Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Markaziy boshqaruv organlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Markaziy boshqaruv organlari.
Ahmoniylar davrida davlat 
boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning 
cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, ma’lum 
darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko‘pgina 
imtiyozlarga ega bo‘lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. 
Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham 
hokimiyatning tayanchi hisoblangan.
Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining 
boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo‘lib uning 
tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi 
amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar 
ushbu kengashda ko‘rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qarorni shahanshoh 
chiqargan. 
Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs «xazarpat» - mingboshi 
deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig‘i va davlat 
boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar 
saltanatining bosh ma’muriy markazi Suza shahri edi. Bu yerda 
shahanshoh devonxonasi joylashgan bo‘lib, barcha hujjatlar shu yerda 
saqlangan. Shahanshoh devonxonasi boshlig‘i «dapirpat» - mirzaboshi 
deb atalgan. Devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, qozilar, 
mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar. 


70 
Hududiy bo‘linish.
Qoyatosh bitiklar va Gerodot ma’lumotlariga 
ko‘ra, ahmoniylar davlati hududi 20 ta qaram-ma’muriy qismlarga – 
satraplarga bo‘lingan. Tadqiqotchilarning fikricha, forslar davlat 
boshqaruvining bu an’analarini midiyaliklardan o‘zlashtirganlar. Satraplar 
yirik hududlarga ega bo‘lib, ko‘pincha bir necha viloyat va o‘lkalarni o‘z 
tarkibiga birlashtirgan. Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va 
So‘g‘diyona bitta satrap tarkibiga kirgan. Satraplarning chegaralari ayrim 
hollarda o‘zgarib turgan. 
E’tibor berish lozimki, ahmoniylar davlatida satraplar etnik kelib 
chiqishiga qarab emas, balki iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. 
Satraplar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. 
Satrapning ma’muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma’muriyati va 
markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya’ni, 
satrapda ikkita yordamchi, devonxona va mirzalar bo‘lgan. Bir vaqtning 
o‘zida satrap o‘zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham 
bajargan. Ayrim hollarni istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik 
vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro I barcha satraplarning harbiy 
vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o‘ziga bo‘ysinuvchi harbiy 
boshliqlarni jo‘natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat 
ostiga olingan. Hattoki shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib 
satraplar faoliyatini tekshirib turganlar.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish