Nazorat uchun savol topshiriqlar.
1. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda fan,
madaniyat, ta’lim qanday rivojlandi?
2. Nima sababdan XIV asming ikkinchi yarmi - XVI asrlar
Sharq Uy g‘ onish davrining ikkinchi bosqichi deyiladi?
3. Ulug‘bekning fan va ta’limni rivojlantirishdagi xizmati
nimalardan iborat?
4. Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari nimalardan
iborat?
406
XVII BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASR
HOS HL ARID A TURKISTON 0 ‘LKASIDA TA’LIMTARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR
1. Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr
boshlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga
yuz tutgandan keyin, bu o‘lkani qo‘lga kiritish uchun jahonning
ko‘pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri Chor
Rossiyasi edi.
Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g‘oyasi Petr 1 dan
boshlanib, uning vafotidan so‘ng Yekaterina hukumati tomonidan
davom ettirildi. Nikolay II taxtga o‘tirgach, tezlik bilan Markaziy
Osiyoni o‘ziga bo‘ysimdirishga intildi.
Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga
to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o‘mida 3 ta xonlik
- Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo‘qon xonliklari bo£lib, bular
o‘rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati
o‘zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab
Qozog‘istonni o‘zlariga tobe qildilar. So‘ngra Qozog‘iston orqali
1864 yilda Turkmaniston, Chimkent, Avliyo otani, 1865-yilda
Toshkentni zabt etdilar. 1867-yilda Yettisuv viloyati, 1868-yilda
Samarqand, 1876-yiIda Farg‘ona viloyati Rossiya qo‘liga o‘tdi.
2. Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va
pedagogik fikr taraqqiyoti
XIX asrning o'rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’-
lumot beradigan maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan
madrasalar mavjud edi. Maktablaming aksariyati, shu jumladan,
qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy
boshlang‘ich maktablar edi. Bu maktabda machitlaming imomlari,
407
savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o‘qitish
eng oddiy diniy vazifalami o'rgatish bilan, ya’ni arab tilida
yozilgan Qur’onni o'qishni o‘rgatish, har bir musulmon uchun
zarur bo‘lgan asosiy vazifalami bildirish bilan cheklanardi.
Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, iimumiy ta’lim
elementlari - yozish va hisoblash yo‘llari o‘rgatilardi.
Shahar maktablarida o4quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. o‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib,
o‘zIashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda
awal “Haftiyak”, keyin “Qur’on” yod olinar, so‘ng “Chor kitob”ga
o‘tilardi.
“Chor kitob” 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim - haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon
etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo‘limda
kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. Shuningdek, xalq orasida
mashhur shoirlarning she’r va g‘azallari o‘qitilar edi. Odatda,
bunday maktablaming o'quvchilari badavlat oilalarning bolalari
bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq
ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo‘llar edilar, ba’zilari
qo‘shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug‘ullanar, ba’zilari
madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab
bo‘lgan madrasada o‘rta asrga oid diniy falsafa va musulmon
huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars
o‘tilardi. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o‘zgarib
turgan. Masalan: XV asming 30-40 yillarida Samarqand va Hirot
madrasalaxida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya,
musiqa kabi fanlar ham o‘qitilgan.
Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob - arab tili va qonunchilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
Ikkinchi bo‘limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom
o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
Uchinchi bo'limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar
408
berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari - otinoyilar
qizlami ham o‘qitish bilan shug‘ullanar edilar. Maktab va
madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Musuimon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo‘lingan edi.
Quyi maktab - bu maktablarda o‘g‘il bolalarga savod
o‘rgatishgan (4 yil).
Xalilxona maktabi - (namoz) yod oldirib o‘rgati!gan.
Qorixona - Qur’on yod olingan.
Madrasa.
Maktab intemat - o‘rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham
dunyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin
maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musuimon
maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo
bo‘ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va
haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop
qilingan to£pIamlari keitirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar
uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |