Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet74/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тayanch so‘z va iboralar


Kadr, boshqaruv kadrlari, kadrlar siyosati, ishchilar, xizmatchilar, kadrlarga umumiy ehtiyoj, bazali ehtiyoj, ishga qabul qilish, xodimni yo‘naltirish, xodimlarni yollash, boshqarish ko‘nikmalarini takomillashtirish, vaqtni boshqarish, sotish siyosati, omadli sotuvchi, potensial xaridor, ta’minotchilarni tanlash, yangi texnologiya, texnologik samaradorlik, resurs samaradorligi, rentabellik, korxona xarajatlari, bevosita xarajatlar, bilvosita xarajatlar, moliyaviy boshqarish, moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisoboti, debitorlik qarzi, kreditorlik qarzi, moliyaviy prognoz, naqd pul aylanishi.

  1. Xodimlarni ishga qabul qilishning qanday mezonlari bor?

  2. Biznesda kadrla-r siyosati qanday olib borilishi kerak?

  3. Vaqtdan samarali foydalanishning qanday yo‘llari mavjud?

  4. Korxona (firma) uchun sotishni boshqarish qanchalik ahamiyatga ega?

  5. Sotish siyosati nima va u nimalarni o‘z ichiga oladi?

  6. Korxonalarni ta’minotchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarining zarurati nimada?

  7. Qanday qilib ta’minotchilarni tanlash mumkin?

  8. Yangi texnologiya bozorni kengaytirishga qanday yordam berishi mumkin?

  9. Ishlab chiqarish xarajatlari qanday xarajatlardan tarkib topadi?

  10. Qanday xarajatlarga bevosita xarajatlar deyiladi?

  11. Qanday xarajatlarga bilvosita xarajatlar deyiladi?

  12. Buxgalteriya hisobi tizimini qanday tashkil etish mumkin?

  13. Moliyaviy hisobot deganda nimani tushunasiz?



8-bob


ТADBIRKORLIK CHO‘QQILARINI EGALLASHDAGI KEYINGI QADAMLAR





    1. Axborotlar va ulardan foydalanish

Kichik biznesdagi asosiy masalalardan biri — axborot bilan ta’minlash. Hozirgi sharoitda tijorat tashkilotlarida har kuni ma’lumotlar oqimi yig‘iladi va undan to‘g‘ri foydalanish talab etiladi.


«Axborot» tushunchasi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, biron-bir voqea yoki hodisaning bayoni, izohi ma’nosini anglatadi. Hayotda axborotga moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, deb qaraladi.
Umuman, axborot tushunchasi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish obyekti sifatida xizmat qiladi. Xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlarini boshqarishda katta hajmdagi turli axborotlarni, shu jumladan, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, texnikaviy axborotni izlashni taqozo etadi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanib, boshqaruv sifati ularning ishonchliligi va tezkorligiga bog‘liq.
Amalda boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati jarayonida berilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga doir axborotlarni olib turadi. Zaruriyat tug‘ilganda, olingan axborotlar asosida boshqaruvchi tizim boshqaruv uchun kerak bo‘lgan buyruqlarni tayyorlab, uni bajarish uchun boshqariluvchi tizimga uzatadi. Umuman, boshqaruvga doir axborotlarni birlamchi va ikkilamchi axborotlarga ajratish mumkin. Birlamchi axborotlar aniq masalani yechish maqsadida yangidan to‘planadi. Ikkilamchi axborotlar esa mazkur muammoning yechimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan va oldindan yig‘ilgan ma’lumotlardir. Har qanday boshqaruv axborot tizimida biron muammo aniq belgilanmagunicha ikkilamchi axborotlar o‘rganilmaydi. Boshqaruv axborotlari ishonchli, to‘la, uzluksiz, taqqoslanuvchan va o‘z vaqtida yig‘ilgan bo‘lishi shart.
Axborotlar kelib chiqish manbayiga ko‘ra, tashqi va ichki axborotlarga ajratiladi. Тashqi muhit bilan munosabatlar asosida to‘plangan axborotlar tashqi axborotlar hisoblanadi. Uning tarkibiga davlat va nodavlat tashkilotlarining axborotlari, vaqtli matbuot nashrlaridagi axborotlar, statistik ma’lumotlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan talablar kiradi. Ichki axborotlarga korxonaning ichki muhitida vujudga keladigan axborotlar kiradi. Ularga xodimlar tarkibiga, ishlab chiqarish jarayoniga oid, foyda va zararlar, tovar zaxiralari, reja topshiriqlarining bajarilishi, tannarx, sex va uchastkalarda ishning borishi bo‘yicha axborotlar kirishi mumkin.
Kichik biznes shaklini boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi axborotlar majmuyi axborot tizimini vujudga keltiradi. Boshqaruv va axborot tizimlari boshqaruvning har qanday bosqichida bir butun bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. Ammo ular vazifasi va tarkibiga ko‘ra har xildir. Masalan, boshqaruv tizimi ishlab chiqarishning hajmi, uning texnik darajasi va tarmoq turiga qarab, har xil bo‘lishi mumkin. Axborot tizimi esa tarkibi bo‘yicha hamma vaqt bir xil bo‘lib qoladi va ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishidan qat’i nazar, u axborot to‘plash, uni qayta ishlash va jo‘natish jarayonlaridan iborat bo‘ladi.
Kichik biznesni boshqarish katta hajmdagi axborotlarni ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Har bir boshqaruvchi, birinchi navbatda, qanday ma’lumot kerakligi, uni qayerdan olish mumkinligi, qanday qilib to‘plash, qayta ishlash va saqlash kerakliligi, qanday dalillar tekshiruvga muhtoj ekanligini bilishi kerak. Bu masalalarni tadbirkor birinchi navbatda yechishi kerak. Mo‘ljallayotgan sherigingizning ishonchlilik darajasini bilish uchun assotsiatsiya va konsorsiumlarda ishtirok etish maqsadga muvofiq. Odatda, maqsad va vazifalari bir xil bo‘lgan tashkilot va korxonalar birlashmalarga qo‘shiladilar, ayrim firmalar esa bir nechta uyushmalarga a’zo bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda har bir kichik biznes shaklidagi korxona o‘z faoliyatiga taalluqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni yig‘ishi kerak. Har bir uchrashuv, yig‘ilish, anjuman va o‘zgarishga sabab bo‘ladigan hodisalar natijalarini ilg‘ab olish lozim bo‘ladi.
Albatta, tadbirkorlik faoliyatining dastlabki paytida muloqotlar uncha ko‘p bo‘lmaydi va osongina esda qoladi, lekin eng oddiylari unutilishi mumkin. Shuning uchun suhbat, uchrashuv va tadbirlarda eng muhim ma’lumotlar yozib olinishi maqsadga muvofiq. Agar tadbirkorda ma’lumot va yozuvlar ko‘p bo‘lsa, u holda ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun ularni olish usullari, paydo bo‘lish munosabatlari, vaqti va boshqalarga qarab, bo‘limlarga ajratilishi kerak.
Agar yangi tadbirkorda o‘z shaxsiy kompyuteri bo‘lsa, u vaqt o‘tishi bilan kerak bo‘ladigan barcha materiallarni bir jild (papka)ga solib qo‘yishi lozim. Jildlarga quyidagicha nom qo‘yish mumkin: «Moliyaviy hujjatlar», «Reklama xabarlari», «Buyurtmachilar bilan aloqalar»,«Mijozlar bilan munosabatlar» va boshq.
Yozuvlarni muntazam ravishda bajarish kerak, o‘z ma’lumotlarini vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish, ma’lumotlarni yangilab turish lozim bo‘ladi. Ma’lumotlar tanlash va saqlash jarayonini shunday olib borish kerakki, zarur bo‘lgan holda undan boshqa xodimlar ham foydalana olsin.
Kichik biznes shaklining davlat korxonalaridan farqi — ularda, asosan, ish uchun zarur bo‘lgan axborotlar saqlanadi. Agar tadbirkor boshqa firma namoyandalari bilan muzokaralar olib borsa, albatta, muzokaralar natijasiga ko‘ra, qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Qaror hamkorlikda ishlashga qaratilgan bo‘lsa, yozma hujjat shaklida saqlanib, unda umumiy maqsadlar, vazifalar taqsimoti va boshqa savollar ko‘rsatiladi.
Kichik biznesda birlamchi o‘zgaruvchan axborotlarni shakllantirish qo‘lda bajarish usuli, o‘zi yozuvchi qurilmalar, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan vositalar yordamida amalga oshriladi.
So‘nggi davrda ishlab chiqarishni hisobga oluvchi turli xil zamonaviy qurilmalardan foydalanilmoqda. Chunonchi, periferiy hisobga olish qurilmalari axborotlarni ularning yaratilgan joylarida qabul qilib oladilar, ro‘yxatdan o‘tkazadilar va korxonaning hisoblash markaziga, hisoblash mashinalariga kiritish va ishlov berish uchun beradilar. Shu kabi tashkiliy texnika vositalarining korxonalarda ko‘payishi axborotni va ular asosida boshqaruvni takomillashtirishda katta ahamiyatga ega.
Biznes bilan tanishishda quyidagi axborotlarga ega bo‘lish lozim:

  • texnik axborot;

  • moliyaviy axborot;

  • marketing axboroti;

  • huquqiy axborot;

  • axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.

Bo‘lajak tadbirkorlarga zarur bo‘lgan axborotning tarkibi quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Ushbu axborotlar asosida tadbirkorlik faoliyatining bevosita rivojlanishini ta’minlash amalga oshiriladi:

  • kataloglar;

  • amaliy hamkorlik uyushmalari;

  • hukumat muassasalarining nashrlari;

  • banklar;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • kutubxonalar;

  • maslahatchilar;

  • agentliklar;

  • savdo ko‘rgazmalari va yarmarkalari;

  • Internet tizimi.

Axborot resurslari va har bir toifadagi muassasaning aniq nomi hamda manzilini ifodalovchi yordam ko‘rsatish manbalari kartotekasini tuzing. Olinadigan axborot hajmi juda katta bo‘lishi mumkin, faqat sizning biznesingizga yordam berishi mumkin bo‘lgan arzirli axborotga e’tiborni jamlang. Тadbirkorlikning axborot bilan ta’minlanishi, asosan, turli manbalar asosida amalga oshiriladi.

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish