3. Shakliy yozuv bu tamoyilga ko`ra boshqa tillardan o`zlashgan so`zlar o`sha tildagi shaklini saqlagan holda yoziladi: tramvay, institut, teatr, drama, kongress.O`zbekcha so`zlarning boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi, ular orasida qisqa i unlisi yoziladi: qizil, bilan, sir, shimol. Ammo o`zlashgan so`zlar tarkibida ikki undosh yonma-yon keladi va shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi: stol, klub, prokuror, fikr, zikr.
Yangi o`zbek yozuvining imlo qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Imlo qoidalari 7 bo`limdan iborat:
Harflar imlosi. U ikki qismdan iborat: unlilar imlosi va undoshlar imlosi.
Asos va qo`shimchalar imlosi.
Qo`shib yozish.
Chiziqcha bilan yozish.
Ajratib yozish.
Bosh harflar imlosi.
Ko`chirish qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |