Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet76/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тa’lim dasturlari tadbirkorlarga ularning boshqaruv ko‘nikmalari va qobiliyatlarini takomillashtirish borasida rasmiy rejalar ishlab chiqishga yordam beradi. Ko‘pgina institutlar, agentliklar va uyushmalar tomonidan o‘quv kurslari

va katta yoshdagilar uchun ta’lim dasturlari allaqachon ishlab chiqilgan. Тadbirkorlar bunday shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari to‘g‘risida bilishlari va ulardan to‘liq foydalanishlari lozim.

  1. Maslahatchilar (konsultantlar) bevosita va bilvosita yordam ko‘rsatishlari mumkin. Biznes muammolarini yechishda maslahatchi (konsultant) tomonidan foydalanadigan yondashuv va uslublarga alohida e’tibor bering. Kelgusi muammolarni yechish ustida ishlayotganda, maslahatchi (konsultant) qanday ish tutgan bo‘lsa, siz ham shunday ish tutishingiz hamda o‘xshash usullardan foyda- lanishingiz mumkin.

  2. Axborot-resurs markazlari (ARM) asosiy axborot manbayi bo‘lishi lozim. Hukumat muassasalari foydasi tegishi mumkin bo‘lgan ko‘p sonli nashrlarni chop qiladi. Ayrim kollej va universitetlarning keng ommaga mo‘ljallangan adabiyotlar abonement bo‘limlariga ega bo‘lgan namunali ARMlari bor. Тadqiqot institutlari va ayrim yirik korporatsiyalar ma’lum mavzular bo‘yicha tanlangan adabiyotlar to‘plami mavjud bo‘lgan ARMlarga ega. Savdo uyushmalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari ham qaysidir aniq ehtiyojlarga tegishli materiallari bor bo‘lgan kutubxonalarga ega bo‘lishlari mumkin.

ARM — bu kichik biznesni amalga oshirishda juda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborot xazinasi. Kitoblar, davriy nashrlar, hisobotlar va gazetalar korxonani boshqarish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ham juda foydali bo‘ladigan axborotga ega bo‘lishi mumkin.

  1. Internet kerakli axborotlarni qidirganda va tadqiqotlar o‘tkazganda foydasi tegishi mumkin. Axborot yetkazib beruvchilar bilan muloqotda elektron pochtadan foydalaniladi, bank operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun elektron imzo joriy qilinmoqda.

  2. Savdo-sanoat palatasi mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan va biznes faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha maslahatlar taqdim etadi, xorijiy hamkorlar bilan ish aloqalari va kontaktlarni kengaytirishga ko‘maklashadi, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi.



Axborot va yordamni kimlar taqdim etishi mumkin?



  1. Тadbirkorning homiylari. Kamdan kam tadbirkorlar barcha ishni o‘zlari mustaqil bajara oladilar, ko‘pchiligiga esa ko‘pgina kundalik ish muammolarini yechish zaruratidan xalos bo‘lish uchun malakali xodimlar kerak. Shunda strategik muammolarni hal qilish uchun bo‘sh vaqt qoladi. Korxonada ishlaydigan xodimlar biznesda uchraydigan aniq muammolarga javob bera olishadi. Masalan, tadbirkorlar tovarlarni rastadan terib chiqish usuli yoki xaridorlarning xohishlari to‘g‘risida o‘z xodimlaridan maslahat yoki yordam so‘rashlari mumkin. Xodimlar o‘zlarining taklif va mulohazalari munosib baholanishiga ishonch hosil qilgan holdagina, qimmatli maslahat berishga qodir bo‘lishadi.

  2. Xaridorlar. Bu odamlar o‘zlari xarid qiladigan tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida juda aniq ma’lumotlar taqdim etishlari mumkin. Xaridorlar doim

so‘rovdan o‘tib turishlari lozim, chunki ular korxona ish amaliyotining kuchli va zaif tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ajoyib manbayidir.

  1. Тa’minotchilar. Ko‘pgina ta’minotchilarning muvaffaqiyati ular ta’minlab beradigan korxonalarning muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘lgani bois, ular tadbirkorning muvaffaqiyatidan astoydil manfaatdor bo‘lishlari lozim, deb hisoblash kerak. Ko‘pgina ta’minotchilar boshqaruv qaroriga tegishli qimmatli maslahat berishlari mumkin, chunki o‘z bizneslarining xususiyati tufayli, ular boshqa muvaffaqiyatli korxonalar qanday ishlayotganini tushuntirib berishga hamda sizning korxonangizning ishlash samaradorligini oshirish borasida takliflar berishga qodir bo‘lishlari kerak.


  2. Download 392,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish