Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo 
 
Mil. avv. 555-540-330-yillar O‘rta Osiyoning tarixiy-madaniy 
viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. O‘rta Osiyo 
viloyatlari va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko‘pchilik olimlar turli yillarda 
tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar 
Eron hududlari tarixi bilan bog‘liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar 
ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining 
asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. 
Mil. avv. IX-VII asrlarda G‘arbiy Eronning ko‘pgina hududlari 
Ossuriya va Urartu davlatlari tarkibiga kirar edi. Mil. avv. VII asrning 
ikkinchi choragiga kelib Eron hududidagi eroniy tilli qabilalar asosida 
markazi Hamadonda bo‘lgan Midiya podsholigi tashkil topadi. Bu 


68 
davlatning Sharqdagi hududlari O‘rta Osiyo chegaralarigacha cho‘zilgan 
edi. 
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Midiya podsholigi o‘rnida 
Ahmoniylar davlati paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II 
ahmoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Kir II, Kambiz, 
Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda ko‘plab 
mamlakatlar ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirganlar va 
shunday siyosat olib borganlar. 
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Kir II o‘zining sodiq 
lashkarboshlaridan biri bo‘lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-
davlatlarni bosib olishni buyuradi. O‘zi esa O‘rta Osiyo hududidagi 
viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshq.) bosib 
olishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga 
qarshi yurishi haqida so‘zlar ekan, bu yurishlarning ko‘pchiligi haqida 
to‘xtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib 
o‘tadi. Tarixchining ma’lumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo 
shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini 
bo‘ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi. 
Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Yustin 
kabilarning ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Kir II mil. avv. 
545-539 yillarda Sharqiy Eron va O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi. 
Doro I davrida (mil. avv. 522-486-yy.) Ahmoniylar sulolasi Hind 
vodiysidan O‘rta Yer dengiziga qadar bo‘lgan keng hududda o‘z 
hukmronligini o‘rnatgan. Juda ko‘p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va 
xalqlarni birlashtirgan ahmoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo 
davlati hisoblanadi. 
Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari 
ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, 
massaget qabilalari malika To‘maris (Tomiris) boshchiligida forslarning 
turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo‘shinini 
tor-mor etadilar. Malika To‘maris va massagetlarning harbiy mahorati 
tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi. Gerodot 
xabar berishicha, “Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar 
orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l jangi boshlanib 
nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. 
Nihoyat massagetlar g‘alaba qozondilar.” Kir II qo‘shinlarining 
massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi. 
Tarixchi Poliyen forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi 
haqidagi afsona to‘g‘risida xabar beradi. Uning xabariga ko‘ra, sak 


69 
qabilalarining vakili bo‘lgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li bilan 
forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo‘yadi. 
Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar. 
Mil. avv. 522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o‘tiradi. U taxtga 
o‘tirishi bilanoq Parfiya, Marg‘iyona va “saklar o‘lkasi”da forslarga 
qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-
yilning oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga Frada ismli kishi 
boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi 
qo‘shinlarni 
qo‘zg‘olonchilarga 
qarshi 
jo‘natadi. 
Qo‘zg‘olon 
shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada 
ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi. 
“Saklar o‘lkasi”dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik 
qiladi. 519-518-yillarda bo‘lib o‘tgan bu kurashda saklar forslar 
tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi. Saklarning ko‘pchiligi o‘ldirilib, 
ko‘pchiligi asir olinadi. Ularning yo‘lboshchisi Skunha asir olinib, o‘rniga 
boshqa yo‘lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O‘rta Osiyodagi mahalliy 
aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan 
keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga bo‘ysundirdilar. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish