Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika



Download 0,62 Mb.
bet120/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   234
Bog'liq
китоб

8. Iqtisodiy tarbiya
0 ‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlami berish va ularda
iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko'nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga hos ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tarbiya - o'quvchilarga iqtisodiy bilimlami berish,
ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo’jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklami asrash, ko‘paytiiish,
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni
tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yolga qo‘yilayotgan
iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy
tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik
o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalami
kafolatlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar
amalga oshiriladi:
- o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish,
ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik
295
faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara, shartnomalar va uiami tuzish,
banklar, bank opefatsiyalari, bujdetni shakllantirish, daromad,
bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish
va ularni takomi Uashtirish;
— o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud
moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;
— ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish;
— ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faoljalb etish;
— o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga
nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;
— ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga erishish.
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish
korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki
muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini
shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari, o‘quvchilaming ishlab
chiqarish borasidagi ijo d iy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon
beruvchi ko‘rik-tanlovlar, ulaming iqtisodiy tafakkurini o‘stimvchi
iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar va munozaralami
tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
“Xalqimizning yo‘li - mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo‘lidir” nomli asarida quyidagilami bayon etadi: “Bozor munosabatlariga o‘tish davrida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlami, marketing, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivojlanishimizda bu tushunchalamig mohiyati va roli borasida ko‘proq bilim
berishimiz maqsadga muvofiqdir”, - deya ta’kidlagan edi. 0 ‘zbekiston rahbariyatining mustaqillikni e’lon qilgandan keyingi dastlabki qadamlaridan biri iqtisodiy islohotlami amalga oshirishdan
iborat bo‘ldi. Bunga quyidagi tamoyillar asos qilib olindi:
296
1. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ta’siri ostida
bo‘Imas!igi kerak. Bu iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerakligini bildiradi. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlaming
mafkuradan holi bo'lishini ta’minlash kerak.
2. Davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lishi darkor. U
ustunlikni belgilashi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va
izchillik bilan amalga oshirishi, jaholatparast va mutaasiblar
qarshiligini bartaraf etishi lozim.
3. Qonunning ustuvorligi, qonunga rioya qilish. Bu demokratik
yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiyani va qonimlami
istisnosiz hamma kishi hurmat qilishi hamda ularga so‘zsiz rioya
qilishi kerakligini bildiradi.
4. Aholining demografik tuzilishini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarining joriy
etilishi aholini ijtimoiy himoya qilishga doir amaliy tadbirlaming
o‘tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti
yo‘lidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan edi va shunday
bo‘lib qoladi.
5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish puxta o‘ylangan holda,
bosqichma-bosqich, obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar talablarini
hisobga olish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim
muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek,
oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy mazmuridagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar,
to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu
hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o'quvchilarda
iqtisodiy tafakkuming shakllanishiga yordam beradi. Demak,
iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng
muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng awalo,
insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta,
uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.
Bulardan ma’lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan
doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, awalo, oiladan
boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini
297
ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini
anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o'rganadi, ularda
tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi.
Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalami
tartibli saqlash, kiyim-kechaklami asrab-avaylash, uy jihozlarini
ta’mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar
ko‘rmishlarda namoyon bo‘ladi.
Ota-onalar bolalami mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga
zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda
oilada ham, ta’lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga
o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot
asoslarini ocrganish, ulaming unumli va ijtimoiy mehnatning turli
ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va
malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga
olish va nazorat qilish kabilami oladi.
Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya,
tarix, matematika, kimyo, biologiya, mehnat ta’limi darslarida
amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi
«Iqtisodiyot asoslari» o‘quv fani asosida o‘quvchilar iqtisodiy
tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish
qonumyatlarini o‘rganadilar.
Jamiyatda keng ko‘lamIi iqtisodiy islohotlar amalga
oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish,
xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi
tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalami to‘g‘ri tashkil
etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish
samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara,
bozor mfrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha
daromad, budjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti,
shartnoma, biija, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot
va boshqalar haqida to‘la ma’ lumotlaming berilishi o‘quvchilaming
iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Maktabda olib
boriladigan iqtisodiy ta’lim va tarbiya ishlari aynan shu maqsadga
xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida -
o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlami berish asosida mamlakat iqtisodiy
298
barqarorligmi ta'minlash, bozor infrastrukturasi qoidaiariga amal
qilish, ichki bozomi to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini
hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklami
asrash, ulami ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror
toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish yotadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish