6-rasm.
Musbat optik kuchga ega bo’lganlinzalar yig’uvchi, manfiy optik kuchga ega bo’lganlari esa sochuvchi linzalar deb ataladi.
Linzaning fokusidan o’tuvchi, bosh optik o’qqa perpendikulyar bo’lgan tekislik - linzaning fokal tekisligi deb ataladi.
Odatda, yig’uvchi linzadan farqli, sochuvchi linzalarda mavhum fokuslar mavjud bo’ladi (6- rasm).
Linzaning optik kuchi ifodasidan foydalanib linzaning ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
(9)
Sochuvchi linzalar uchun f va b masofalar manfiy hisoblanadi. Linzalarda buyumning tasviri quyidagi nurlar orqali amalga oshiriladi:
linzaning optik markazidan o’tuvchi nur;
bosh optik yqqa parallel yo’nalgan nur (bu nur linzadan singanda linzaning ikkinchi fokusi orqali o’tadi);
linzaning birinchi fokusi orqali o’tadigan nur (bu nur linzada singandan so’ng, linzaning bosh optik o'qiga parallel bo’lib chiqadi).
7 - rasmda yig’uvchi linza orqali tasvirni tuzish usuli keltirilgan. Tasvir va buyumning chiziqli o’lchamlari nisbati linzaning chiziqli kattalashtirishi deb ataladi.
Yorug’lik nuri va uning manbalari jadalligini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limi - fotometriya deb ataladi. Fotometriyada quyidagi kattaliklar ishlatiladi:
Energetik kattaliklar - optik nurlanishning energetik parametrlarini tavsiflaydilar;
Yorug’lik kattaliklari - yorug’likning fiziologik ta'sirini tavsiflaydilar.
nurlanish oqimi, nulanish energiyasining (w) nurlanish vaqtiga (t) nisbatiga aytiladi:
(10)
Nurlanish oqimining o’lchov birligi Vattdan (Vt) i borat.
2. Yoritish yoki nurlanish qobiliyati Re - sirtning nurlanish oqimini shu sirtning ko’ndalang kesimi yuzasiga nisbatiga teng:
(11)
ya'ni sirtning nurlanish oqimi zichligini bildiradi.Nurlanishning birligi Vt/m dan iborat.
Yorug’likning energetik kuchi Iэ - nuqtaviy nurlanish oqimi ni, shu nurlanish tarqalayotgan teles burchakka ( ) nisbatiga tengdir:
(12)
Yorug’likning energetik kuchi birligi bir steradian burchakka to’g’ri kelgan bir Vattli nurlanish oqimini bildiradi (Vt/sr).
Energetik ravshanlik Вэ - nurlayotgan sirt elementi yorug’ligi energetik kuchini , nurlanish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan tekislikdagi element yuzasi proeksiyasiga nisbatiga teng kattalik bilan o’lchanadi:
(13)
Energetik ravshanlik birligi ga tengdir.
Energetik yoritilganlik Еэ - yoritiladigan birlik yuzaga tushayotgan nurlanish oqimiga teng kattalikdir. Uning birligi Vt/м2 dir.
Optikaviy o’lchashlarda har xil nurlanish qabul qilgichlari ishlatiladi (ko’z, fotoelementlar va fotokuchaytirgichlar). Ular har xil to’lqin uzunlikdagi yorg’lik - ka o’ziga xos sezgirlikka ega bo’ladilar.
Yorug’lik o’lchashlari sub'ektiv bo’lgani uchun, yorug’lik birliklari faqat ko’rinadigan yorug’lik spektri sohasi uchun keltiriladi.
Yorug’lik kuchining birligi XB tizimida - bir kandelaga (kd) tengdir. Kandela - yorug’likning energetik kuchi 1/683 Vt/sr bo’lgan chastotali elektromagnit nurlanish chiqarayotgan manbaning berilgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchidir.
Yorug’lik oqimi Ф qabul qilgich sezgirligiga to’g’ri keladigan optikaviy nurlanish quvvatidir, uning birligi 1 lyumen (lm) - 1 kd/sr ga teng.
Ravshanlik yo’nalishdagi yorug’lik kuchini I nurlatayotgan yuzaning nurlanish yo’nalishiga perpendikulyar tekislikdagi proektsiyasiga nisbatiga teng kattalikka aytiladi:
(14 )
uning birligi dir.
Yoritilganlik Е - yuzaga tushayotgan yorug’lik oqimini (F) shu yuzaga nisbatiga teng kattalikka aytiladi.
(15)
7
uning birligi 1 lyuks - 1 dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |