Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet73/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

7.7.1-жадвал


А корхона қурилиш компанияси
12 ой давомидаги фойда ва зарарлар ҳақида ҳисобот, 20ХХ йил 31 мартгача





апрель

май

июнь

июль

август

сен- тябрь

октябрь

ноябрь

декабрь

январь

февраль

март

Тушум манбалари:
сотиш

375000

450000

525000

75000

75000

150000

900000

900000

1800000

900000

900000

900000

Пулни ишлатиш:

  • Сотилган объектларнинг нархи

  • Компаниянинг харажатлари

176250

216450


202500

233250


236250

250200


41550

133950


41550

133950


67500

158250


67500

218250


135000

357000


135000

357000


270000

529500


135000

327000


135000

349500


Жами

392700

435750

486450

175200

175200

225750

285750

492000

492000

799500

462000

484500

Якуний оқим
(кириш ёки чиқиш)

-17700

14250

38550

- 100200

-75750

135750

408000

408000

1000500

438000

415500




Жамғариладиган оқим

-17700


-3450


35100


-65100


- 165300


- 241050


- 376800


31200


439200


1439700


1877700


2293200


Hisobotlar, asosan, quyidagi belgilarga muvofiq, bir-biridan farq qiladi:



  • taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning hajmi bo‘yicha;

  • qanday maqsad uchun tuzilishi;

  • qamragan davri bo‘yicha.

Ma’lumotlarning hajmiga qarab, hisobotlar quyidagicha guruhlanadi:

  • qisman — subyektning aniq, u yoki bu bo‘limning faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg‘aradi;

  • umumiy — subyektning jami xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg‘aradi.

Foydalanish maqsadiga qarab, quyidagicha guruhlanadi:

  • tashqi — subyektning faoliyati bilan manfaatdor yoki unga qiziquvchi shaxslar foydalanishi uchun, subyektning faoliyat turi, daromadining darajasi va mulkining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Bu hisobotni matbuotda e’lon qilish zaruriyati tug‘iladi va xalqaro atamada «Omma uchun» deb ham yuritiladi;

  • ichki — xo‘jalik ma’muriyatining talabi uchun tuziladigan hisobotlar. Qamragan davri bo‘yicha, hisobotlar quyidagicha guruhlanadi:

  • davriy hisobot — yil ichida tuziladigan kundalik, haftalik, oylik, choraklik va yarim yillik hisobotlari;

  • yillik — subyekt faoliyatining yillik ko‘rsatkichlarini chuqur va to‘liq qamragan ma’lumotlar yig‘iladi.

Hisobotni chuqur o‘rganib va tahlil qilib erishilgan muvaffaqiyatlarning omillari, kamchiliklarining sababini aniqlash hamda ularni tugatish uchun tadbirlar belgilashga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan va 1997-yil 15-fevraldagi Moliya vazirining 5-buyrug‘iga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rnatil-gan muddatlarda va tegishli manzillarga quyidagi shakl hamda hajmda chorak va yillik moliyaviy hisobotlar topshiradilar. Chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar faqat yillik hisobot topshiradilar:

  1. yillik hisobot quyidagi shakllarning majmuasidan tashkil topadi:

  • buxgalteriya balansi (1-shakl);

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl);

  • asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl);

  • pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl);

  • xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl);

  • tushuntirish xati;

  1. yarim yillik hisobot quyidagi shakllarni o‘z ichiga qamrab oladi:

  • buxgalteriya balansi (1-shakl);

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);

  • pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl);

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (2a-shakl);

d) choraklik (uch oylik) hisobot quyidagi shakllardan tashkil topadi:

  • buxgalteriya balansi (1-shakl);

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl).

Yillik moliyaviy hisobotga, subyekt faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar, subyektning yillik moliyaviy hisoboti va sof foydani taqsimlash bo‘yicha qabul qilingan aksiyadorlar yig‘ilishining qarorlari, moliyaviy hisobotning tekshirilganligi to‘g‘risidagi auditorlik xulosalari ilova qilinadi.
Moliyaviy hisobot shakllaridagi ko‘zda tutilgan hamma ko‘rsatkichlar keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) to‘ldirilmagan hollarda, ya’ni subyektning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo‘lmaganda, o‘sha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib qo‘yiladi.
Shaklning muqova qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi. Zaruriy qism «Xo‘jalik yurituvchi subyekt»da — korxonaning (belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlariga binoan) to‘liq nomi va uning kodi OKPOga muvofiq ko‘rsatiladi.
Zaruriy qism «Тarmoq (faoliyat turi)»da — tarmoq (faoliyat turi) va uning kodi OKONXga muvofiq ko‘rsatiladi.
Zaruriy qism «Davlat mulkini boshqarish organi»da — davlat yoki hududiy (agap shunday subyekt mavjud bo‘lsa) subyekt ustidan boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi ko‘rsatiladi.
Zaruriy qism «Manzili»da — subyektning aloqa uchun to‘liq manzili ko‘rsatiladi.
Zaruriy qism «Nazoratdagi miqdor» — subyekt tomonidan to‘lg‘azilmaydi.
Yil (chorak)lik hisobot tuzishda subyektning egasi va davlatning manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq nozirlari, ta’sischilar, bank muassasalari, xalqaro standartlarning talablarini hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi Farmonlaridan, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunidan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 1995-yil 4-apreldagi 17—02/28-xatidan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidan hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taalluqli barcha amaldagi yo‘riqnomalardan foydalanish zarur.
Korxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot o‘zining barcha bo‘linmalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ko‘rsatkichlarini hisobot shakllarining ma’lumotlariga kiritishi shart. Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni hisoblanadi.
Тugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa shakliga o‘zgartirgan subyekt hisobot davrida yil boshlanganidan to tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi shakllari bo‘yicha hisobot topshiradi.
Yangidan tashkil etilgan subyektlar o‘z mablag‘lari va ularning manbalarini (sotib olish, qabul qilish qiymatida) hisobotda, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan oyning 1-kunidan boshlab, hisobot yilining 31-dekabriga, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil qilingan subyektlar esa, davlat tomonidan ro‘yxatga olingan kunidan boshlab hisobot yilidan keyingi yilning 31- dekabriga ko‘rsatadilar.
Subyekt balansining moddalari to‘liq, o‘tkazilgan aktivlar va passivlar inventarizatsiya (yo‘qlama)sining ma’lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun, yillik hisobotni taqdim etishga qadar, amaldagi doimiy inventarizatsiya komissiyasining a’zolari tomonidan inventarizatsiya natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan buxgalteriya hisobi ma’lu- motlari o‘rtasidagi farqlar to‘g‘rilanishi lozim. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash dalolatnomasi o‘zaro tasdiqlangan hisoblashish jarayonidagi qoldiqlari rasmiylashtirilgan xatlar asosida inventarizatsiya o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o‘tkazilgan inventarizatsiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya muddati o‘tkazilgan inventarizatsiyalarning soni va natijalari, shuningdek, inven- tarizatsiya o‘tkazilmagan bo‘lsa, uning sabablari aks ettirilishi shart.
Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank muassasalarining hisoblari bilan taqqoslangan va aynan bir xil bo‘lishi shart. Ushbu hisoblashishlar bo‘yicha noaniq miqdorlarni balansda qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moliyaviy hisobotning tegishli shakllarida bironta o‘chirish yoki chizib to‘g‘rilash bo‘lmasligi kerak. Agar shunday hollarga yo‘l qo‘yilsa, tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda hisobotning ushbu shakllariga mas’ul shaxslar imzo chekib tasdiqlangan va ushbu shaxslarning tegishli izohlari bo‘lishi shart.
Joriy yil hisoboti (u tasdiqlangandan so‘ng) ma’lumotlarining ham, joriy hisobot ma’lumotlarining ham noto‘g‘riligi e’tirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (xatoga qaysi davrda yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha davr hisobiga, chorak, yil boshidan) to‘g‘rilanadi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish xarajatlariga, unga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni qo‘shish natijasida daromadning yashirilganligi yoki moliyaviy natijaning kamaytirilganligi aniqlangan hollarda, joriy yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan joriy yil foydasi ko‘rinishida hisobotda aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati, subyektning hisob siyosatini yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini haqqoniy baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar bilan ham hisobotdan foydalanuvchilarni ta’minlashi kerak.
Тushuntirish xatida subyektning moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobini yuritish qoidalaridan kelib chiqqan holda tuzilganligi ko‘rsatilishi kerak. Ayrim qoidadan chetga chiqish hollari sodir bo‘lganda, har bir qoidadan chiqishlarning sababi va natijasi tushuntirish xatida ko‘rsatilishi kerak.
Тushuntirish xatida quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar yoritilishi kerak:

  • subyektlarning huquqiy manzili;

  • subyektning asosiy faoliyatining turi;

  • hisobot davrida ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni, shu jumladan, asosiy toifadagilarning ham;

  • subyektning ijro va nazorat organlari tarkibining a’zolari (ism- sharifi va mansabi);

  • subyektning ijro va nazorat organlari a’zolariga hisobot davrida to‘langan mukofotlarning umumiy miqdori va shu bilan birgalikda, subyekt tomonidan to‘langan soliq imtiyozlari;

  • ayrim turdagi nomoddiy aktivlarning eskirishini ko‘rsatgan holda ularning hisobot davrining boshi va oxiriga nisbatan miqdori va hisobot davridagi harakati to‘g‘risida ma’lumot;

  • ayrim turdagi moliyaviy qo‘yilmalarning hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan miqdori va hisobot davridagi harakati to‘g‘risida ma’lumot;

  • debitor va kreditor qarzlarining hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan miqdori to‘g‘risida ma’lumot;

  • faoliyatining turi va geografik savdo hududlari bo‘yicha mahsulot, tovar, ish, xizmatlarning sotilish hajmi to‘g‘risida ma’lumot;

  • ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi to‘g‘risida ma’lumot;

  • davr xarajatlarining tarkibi to‘g‘risida ma’lumot;

  • har qanday ta’minlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi, subyektning to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumot.

Hisobotdan tashqi foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chuqur va har tomonlama o‘rganib, quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

  • u yoki bu subyekt bilan ish yuritish lozimligi va shart-sharoitlarni belgilash;

  • ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik;

  • u yoki bu subyektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiqligi;

  • iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to‘g‘ri o‘rnatish;

  • kelgusida aloqa qiladigan subyektlarning moliyaviy ahvolini baholash;

  • ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni hisobga olish. Davriy va yillik hisobotlar, asosan, yuqori tashkilot, soliq muassasasi, bank,

statistika muassasalariga taqdim qilinadi. Ayrim hollarda ta’minotchilarga, manfaatdor va qiziquvchi shaxslarga hisobot ma’lumotlari ham beriladi.
E’lon qilingan hisobot ma’lumotlariga asosan, tashqi iste’molchilar tomonidan qilingan xulosalarning ishonchli va mustahkamligi ishbilarmonlar tomonidan qo‘yiladigan talabning asosidir. Shuning uchun har xil noto‘g‘ri xulosalar ro‘yobga chiqmaslik uchun, tegishli Nizom va ko‘rsatmalar talabiga javob berishi yoki bermasligi uchun oldindan maxsus litsenziyasi bo‘lgan yuqori malakali auditor tomonidan tekshirilib tasdiqnoma olinadi. Ushbu xulosada tasdiqnomada hisobot ma’lumotlari, subyektning moliyaviy holati baholanadi va bankrotlikka yaqinlik darajasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobining Xalqaro standartidagi asosiy talablardan biri — hisobot tushunarli va oddiy bo‘lishidir. Hisobot ma’lumotlarining sifat belgisi,
ya’ni «yaxshi» ma’lumotni «yomon» ma’lumotdan ajratish, axborotning o‘z joyida va ishonchli bo‘lishidir. Chunki o‘z joyida va ishonchli bo‘lishi u yoki bu qarorni qabul qilishda asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Axborotlarni joy-joyida va ishonchli taqdim qilish ayrim rivojlangan davlatlarda «obyektiv va haqiqat ko‘zgusi» deb yuritiladi. Chunki subyektning hisoboti uning holati va faoliyatini aks ettiruvchi ko‘zgu hisoblanadi.
Agarda hisobot axboroti, asosan, qiymat bahosiga yoki hozirgi va kelgusi davrda qabul qilinadigan qarorga ta’sir qilsa, o‘z joyida berilgan hisoblanadi. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning joy-joyida berilishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • o‘z vaqtida — ma’lumotlar zarur vaqtida berilishi shart, chunki kechiktirilgan ma’lumotning qiymati pasayadi yoki umuman unga zaruriyat yo‘qoladi;

  • prognoz qilish (istiqbolni belgilash) uchun ahamiyati hisobot ma’lumotlari subyektning holati va faoliyatini baholash hamda qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Hisobot tuzuvchi ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchilarni qaysi ma’lumotlar qiziqtirishini yaxshi bilishi kerak. Chunki u yoki bu ma’lumotning hajmi va mazmuni qarorlar qabul qilishda qanday kuchga ega bo‘lishini bilishi shart. Chunki bu ma’lumotlarga asosan, u yoki bu iste’molchi tegishli qaror qabul qiladi;

  • moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yoritishi bilan bir qatorda, kelgusida subyektning faoliyati va ravnaqi uchun qabul qilinadigan qarorlar va tadbirlar uchun asosiy omil hisoblanadi, ya’ni uning kelgusida oladigan daromadlari, sarflar, dividend darajasi, birjadagi bahosi va boshqa ma’lumotlarni aniqlash uchun xizmat qiladi;

  • moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijalarini taqqoslash — hisobot ma’lumotlariga asosan, subyektning oldingi yillardagi faoliyatining natijalari bilan turdosh subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatlarining natijalari taqqoslanadi va iste’molchilar va investorlar tomonidan u yoki bu tadbir uchun qaror qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi;

  • ishonchli ma’lumotlarni aks ettirish — hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun subyektning faoliyatini va unda sodir bo‘lgan voqealarni obyektiv, xolisona yorituvchi, sifatini belgilovchi ko‘rsatkichidir. Ushbu ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish va yoritishga quyidagi omillar yordam beradi:

  • ma’lumotlarning haqiqiyligi — berilgan axborotlarda faqat tegishli voqealar yoritilishi shart.

Masalan, agarda hisobotda foyda va zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum davrni qamragan bo‘lsa, faqat shu davrdagi daromadlar va sarflar to‘liq yoritilishi lozim; shuning uchun tegishli davrdagi hisobga olish va qo‘llanilgan baholar tartibi va usuli, ya’ni hisob siyosati taqdim qilinishi kerak;

  • mazmunining shakldan ustunligini — ayrim vaqtlarda hisobotda keltirilgan ma’lumotlar va voqealar har xil tushuniladi. Ushbu voqealarni yuridik va iqtisodiy tomonidan ko‘rish lozim. Lekin subyektlarning hisobot ma’lumotlarida muomala va voqealar, asosan, iqtisodiy mazmuniga asoslanib bayon qilinishi lozim;

  • xolislik — foydalanuvchilarning qanday bo‘lishidan qat’i nazar axborotlar obyektiv (xolisona) bo‘lishi zarur. Buxgalteriya hisobotida foydalanuvchilarning u yoki bu qarorni qabul qilishga yordam beruvchi ma’lumotlar keltirishidan qat’i nazar, undagi ma’lumotlar xolis bo‘lishi shart;

  • ehtiyotkorlik (konservatizm) — hisobot ma’lumotlarining ishonchlilik darajasini baholayotganda uning noma’lumlik omilini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Bu ma’lumotlar o‘tgan yilda sodir bo‘lgan voqealarni o‘zida aks ettirishiga qaramay, bu voqealarning kelgusi davrga ta’sir qilishi nuqtayi nazaridan o‘rganish natijasida ularning mohiyati ochiladi. Buning uchun ham hisobot tuzayotganda va ushbu natijalarni baholayotganda ehtiyot bo‘lish zarur;

  • tekshirish mumkinligi — ayrim hollarda u yoki bu muomala, yoki voqealarga ishonchsizlik bilan qaralsa, mustaqil va malakali auditorlar tomonidan hisobotdagi ma’lumotlar qisman yoki to‘liq tekshirilishi mumkin;

  • ma’lumotlarning taqqoslanishi — hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar subyektning hisobotiga asosan, uning dinamikasini va tuzilishini tahlil qilishi mumkin. Hisobotlarni taqqoslovchi bahoda yoki birlikda tuzish shu davr ichida ushbu subyekt, yoki bir nechta turdosh subyektlarning kommersiya, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatlarini o‘rganish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, subyektlarning yillik hisobot ma’lumotlari banklar, birjalar, investorlar, iste’molchilar, ta’sischilar, mol yetkazib beruv- chilar va boshqa tashqi foydalanuvchilar uchun ochiq hisoblanadi va ushbu ma’lumotlar tegishli tartib hamda muddatda gazeta- jurnallarda chop qilinishi lozim.



Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish