10. Nafosat tarbiyasi
Nafosat tarbiyasi barkamol shaxs tarbiyasining ajralmas tarkibiy qismidir. 0 ‘quvchilarda nozik didlilikni, go^Hikni fahmlay va
qadrlay olishga o‘rgatish nafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan
biridir.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) bu o‘quvchilami voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilaming ijtimoiy va mehnat
munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nafosat tarbiyasining vazXfalari:
- nafosat tarbiyasiga doir bilimlami shakllantirish;
- nafosat madaniyatini tarbiyalash;
- madaniy qadriyatlarga estetik munosabat;
- faoliyatga estetik munosabat;
- nafis his-tuyg‘ularni rivojlantirish;
- insonni hayot, tabiat, mehnat go‘zalliklariga oshno qilish;
- hayoti va faoliyatini qurishda go‘zallik qonunlariga qurish
istagini rivojlantirish;
- hayolda, faoliyatda, xatti-harakatda, tashqi ko‘rinishda
go‘zal va yoqimli bo‘lish istagini uyg‘otishdan iborat.
307
Madaniy qadriyatlarga, faoliyatga estetik munosabatni shakllantirish maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat,
san’at go‘zalligi va bolalaming badiiy faoliyatini tashkil etishga
yo‘naltiriigan pedagogik jarayon nafosat tarbiyasining muhim
vositalari hisoblanadi. Ba’zi ota-onalar bolalarda did va farosat
o‘stirishm yuzaki tushunadilar va o‘z bolalarida shu hislatlami
tarbiyalamoqchi bo‘lgan vaqtlarida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Chunonchi, bolani sodda va ozoda kiyintirish o‘miga qimmatbaho
kiyim va buyumlar olib beradilar va shunday qilish bilan bolaning
did va farosatini buzayotganliklarini sezmaydilar. Shuni yaxshi
bilish kerakki, did va farosat tug‘ma bo'lmaydi. U bolalarda yoshlik
chog‘dan boshlaboq oilada, bog‘chada, maktabda, qurshab olgan
muhit, kishilar, o‘rtoqlari ta’siri ostida, shuningdek, kinofilmlar va
turli madaniy muassasalar ta’sirida tarbiyalanadi va kamolotga yeta
boradi,
Shuning uchun oila, maktab, maktabdan tashqi muassasalar,
“Kamolot” va “Kamalak” tashkilotlari bolalardagi yaramas odatlarni yo‘qotishga, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilari orasidagi “stilga”
intilish (harakatlari)ga barham berishga, ularda chin insonga xos
bo‘lgan did va farosatni tarbiyalash va takomillashtirishga alohida
e’tibor berishlaxi kerak. Barkamo! shaxsning nafosat tarbiyasidagi
zaruruiy jihatlardan biri, ulaming eng yuksak nafosat tuyg‘uga ega
bo‘lishlari, sodda, ozoda va chiroyli kiyinishlari, san’atni
qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo'lishlari lozim.
Pedagog-tarbiyachilarining birdan-bir vazifasi bolalarga ana
shunday xislat va odatlami singdirish hamda bolalarda did va
farosat qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, ulaming intizomi ham
shuncha yaxshi bo‘lishini unutmaslikdan iborat. Bolalarda did va
farosatni tarbiyalash masalasi bilan faqat oila, bog‘cha va
maktabgina emas, balki maktabdan tashqari muassasalar va butun
jainoatchilik ham shug‘ullanishi lozim.
Bolalar o‘rtasida “Madaniy xulq to ‘g'risida”, “Odob to ‘g ‘-
risida ”, “Xushmuomalalik to ‘g ‘risida ”, “Kiyinish to ‘g ‘risida ” va
boshqa shu singari mavzularda tez-tez suhbat, ma’ruza va
munozaralar o‘tkazib turish kerak.
308
Nafosat tarhiyasini berish yo‘llari: Maktabda nafosat
tarbiyasini berish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Nafosat
tarbiyasi o‘qish jarayonida, o‘quvchilarga badiiy jihatdan tarbiyalaydigan “Matematika”, “0 ‘qish”, “Jismoniytarbiya” “Mehnat
darsi ” fanlarni o‘qitish jarayonida, ijtimoiy foydali mehnat
jarayonida, turmushni chiroyli qilib tashkil etish va o‘quvchilaming
bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlarida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |