Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)



Download 0,62 Mb.
bet159/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   234
Bog'liq
китоб

4. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga
mashhur bo‘lgan o‘zbekning yagona jo ‘g‘rofiyashunosi, atoqli
jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug‘ pedagog va axloqshunos,
yuksak didli jumalist, Mahmudxo‘ja Behbudiy 1874 yil 10 martda
Samarqandning Baxshitepa qishiog‘ida ruhoniy oilasida tavallud
topdi.
Mahmudxo‘ja 6-7 yoshlarida o‘qib xat-savod chiqargach, otasi
uni qori qilish maqsadida Qur’onni yodlata boshladi. Mahmudxo‘ja
Qur’onni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlaridan
tog‘asi mufti muila Odil huzurida dars olishga kirishdi. Bu yerda u
“Qofiya”, “Shahri mullo”, mantiqdan “Shamsiya”, “Muxtasar al
vakoya”, “Hoshiya” va hisob ilmini ham o‘rganadi. Mahmudxo‘ja
412
o‘quvchilar orasida ibratlisi hisoblangan, o‘tkir zehnli va o‘qishga
havasi balandlardan edi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy otasi vafot etgamdan so‘ng o‘qishni
tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Samarqand muzofati
“Chashmi ob”da endigina qozi bo‘Igan tog‘asi Muhammad Siddiq
huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu yerda ikki yil xizmat chog‘ida, qozixona ishlari bilan keng tanishdi. Ish yuritish, huquqqa
xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor
bo‘ldi. U ikki yildan so‘ng “Qobul” bo‘lisiga o‘tib mirzolik qiladi
va tez orada muftillikka ko‘tariladi. 1916 yilgacha shu yerda
ishlaydi. Behbudiy Makkaga borish uchun jiddiy tayyorgarlik
ko‘radi, arab tilini o‘rganadi, islom nazariyalari bilan tanishadi.
Hajni yetuklik imtihoni deb biladi va nihoyat 27 yoshida Makkada
boiib, Hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi.
Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida, maktab-maorifida
chinakam to‘ntarish yasagan, turkiy qavmlaming chinakam iftixori
bo‘lgan Ismoilbek G‘aspirali tomonidan ishlab chiqilgan “usuli
jadid”ida nomi tarixda katta o‘rin tutgani singari, Behbudiyning
nomi ham Turkiston maktab-maorifida keng o‘rin egallaydi. U
birinchi bo‘lib o‘lkada bu yangicha usuldagi maktablami tashkil
etishni targ‘ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi.
Bu sohada Behbudiy Ismoilbek G‘aspiralidan ko‘p yangi tomonlarni o‘rgandi. “Tarjimon” gazetasi Behbudiy uchun vaziyatni
anglashda zaruriy vosita bo‘ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida:
“Bir bechora faqimi ko‘rsak, achinamiz. oiayotgan bechorani
ko‘rsak, yuragimiz iztirobdan orinadi. Hatto biror hayvonning
qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning, butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini
ko'rmaymiz...”, deb yozilgan satrlar bor. Keyin “Taijimon”
sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg‘or va yangi fikrlami
berish keng o‘rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G'aspiralining birinchi
tomonidan millatlar qarindoshligini himoya etsa, ikkinchi
tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham Behbudiy o‘ziga Gaspiralining tutgan yo‘lini
tanlaydi va undan maslahatlar oladi hamda maslakdosh bo‘ldilar.
413
Behbudiy “usuli jadid” maktabining zarurligi, uning qonunqoidalari, maktabda o‘tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi,
maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar
kerakligi, muallimlarning vazifalari, ulaming ta’minot masaialari
va boshqa ko‘p jihatlarini Gaspiralidan va uning asarlari hamda
maqolalaridan o‘rgandi. Shular asosida Turkistonda “usuli jadid”
maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat
tashkil etish, u shu maktablami kitoblar bilan ta’minlashda ham
jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul
kutubxona, qiroatxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. Mashhur
pedagog Abdulqodir Shukuriyning yangi usuldagi maktabini o‘z
hovlisiga ko‘chirib keldi.
1918 yilda Samarqandda “Musuimon ishchi va dehqon
sho‘rosi” tuzilganda Behbudiy maorif komissari etib tayinlanadi.
Shunda u yangi maktablar tarmog‘ini yanada kengaytiradi. 0 ‘quv
rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish kabi ishlarni rivojlantirib yuboradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy “usuli jadid” maktablari uchun bir qancha
darsliklar yozadi. “Muxtarasi tarixi islom” (“Islomning qisqacha
tarixi”), “Madxali jo ‘g‘rofiya umroniy” (“Aholi jo‘g‘rofiyasiga
kirish”), “Muxtarasi jo‘g‘rofi rusiy”(“Rossiyaning qisqacha jo‘g‘-
rofiyasi”), “Amaliyotchi islom” va hokazo kitoblari darslik sifatida
o‘qitilgandi.
“Usuli jadid” maktablarida hamma o‘qish huquqiga ega
bo‘lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi
maktablami biron ayb topib darhol bekittirib qo‘yar edi. Chunki,
podsho hukumati “begona xalq”ning qisman bo‘Isa ham ilmma’rifatli bo‘lishini, dunyoviy bilimlami o'rganishini istamasdi.
Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki
mahalliy ruhoniylar, eski maktabning domlalari ham yoqtirmas
edilar. Ular yangi usul maktablari “islom diniga rahna soladi”, “bu
maktablaming muallimlari “kofir”, deb tashviqot yuritar edilar.
Bunday qarash va to‘siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning
maslakdoshiari “usuli jadid” maktablarida Turkiston farzandlarini
o‘qitish ishlarini jadal suratda oiib borardilar. Maxmudxo‘ja
Behbudiyning “usuli jadid” maktabidagi o‘qitish ishlari quyidagi
414
tartibda olib borilar edi: “Maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib,
birinchi bosqich - ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil
muddati to‘rt yil. Birinchi yilida: forscha va arabcba yozuv hamda
o‘qishni o‘rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o‘rgatilgan.
Umuman bir yil davomida yozma o‘qimoqni to‘liq o‘rganganlar.
Ikkinchi yilida: xaffiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va
arab tilida she’rlar, qasidalar o‘qitilgan. Uchinchi yilida: Qur’oni
karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til
puxta o‘rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli
taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o‘qitilgan. To‘rtinchi
yilida: esa Kalom-u Sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm
va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob tarix, jo‘g‘rofiya
o‘qitilgan. Bu to‘rt sinftii tamomlagan bolalarni muallimlaming
o‘zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichga qoldirar, ulaming
o‘zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning c>‘zi xohlasa
Yevropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga
yo‘llanma berardi. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning
o‘zi ham yuqori sinf talabalariga jo‘g‘rofiya va tarixdan saboq
berar. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli
yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o‘quvchilariga hamda eng
yaxshi o‘qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa
ulug‘ Turkiston uchun va uning kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun
qilardi. Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi - maktab, barcha
ilmning boshi va ibtidosi maktab. Saodatning, fozil insonning
ma’naviy chashmasi - maktab degan aqidaga amal qilardi.
1917 yilning 16-23 aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonl arming qurultoyida millatni o‘zaro ixtiloflardaji voZ
kechishga, buyuk maqsad yo‘lida birlashishga, ittifoq bo‘lishga
chaqiradi. Ammo u o‘z orzulariga erisha olmadi. Behbudiy 1919 yil
25 martda ana shu g‘oyalari uchun millatchi jadid sifatida ayblanib,
Shahrisabzda qamoqqa olinadi va qatl etiladi. U o‘limi oldidan
qilgan vasiyatida: «Biz o‘z qismatimizni bilamiz. Agar bizning
hayotimiz hurriyat va xalqning baxt saodati uchxm qurbonlik
sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib
olamiz.... mumkin qadar ko‘proq yaxshi maktabiar ochish,
415
shuningdek maorif va xalq baxt-saodatini ta’minlash sohasida
tinmay ishlash bizga haykal bo‘ladi....”.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning yangi maktablar uchun yozgan
asariari maktablaming isiohida katta hodisa bo‘ldi. Ayni davrda bu
darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo‘lianildi. Bu
kitoblaming bugungi kunda ham qadri yo‘qolganicha yo‘q.
“KitobatuI atfol” (“Bolalar maktubi”) asari o‘z davrida bir necha
marta nashr etilgandi. Bu kitobga qirqtaga yaqin forsiy va turkiy
insholardan na’munalar kiritilgan. Shahodatnoma va boshqa ish
yuritishga doir hujjatlar yozishni o‘rganishdan ta’lim beradi hamda
namunalar ham keltirilgan. Volostnoyxona, qozixonada
yoziladigan hujjatlar ham mana shu kitob orqali o‘rgatilgan. Yosh
va kattalarga moijallangan 36 sahifalik to'plam Respublikamizga
davlat maqomi berilgan, mustaqillik qaror topayotgan damlarda bu
kitob nazariy-ma’rifiygina emas, balki amaliy ahamiyatga ham
egadir. 0 ‘zbek tilida ish yuritishimizda bu kitob juda qo‘l keladi.
Kitobning maqsadi ham shunga qaratilgan. Behbudiy “Padarkush”
dramasida boyning uydirma gaplariga ishongan o‘g‘li otasini
o‘ldirganini ilmsizlik va tarbiyasizlik oqibatidan deb ko‘rsatadi.
Otasi o‘ladi, o‘g‘li qamaladi, uyda yolg‘iz qolgan onaga yangi fikrli
domla tasalli berib aytadi:
“Onajon, sizga sabrdan boshqa chora yo‘q, bu badbaxtlik va
musibatga sabab, jaholat va nodonlikdir, beilmlik va tarbiyasizlikdir. Uyingizni nodonlik buzdi. Sizni beilmlik xonavayron
qildi. 0 ‘g‘lingizni beilmlilik Sibirga yuboradi. Joningizdan aziz
farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umrni ayritadur. Bolangizni otasi tarbiya etmadi, o‘qitmadi. Oxiri baloga uchradi, yomon
rafiqlar (odamlar) yo‘ldan chiqardilarki, qurboni jaholat
bo'ldingiz”.
Nomaqul o‘g‘il ota-onaning erkalatishlaridan taltayib,
bekorchilikdan yomon kishilarga qo‘shilib, yomon yo‘llarga yurib,
oxir-oqibatda o‘zining va qolganoila—a’zolari uxnrini xazon qiladi.
“Bizlami — deb yozadi Behbudiy, - xonavayron... bevatan va bandi
qilgan tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat,
faqirlik, zarurat va xorliklar - hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir... Modomiki, bizlar tarbiyasiz
416
bolalarimizni o‘qitmaymiz, bu tariqa yomon hodisalar va
badbaxtliklar oramizda doimo hukmron bo‘Isa kerak. Bu ishlarni
yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qimoq va o‘qitmoqdan boshqa iloj yo‘qdir”,
5. Abdulla Avloniy (1878-1934)
Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek
xalqining eng yaxshi airanalarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim
hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining
Mergancha mahallasida, mayda hunannand-tos quvchi oilasida
dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo'lganlar. Abdulla
Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida
madrasaga o‘qishga kiradi. U yozda isblab ota-onasiga yordam
qilar, boshqa vaqtlarda o‘qir edi. 04a iqtidorli bo‘lgan Abdulla
Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki she’rlarida va
“Hijron” degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qibo‘rganishga targ‘ib qildi. Avbdulla Avloniy 1907 yilda “Shuhrat”,
“Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor
amaldorlari tez orada gazetalami yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy
keyinroq “Sadoyi Turkiston” (1914-1915), “Turon” (1917),
“Ishtirokiyun” (1918) gazetalarida, “Kasabachilik harakati” (1921)
jumalida muharrir bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng, u o‘zbek
matbuotning zabardast vakili, o'zbek matbuotning asoschilaridan
bin sifatida taniladi.
Abdulla Avloniy xalq orasida ilg‘or fikrlami tarqatishda, ilm va
ma’rifatni tashviq qilishda gazeta, jumallaming roli g‘oyat katta
ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli
gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazetaning birinchi
sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib,
“Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar
beruvchi, qorong‘i kunlami yorituvchi, xalq orasida iim, ittifoq,
himmat g‘oyalari”ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog‘i
mumkin bo‘lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog‘i
mumkin emasligini uqtiradi.
417
XX asr boshlarida О ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotid
pedagogik fikxlaming rivojida Abdulla Avloniy alohida o‘rin
egalladi, butun faoliyati davrida u o‘z xalqiga xizrnat qiladigan
komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga
alohida e’tibor berdi. Abdulla Avloniy o‘zbek xalqining san’ati va
adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo‘lga
qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli
pedagogdir. Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida
birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga
aylantirish uchun 1913-yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini
tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi
uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik
siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam
ko‘rsatuvchi teatrlaming barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana
shunday salbiy munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr
truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pesalami
sahnalashtirishi uning xalq ma’rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi.
Teatrshunos M.Rahmonov Avloniyning teatrchilik faoliyati haqida
shunday yozadi: “Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”,
“Pinak”, “Ikki muhabbat”, “Portug‘oliya inqilobi” kabi dramalar
yozdi, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor
oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “OMiklaf ’ kabi sahna asarlarini
tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi»1. Ammo bu asarlar
nashr qilimnadi.
Abdulla Avloniy “Usuli jaded” maktablari uchun to‘rt qismdan
iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim”
(1912), “Tiu-kiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim”
(1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darslik va o‘qish kitoblari
yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo
xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifhi ulugiab, o‘z
xalqini ilmli, madaniyatli bo‘lishga chaqiradi.
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbola
anchagina edi. Shular orasida Avloniyning “Birinchi muallim”i
ham o‘ziga xos o‘ringa ega; “Birinchi muallim” 1917-yil

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish