LEKSIKOLOGIYA
So`z va uning lug`aviy ma’nosi, tilning lug`at tarkibini o`rganuvchi bo`limdir. Tilning lug`at tarkibi deganda ma’lum tilga xos bo`lgan so`zlar, iboralar va atamalar tushuniladi. So`z borliqdagi narsa-buyumlarni, mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, belgi-xususiyatlarni nomlovchi til birligidir. Masalan: kitob(predmet nomi), vijdon (mavhum tushuncha nomi), go`zal (belgi nomi), kelmoq (harakat-holat nomi), besh (miqdor nomi) kabi. So`z tilshunoslikning leksikologiya va morfologiya bo`limlarida o`rganiladi. So`zlarda 2 xil ma’no bo`ladi: lug`aviy ma’no va grammatik ma’no. So`z lug`aviy ma’no anglatishiga ko`ra leksikologiyada, grammatik ma’nosi esa morfologiyada o`rganiladi.
Lug`aviy ma’no- atash ma’nosi deb ham yuritiladi - faqat mustaqil so`zlarga xos bo`lib, o`sha so`z anglatgan tushuncha bilan bog`liq bo`ladi. So`zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning lug`aviy (atash) ma’nolari deyiladi: ko`z - ko`rish a’zosi, uxlamoq - uyqu holati, shirin - yoqimli ta’m, mazali.Mustaqil so`z turkumlaridan olmosh atash ma’nosiga ega emas. Olmoshlar fe’ldan boshqa mustaqil so`zlar o`rnida almashib qo`llanadi, ularga ishora qiladi. Masalan: Karim keldi. U kechgacha biznikida bo`ldi.
So`zlarning lug`aviy ma’nolari “O`zbek tilining izohli lug`ati”da beriladi.
Grammatik ma’no - bir turkumga mansub so`zlar uchun umumiy ma’nodir: kitob, gul, xona, kishi -predmet, ot so`z turkumiga xos, birlikda, bosh kelishikda; ammo, lekin, biroq-bog`lovchi. Tildagi barcha so`zlar grammatik ma’no anglatadi, lekin lug`aviy ma’no anglatavermaydi. Bir xil grammatik ma’noli so`zlar deganda bir turkumga kiruvchi so`zlar tushuniladi: men, sen, u – olmosh; stol, stul, oy – ot; o`n, olti, besh - son.
Mustaqil so`zlar lug`aviy ma’no anglatishiga ko`ra bir ma’noli va ko`p ma’noli bo`ladi.
Bir ma’noli so`zlar - monosemantizmlar faqat bitta lug`aviy ma’no anglatadi: bug`doy, bodring, pamidor, tomchi, chumchuq, ravish, pushti, jigarrang, kelmoq.
Ko`p ma’noli so`zlar- polisemantizmlar bosh ma’no va ko`chma ma’noga ega bo`ladi. Bosh ma’no nutqdan tashqari, so`zning yakka o`zi anglatgan ma’nodir: kulgi-kulmoq xodisasi, sovuq – havo darajasi, ko`z-ko`rish a’zosi. Ko`chma (yasama) ma’no esa so`zning nutq tarkibida boshqa so`zlar yordamida anglatadigan ma’nosidir: uzukning ko`zi, sovuq xabar, shirin gap, baxti kuldi.
Ko`chma ma’no 4 xil usul bilan hosil bo`ladi: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik.
1.Metafora usulida predmet, belgi, harakatlar o`rtasidagi shakliy yoki nisbiy o`xshashlik asosida nom ko`chishi yuz beradi, ya’ni biror jihatdan o`xshash predmet, hodisalarning nomi boshqasiga ko`chadi. Masalan: cho`qqi – bosh ma’nosi: tik narsalarning yuqori nuqtasi – tog` cho`qqisi; cho`qqi – ko`chma ma’nosi: yuqori pog`ona, daraja – ilm cho`qqisi.
Og`ir tosh – bosh ma’no oltin uzuk- bosh ma’no
Og`ir gap – ko`chma ma’no oltin kuz– ko`chma ma’no
Gulday qiz –o`xshatish ( metafora emas); gul qiz – ko`chma ma’no
O`rik gulladi – bosh ma’no Karim gulladi – ko`chma ma’no
2.Metonimiya usulida o`zaro bog`liqlik asosida ma’no ko`chadi, bunday ko`chirilish predmetlar yoki hodisalarning o`zaro aloqadorligiga asoslanadi. O`zaro bog`liq bo`lgan predmet-hodisalardan birini atash orqali ikkinchisi tushuniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |