UYADOSH SO`ZLAR
Bir turdagi narsa, belgi, hodisalarni atab keluvchi so`zlar uyadosh so`zlar deyiladi: tol, terak, majnuntol, tut-daraxt.
Yoz, qish, kuz, vahor- fasl
Shirin, achchiq, nordon – ta’m
Uyadosh so`zlar sinonim so`zlardan farq qiladi:
Sinonim so`z bitta birlashtiruvchi ma’noga ega bo`ladi. Uyadosh so`zlar esa bir turga mansub tushunchalarni ifodalovchi so`zlardir.
O`ZBEK TILINING LUG`AT TARKIBI
O`zbek tili lug`at tarkibiga kiruvchi so`zlar dastlab qaysi tilga mansubligiga qarab ikki turga bo`linadi: o`z qatlam va o`zlashgan qatlam:
O`z qatlam so`zlariga umumturkiy so`zlar, ya’ni turkiy tillarning barchasi uchun mansub so`zlar kiradi. Ular turkiy so`zlar uchun umumiy bo`lib, faqat fonetik jihatdan farqli talaffuz qilinishi mumkin: ona, bola, yur, kir, ket.
O`zbek tilining o`zlashgan qatlamiga arabcha so`zlar, fors- tojikcha so`zlar, ruscha-baynalminal so`zlar kiradi.
Arabcha so`zlarga xos xususiyatlar:
- bir xil yoki har xil unlilarning qo`shaloq qo`llanilishi: maorif, jamoa, matbaa, taajjub.
- so`z boshi m, h, v tovushlari bilan boshlanuvchi so`zlar ko`p kuzatiladi: muhabbat , vijdon, visol, muqaddas, Muxlisa, vazifa, hayajon, Malika, hush, handalak, hafsala
- ayirish, belgisi (tutuq belgisi)ning unlini cho`zish va undoshdan keyin ajratish xususiyati ham asosan arabcha so`zlarga xos: ma’no, sur’at, a’lo, ra’no, tal’at, san’at, jur’at, mas’ul, kitob.
- l,g`, j (sirg`aluvchi), v, h, m arabcha so`zlarning faol tovushlaridir: lug`at, lobar, lahja, mashg`ul, lahja, g`ulom (qul), hikmat, ajdarho, gijda, maysara.
Fors – tojikcha so`zlarga xos xususiyatlar:
- so`z yoki bo`g`in oxirida undoshlarning ketma-ket qo`llanilishi xos:
daraxt, go`sht, sinf, dastyor, durust, karaxt, musht, qasd, dasht, dars, raim, mard, mast.
- f, j(portlovchi), x faol tovushlardir: fitna, jar, xursand, oftob, fazo, xulosa, faqat, fahm-farosat, daftar.
Ruscha baynalminal so`zlar: Rus tili va u orqali boshqa tillardan o`zlashgan so`z va atamalardir: tramvay, stol, stul, variant, tema, paragraf, vassal, sayd, fayl.
Umumturkiy so`zlar asosan otlar va fe’llarga mansub bo`lgan. Bir ikki bo`g`inli so`zlar bo`lgan. Bir bo`g`inli so`zlar ko`pincha yopiq bo`g`in bo`lgan va asosan fe’llar kirgan. Ko`p bo`g`inli so`zlar 2 yoki 3 bo`g`inli bo`lgan: ota, ona, qara, sana, quvon, sevin.
Do'stlaringiz bilan baham: |