O`ZBEK YOZUVI TARIXI
Eng qadimgi yozuvlar sifatida so`g`d, oromiy, rumiy (runik) yozuvlari sanaladi. Eng ko`p iste’molda uzoq muddat bo`lgan yozuv arab yozuvidir. Arab yozuvi bilan birga eng ko`p davom etgan turkiy xalqlar yozuvi sifatida uyg`ur yozuvi ko`rsatiladi. 1929-yilgacha arab yozuvi iste’molda bo`lgan. 1929-1940 yillarda lotin yozuvi, 1940 yil 8-maydagi qorori bilan rus alifbosi negizidagi o`zbek yozuviga (kirillitsa)ga o`tilgan. U o`z ichiga 33 ta harf va 2ta belgi (ayirish va yumshatish)ni olgan. O`zbek tilining xos tovushlarini ifodalovchi tovushlari sifatida O`, Q, G`, H harflari kiritilgan.
1993 yili 2-sentabr qarori bilan lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek yozuviga o`tildi. Yangi o`zbek yozuvining imlo qoidalari 1995 yil 24 avgustda tasdiqlangan.
ORFOGRAFIYA
Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga asoslanadi:
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.
Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:
past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: pasay, susay.
ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.
men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,-ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening.
bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi.
Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi:
achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.
u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (–ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday.
Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:
bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov.
yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a = ata.
-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.
oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |