1 O' sha raanba, 31 -32-betlar.
29
chet e! va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub
yerli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan
joylarda ularning o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy
va pedagogik shart-sharoitlami yaratish; ta’limning barcha
darajalarida ta’lim oluvchilaming huquqiy, iqtisodiy, ekologik va
sanitariya-gigiyena taiim i hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
- maktabgacha taiim ;
- umumiy o‘rta taiim ;
- kasb-hunar taiim i;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘ quv yurtidan keyingi taiim ;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari taiim.
2. Maktabgacha ta’lim
Bolaning sogiom, har tomonlama kamol topib shakllanishini
ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam
ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda
amalga oshiriladi. Bu kabi taiim muassasalarining faoliyatini
tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro
fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilami
amalga oshirish lozim boiadi:
S malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda
tayyorlash;
S maktabgacha taiimning samarali psixologik-pedagogik
uslublarini izlash va joriy etish;
S bolalami oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik,
pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
'S zamonaviy o‘quv-uslubiy qoilanmalar, texnik vositalar,
o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
30
■S maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniytarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
■S maktabgacha muassasalaming har xil turlari uchun turli
variantlardagi dasturlami tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning
barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
■S maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari
tarmog‘ini qo‘llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab
chiqish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chasi, bolalar
yasli bog‘chasi, bolalami rivojlantirish markazi va h.k) bir yoshdan
olti yoshgacha bo‘lgan bolalami tarbiyalashda oilaga yordam berish,
ulaming jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash individual qobiliyatlarini rivojlantirish va rivojlanishdagi
nuqsonlami tuzatishda zarur choralami ko‘rish maqsadida tashkil
etiladi. Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim berish va
tarbiyalash tasdiq’langan davlat talablari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan
foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |