68
davlatning Sharqdagi hududlari O‘rta Osiyo chegaralarigacha cho‘zilgan
edi.
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Midiya podsholigi o‘rnida
Ahmoniylar davlati paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II
ahmoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Kir II, Kambiz,
Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda ko‘plab
mamlakatlar ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirganlar va
shunday siyosat olib borganlar.
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Kir II o‘zining
sodiq
lashkarboshlaridan biri bo‘lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-
davlatlarni bosib olishni buyuradi. O‘zi esa O‘rta Osiyo hududidagi
viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshq.) bosib
olishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga
qarshi yurishi haqida so‘zlar ekan, bu yurishlarning ko‘pchiligi haqida
to‘xtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan
yurishlar haqida eslatib
o‘tadi. Tarixchining ma’lumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo
shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini
bo‘ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi.
Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot,
Ksenofont, Ktesiy, Yustin
kabilarning ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Kir II mil. avv.
545-539 yillarda Sharqiy Eron va O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi.
Doro I davrida (mil. avv. 522-486-yy.) Ahmoniylar sulolasi Hind
vodiysidan O‘rta Yer dengiziga qadar bo‘lgan keng hududda o‘z
hukmronligini o‘rnatgan. Juda ko‘p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va
xalqlarni birlashtirgan ahmoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo
davlati hisoblanadi.
Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, O‘rta
Osiyo xalqlari
ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan,
massaget qabilalari malika To‘maris (Tomiris) boshchiligida forslarning
turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo‘shinini
tor-mor etadilar. Malika To‘maris va massagetlarning harbiy mahorati
tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi. Gerodot
xabar berishicha, “Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar
orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l jangi boshlanib
nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi.
Nihoyat massagetlar g‘alaba qozondilar.” Kir II qo‘shinlarining
massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi.
Tarixchi Poliyen forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi
haqidagi afsona to‘g‘risida xabar beradi. Uning xabariga ko‘ra, sak
69
qabilalarining vakili bo‘lgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li
bilan
forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo‘yadi.
Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar.
Mil. avv. 522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o‘tiradi. U taxtga
o‘tirishi bilanoq Parfiya, Marg‘iyona va “saklar o‘lkasi”da forslarga
qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-
yilning oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga
Frada ismli kishi
boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi
qo‘shinlarni
qo‘zg‘olonchilarga
qarshi
jo‘natadi.
Qo‘zg‘olon
shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada
ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi.
“Saklar o‘lkasi”dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik
qiladi. 519-518-yillarda bo‘lib o‘tgan bu kurashda saklar forslar
tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi. Saklarning ko‘pchiligi o‘ldirilib,
ko‘pchiligi asir olinadi. Ularning yo‘lboshchisi Skunha asir olinib, o‘rniga
boshqa yo‘lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O‘rta Osiyodagi mahalliy
aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik
bilan sindirganidan
keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga bo‘ysundirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: