Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika



Download 0,62 Mb.
bet15/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234
Bog'liq
китоб

40
3. Umumiy o‘rta ta’lim
0 ‘rta ta’limning muddati 11 yil bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasida ta’limning majburiy turi hisoblanadi. 11 yillik majburiy
o‘rta taiim “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bola
huquqlari Konvensiyasi”, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taiim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliv
dasturi”. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Yoshlarga oid
davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, va YUNESKOning uzluksiz
taiimga doir tavsiyalariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi,
11 yillik majburiy o‘rta taiim tizimi oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma va talablardan kelib chiqqan holda, 11 yillik majburiy o‘rta taiim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi
meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va muntazam takomillashtiriladi.
11 yillik majburiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi - shaxsning
har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, muntazam rivojlanuvchi
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda o‘zining ijodiy quvvatlarini namoyon qila oladigan yoshlami shakllantirish, o‘zining shaxsiy hayotiy
manfaatlari kabi jamiyat manfaatlari yoiida ham xizmat qila
oladigan, chunonchi, o‘zbek xalqining an’analarini davom ettiradigan, fan, madaniyat, texnika hamda texnologiyalami rivojlantira
oladigan, avlodlaming tarixiy uzviyligini mustahkamlaydigan
yoshlami tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
11 yillik majburiy o‘rta taiim maktablarining mavjud ijtimoiy
sharoitdagi vazifaiari:
a) o‘quvchilaming jismoniy salomatligini muhofaza qiladigan,
ma’naviy jihatdan boy, yuksak axloqiy, bilimli, o‘zi va boshqa
xalqlaming an’analari va madaniyatini hurmat qiladigan shaxslami
tarbiyalaydigan maktab hayotining yangi sohasini shakllantirish;
b) o‘quvchilarda fuqarolik, fidoyilik, inson erki va huquqlarini
hurmat qilish, o‘zi va jamiyat oldida mas’uliyatni his qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
41
d) o'quvchilarda yaxlit tarzdagi ilmiy dunyoqarash, ekologik
madaniyatni shakllantirish;
e) о‘quvchilar va o‘qituvchilaming ochiq axborot maydonlariga chiqishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish;
f) o‘quvchilarning bilish qiziqishlari, ijodiy layoqatlari, umumo‘quv ko‘nikmalari, mustaqil bilim olish malakalari, o‘zlarini
namoyon qilish imkonini beradigan faoliyat tajribalarini har
tomonlama rivojlantirishdan iborat.
Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish uchun:
a) o‘quvchilaming to‘laqonli rivojlanishlari uchun qulay
pedagogik, psixologik shart-sharoitlami yaratish;
b) fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika, texnologiyalaming
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim mazmunini muntazam yangilash;
d) ta’limning madaniyat bilan yo‘g‘rilganligiga muntazam tarzda e’tibor qaratish asosida uning shaxs ma’naviy olamining shakllanishini ta’minlash;
e) o‘quvchilaming ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashishlariga
erishish, natijada o‘quvchilarda barqaror mayllar shakllanib, shaxsning shaxsiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda ijtimoiy taraqqiyotni ham ta’minlanadi;
f) o‘quvchilarda ilmiy bilimlar tizimini shakllantirish, ulami
amaliy faoliyatning turli ko‘rinishlarida qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilish;
g) 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimining uzviyligini rivojlantirish, uning darajalari va bosqichlari orasidagi uzviylikni
ta’minlash;
h) o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
i) o‘quv dasturlarining ko‘p variantliligiga erishish orqali
ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish;
j) o‘quvchilarning salomatligi va hayotini muhofaza qilish;
к) о‘quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, axborot va telekommunikatsiyalaming yangi vositalarini o‘zlashtirish;
e) masofadan turib o‘qitish tizimini rivojlantirish;
m) iqtidorli o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish;
42
n) imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash tarmoqlari
va taiim muassasalari faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish,
pedagogik-psixologik korreksiyalash bilan bogiiq chora-tadbirlami amalga oshirish talab qilinadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish