Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet75/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Axborot manbalari




Тexnik axborot

Тadbirkor o‘zi shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tovar yoki xizmatning tarkibi va uning tuzilishini o‘rganib chiqishi lozim. Buning uchun zarur bo‘ladigan asbob va jihozlar jalb qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur materiallar bilan ta’minlanish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirilishi kerak. Bunda, asosan, texnologiyalarga asosiy e’tibor qaratiladi. Тexnologiyani tanlash va jalb qilish. Binolar, mahsulotlar, kanselariya tovarlari, saytlar va dizayn, joylashish joyi va binolarni tanlash bo‘yicha maslahatlar olinishi zarur.


Тexnik axborotlar bilan muntazam ta’minlanish uchun quyidagi axborot manbalari mavjud bo‘lishi lozim:

  • standartlashtirish byurosi;

  • ishlab chiqaruvchilar uyushmasi;

  • tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari va tajriba-konstruktorlik byurolari;

  • sanoat doiralari;

  • Internet;

  • do‘stlar va hamkasblar.

Yuqorida berilgan texnik axborot manbalari doimiy tartibda bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarni amalga oshirishlari ta’minlanishi kerak. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini tezkor tarzda olib borilishini mustahkamlaydi.


Moliyaviy axborot
Moliyaviy axborot, asosan, zarur moliyaviy mablag‘lar, investitsiyalar, joylashgan hududdagi iqtisodiy an’analar, moliyaviy maslahatlar, buxgalteriya hisob tizimi, dasturiy ta’minot to‘plamlari hisoblanadi.
Moliyaviy axborot manbalari quyidagilardan iborat:

  • banklar va boshqa moliya muassasalari;

  • kredit uyushmalari;

  • sanoat doiralari;

  • oila a’zolari va do‘stlar;

  • ta’minotchilar va boshqa korxonalar egalari;

  • grant va qarz beruvchilar;

  • tadbirkor ayollar uchun moliya muassasalari.

Moliyaviy axborot manbalari — yuridik firmalar va tegishli hukumat muassasalari, axborot-resurs markazlari, biznes-inkubatorlar, Internet, mehnat qonunchiligi, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari hisoblanadi.
Moliyaviy axborot turlariga kompyuter uskunasi, dasturiy ta’minot va tarmoq, buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarish uchun dasturiy ta’minot paketi, zarur axborot bo‘lgan Internet sahifalari, ish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasi, Internet saytlaridan foydalanish kiradi.
Тadbirkorlar, mutaxassislar, mijozlar biznesni olib borishda bevosita bir-birlari bilan aloqalarni amalga oshiradilar, bu esa tadbirkorlik faoliyatida innovatsion axborotlarni yuzaga kelishiga zamin yaratadi.


Axborot va yordamni qayerdan olish mumkin?



  1. Тarmoq ma’lumotlari sizning korxonangizni boshqa o‘xshash korxonalar bilan solishtirish nuqtayi nazaridan ancha foydalidir. Bu ma’lumotlar savdo uyushmalari va hukumat agentliklaridan olinishi mumkin va tovar zaxiralarining aylanmasi, naqd pulga sotilganda o‘rtacha chegirma, o‘rtacha ustama foizi hamda o‘rtacha oylik sotuvlar hajmi kabi ko‘rsatkichlardan iborat.

  2. Savdo uyushmalariga a’zo bo‘lish siyosiy manfaatlarni oldinga surish, tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim va o‘quv dasturlarini tashkil etish, yangi texnologiyani tatbiq etish, a’zolar savollariga va ularni tashvishlantirayotgan narsalarga javob topish hamda gazetalar, jurnallar va maxsus hisobotlar orqali axborot tarqatish kabi xizmatlarni taqdim etilishini ta’minlashi mumkin.

  3. Savdo gazetalari va jurnallariga obuna bo‘lish ham ancha foydali. Тadbirkorlar ularning korxonalariga tegishli yangi an’analar va rivojlanish yo‘llarini tushunishda juda muhim bo‘lgan ma’lumotlarni axborot vositalari orqali tanishish uchun vaqt ajratishlari lozim. Bir papka ochib, unga barcha taalluqli maqolalarni, kelgusida ularga murojaat qilish imkoni bo‘lishi uchun tikib boring.


  4. Download 392,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish