridagi metodlar texnikasi va uning elementlari nazriy (tushintirish)
jixatidan kuyidagilarga asoslangan.
- Usullarni bajarib koʻrish (oʻrganilayotgan usulda suzishni bajarish).
-
Quruklikda
harakatlar
shakli
bilan
amaliy
tanishuv.
Suvda
harakatlanishning alohida mazmuni va usullar elementlarini oʻzlashtirish.
Toʻligʻicha suzish usulini bajarish. Suzish usullari texnikasi va uning-
elementlarini.
I Dars - suzish boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etishning asosiy shakli. U
aniq yoʻnalishda bir tizimga ega va u 3 qismdan iborat: 1) tayyorlov, 2) asosiy va
3) yakuniy qismlar.
Darsning tayyorlov qismi (20 daq)
Shugullanuvchilarni jamlashda dars vazifasi va mazmunini tushuntirishda,
dars mavzusi boʻyicha qisqacha nazariy suhbat yangi materialni koʻrsatish va
tushintirish, quruklikda umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish va suvda
tayyorlov mashklarini bajarishlar darsning tayyorlov qismidan oʻrin oladi.
II Darsning asosiy qismi (35-45 daq)
Oʻtilgan materialni qisqa takrorlash va yanga mavzu materiallarini
oʻrgatishni avvalgilarni takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Bu qismning soʻnggi
3/1 qismida turli harakatli oʻyinlar va estafetalar oʻtiladi.
III Darsning yakuniy qismi (10 daq)
Jismoniy va aqliy yuklamalarni tushuntirish, oʻtilgan mavzuni ya’ni
materialning mazmuni takrorlash, mustaqil suzish, suvdan chiqishni toʻgʻri tashkil
qilishdan, qayta saflanish, tekshiruv, darsning yakunini oʻtkazishdan va
basseyndan chiqishni tashkil qilishdan iborat. Har bir oʻqituvchi reja-konspekt
tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: