8.Darsga tayyorlanish
Darsning samaradorligi deganda lining ikkita tarkibiy qismini
ko‘rish mumkin, bular: darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish va darsni
o‘tish mahoratidan iborat. Yomon rejalashtirilgan, yetarlicha
o'ylanmagan, shoshilinch loyihalangan va o‘quvchilar imkoniyatlari bilan uyg‘unlashmagan dars yaxshi sifatli bo‘lishi mumkin
emas.
Darsga tayyorlanish - bu butun bir tadbirlar majmuasini ishlab
chiqish, ayni paytda pirovard natijani ta’minlaydigan o‘quv tarbiya
jarayonini tanlashdir. 0 ‘qituvchining darsga tayyorlanishi uch
bosqichdan iborat: aniqlash, oldindan aytib berish, loyihalash
(rejalashtirish). Bu o‘rinda o‘qituvchining materialni yaxshi bilishi,
o‘z fani doirasida erkin fikrlay olishi ko‘zda tutiladi. U o‘z kasbiy
mavzusiga old papkasini yoki ish kitobini yuritib, unga o‘zi dars
o‘tadigan fan sohasidagi eng yangi ma’lumotlami to‘playdi,
140
muammoli masala va topshiriqlami, test material! arini jamlaydi.
Takror aytamiz, muvaffaqiyatli dars o‘tish uchun o‘qituvchi amaliy
va o'quv materialini ishonch bilan puxta egallagan boiishi zarur.
Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari o‘quv axborotlarini sinf
imkoniyatlariga, yuqori samara beradigan bilish mehnati va jamoa
hamkorligini tashkil etishda qulay shart-sharoit (shakl) ni baholash
va tanlashga “moslashishga” olib keladi. Dars berishning oqilona
shaklini tanlash uchun o‘quv mashg‘ulotini qat’iy ravishda
rejalashtirish zarur. Uning asosida darsni tayyorlash algoritmi
(qoidalar majmui), barcha muhim omillar va holatlami hisobga
olishni kafolatlaydigan izehil tadbirlar boiishi zamr. Demak,
algoritm (qoidalar majmui)ni amalga oshirish muayyan shartsharoitlami aniqlash bilan boshlanadi. Diagnostika (tashxis) bu -
tarbiyaviy ishlami loyihalash munosabati bilan dars o‘tishdagi
barcha vaziyatlami “ochib” berish bilan o‘quvchilaming
imkoniyati, ulaming faoliyati va xulq-atvori motivlari, o‘qitish
darajasi talab qiladigan ehtiyojlar va ishtiyoqlari, qiziqish va
qobiliyatlari, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy
ahamiyati, darsning tuzilishi, shuningdek, o‘quv jarayonida butun
vaqtni qanday sarflanishini, tayanch bilimlami takrorlash
(aktualizatsiya)ga, yangi axborotlami o‘zlashtirishga, mustahkamlash va sistemalashtirishga, bilim, malakani tekshirish va
xatolami to‘g‘rilashga ketgan vaqtni chuqur tahlil etish bilan
ifodalanadi. Ushbu bosqich mashg‘ulotlar samaradorligini
belgilovchi omillaming ta’sirini yorqin tasawur etiladigan
darsning diagnostik kartasini vujudga keltirish bilan yakunlanadi.
Oldindan aytish boiajak darsni o‘tishdagi turli variantlami
baholash va ular orasidan eng, maqbulini tanlashga qaratilgan.
Oldindan aytishning zamonaviy texnologiyasi dars samaradorligi
miqdoriy ko‘rsatkichlarini quyidagi yoilar bilan chiqarishga
yordam beradi. Darsning asl maqsadi boigan bilim (malakalar)
hajmini shakllantirish 100% deb qabul qilinadi. Unga to‘sqinlik
qiluvchi omillar, tabiiy ravishda bu ko‘rsatkichni pasaytiradi,
yo‘qotishlar kattaligi (maxsus metodika orqali aniqlanadi) va ideal
natijada chegirib tashlanadi, shunday qilib, pedagog o‘ylagan shakl
bo‘yicha dars samaradorligining erishishi mumkin boigan aniq
ko‘rsatkichi aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘qituvchini
qoniqtiradigan bo‘lsa, u darsga tayyorlanishning yakunlovchi
bosqichi, rejalashtirishga o‘tadi. Qoniqtirmasa - o‘zgartirish
mumkin bo‘lgan omillar vositasida darsni tashkil etishning yanada
mukammal shaklini izlashga majbur bo‘ladi.
Loyihalash (rejalashtirish) - tayyorlanishning yakunlovchi
bosqichi bo‘lib, u o‘quvchilami aqliy faoliyatini boshqarish
dasturini tuzish bilan tugaydi. Boshqarish dasturi bu - qisqa va
aniq, erkin tuzilgan hujjat bo‘lib, unda o‘qituvchi jarayonni
boshqarishning o‘zi uchun zarur o‘rinlarini qayd qiladi, kimdan va
qachon so‘rash, qayerda muammoni yuzaga keltirish, mashg‘ulotning keyingi bosqichiga qanday o£tish kerakligi, oldindan
ko‘zlangan qiyinchiliklar paydo bo‘lganda jarayonni qanday
shaklda qayta qurish mumkin va boshqalar shular jumlasidandir.
Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasida boshqarish ta’sirini
aniq, ravshan belgilash bilan farq qiladi.
Yosh o‘qituvchilar darsning reja konspektini batafsil yozishlari
kerak. Bu qoida amaliyot talabi bo‘lib, undan hali biror o‘qituvchi
bo‘lajak darsni tashkil etishning har bir tafsilotigacha o‘ylab
chiqmasdan haqiqiy ustoz bo‘la olmagan. Qachonki, takror-takror
tuzilishlar odatga aylanib qolganda, rejaning hajmi muttasil kamaya
borib, u harakatlaming aniq dasturiga aylangandagina, qisqartirilgan yozuvlarga o‘tish mumkin bo‘ladi.
Yosh o‘qituvchi rejasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:
- darsning o‘tish sanasi va mavzu rejasiga muvofiq uning
tartib raqami;
- dars o‘tilayotgan sinf va dars mavzusining nomi;
- o'quvchilarga ta’lim tarbiya berish va ulami rivojlantirish
maqsad va vazifalari;
- dars izchilligini ko‘rsatgan holda uning tuzilishi va har bir
bosqichlari bo‘yicha vaqt taxminiy taqsimlangan bo‘lishi;
- o‘quv materialining mazmuni;
- darsning har bir qismida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan
metod va ish usullari;
- dars o‘tish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari;
- uyga topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |