O’quv yurtlаridа fizikа o’qitishdаgi nuqsоnlаr vа ulаrni bаrtаrаf etish yo’llаri.
O’MKHT o’quv yurtlаri mахsus lоyihаli o’quv binоlаridа fаоliyat ko’rsаtаdilаr. Ulаr Kоrеyadа ishlаb chiqаrilgаn vа Sаmаrqаnd o’quv-ishlаb chiqаrish birlаshmаsidа tаyyоrlаngаn tа’lim-tаrbiya vоsitаlаri bilаn tа’min etilgаnlаr. Kоrеya tаyyоrlаgаn vоsitаlаr uchun o’zbеk tilidа tаyyоrlаngаn qo’llаnmаlаrning yo’qligi, o’qituvchilаrning esа, u qurоllаrning аksаriyatidаn fоydаlаnа оlmаslik muаmmоlаri mаvjud. Uni hаl etish uchun
а) o’zbеk tilidа zаrur qo’llаnmаlаrni ko’pаytirish
b) o’qituvchilаrni esа, u qurоl vа qo’llаnmаlаr bilаn tаnishtirish uchun mаlаkа оshirish kursini o’tаsh zаrur. Kоllеjlаrdа fizik tushunchа vа kаttаliklаrni, fizik dоimiylаrni, qоnuniyatlаrni izоhlаshgа qаrаtilgаn, o’lchаnаdigаn vа o’lchаb bo’lmаydigаn kаttаliklаrni izоhlаsh zаrurаti mаvjud. Bu muаmmоni o’qituvchilаr hаl etmоg’i zаrur.
Lаbоrаtоriya vа prаktikum mаshg’ulоtlаridа O’TV, kоmpyutеr, ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаn kеng fоydаlаnmаslik muаmmоsi mаvjud. Uni hаl etishdа mеtоdik ko’rsаtmаlаr yarаtilmоg’i zаrur.
Geometrik optika. To’lqin optikasi.
Yorug’lik nurining tabiati o’rnatilishidan oldin optikaning quyidagi asosiy
qonunlari ma’lum edi:
Yorug’lik nurining optik bir jinsli muhitda to’g’ri chiziqli tarqalish qonuni; yorug’lik nuri dastalarining bir-biriga bog’liq bo’lmaslik qonuni; yorug’likning qaytish va sinish qonunlari. Yorug’likning to’g’ri chiziqli tarqalish qonuni. Optikaviy bir jinsli muhitda yorug’lik nuri to’g’ri chiziqli tarqaladi, chunki nuqtaviy yorug’lik manbai bilan shaffof bo’lmagan buyumlar yoritilganda, buyumlar shaklida aniq soya hosil bo’ladi. Yorug’lik nurlari to’lqin uzunligiga yaqin bo’lgan o’lchamli buyumlar yoritilganda, bu qonundan chetlashish kuzatiladi.
2.2.Yorug’likning sinishi va qaytish qonunlari.
Yorug’lik nurlari dastalarining bir-biriga bog’liq bo’lmaslik qonuni. Alohida
yorug’lik nuri dastasida kuzatiladigan hodisalar boshqa dastalar bir vaqtda mavjud bo’lish yoki bo’lmasligiga bog’liq bo’lmaydi. Yorug’lik oqimini alohida yorug’lik dastalariga ajratib, tanlangan yorug’lik dastasi ta'siri boshqa dastalarga bog’liq emasligini oson isbotlash mumkin.
l-rasm. Yorug’likninng sinish va qaytish qonuni
Agarda, yorug’lik nuri ikki muhit chegarasiga tushsa (1 - rasm), I tushuvchi nur II qaytgan va III singan nurlarga ajraladi, ularning tarqalish yo’nalishlari qaytish va sinish qonunlari bilan belgilanadi.
Qaytish qonuni: qaytgan nur, tushuvchi nur va tushish chegarasiga o’tkazilgan perpendikulyar bilan bir teklslikda yotadi, qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo’ladi:
(1)
Sinish qonuni: tushuvchi nur, singan nur va tushish nuqtasida ikki muhit chegarasiga o’tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotadi, tushish burchagining sinusini sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan muhitlar uchun o’zgarmas kattalik hisoblanadi:
(2)
bu erda n21 - ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko’rsatkichidir. Ikki muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichlari ularning absolyut sindirish ko’rsatkichlarining nisbatiga tengdir:
(3)
Muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi elektromagnit to’lqinning vakuumdagi tezligining muhitdagi fazaviy tezligiga nisbatiga tengdir:
(4)
bu erda ga teng ва - muhitning dielektrik va magnit singdiruvchanligidir. Sinish qonunini quyidagicha qayta ifodalash mumkin:
(5)
Agarda, yorug’lik katta sindirish ko’rsatkichli n 1 muhitdan o’tib kichik sindirish ko’rsatkichli n2 muhitda, misol uchun, shishadan suvga o’tib tarqalsa, u holda
(6)
bo’lib, singan nur normaldan uzoqlashadi va i2 sinish burchagi i1 tushish burchagidan katta bo’ladi (2 - rasm).
2-rasm
Tushish burchagi oshishi bilan sinish burchagi asta-sekin osha boradi va qandaydir chegaraviy tushish burchagi qiymatida ( . chegaraviy burchakda) sinish
burchagi ga tenglashadi.
. holatda tushayotgan nur to’liq qaytadi (3 - rasm).
Demak, tushish burchagining qiymatlarida to’la qaytish hodisasi
kuzatiladi. Chegaraviy tushish burchagi shartdan topiladi.
(7)
To’la qaytish hodisasi, yorug’lik optikaviy zich muhitdan zich bo’lmagan muhitga o’tganda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |