Savol va topshiriqlar
1. O‘rta Zarafshon okrugi geografik o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat, uni Farg‘ona okrugi bilan taqqoslab, o‘xshashlik tomonlari va tafovutlarini gapirib bering.
2. Nima sababdan okrug hududi asosan paleogen, neogen va antropogen davr cho‘kindi jinslaridan tashkil topgan?
3. Qanday omillar ta’sirida O‘rta Zarafshon okrugida qish Quyi Zarafshon okrugiga nisbatan iliq, yoz salkin, yillik yog‘in miqdori ko‘proq?
4. O‘rta Zarafshon okrugi atrofidagi tog‘lardan boshlanuvchi soylarda bahordasuvi ko‘payib, sel hodisasi sodir bo‘lib turadi, sababini tushuntirib bering.
5. Nima uchun okrug hududida Quyi Zarafshon okrugiga nisbatan yer osti suvlari nisbatan chuqurda joylashgan va chuchuk?
6. Qanday sabablarga ko‘ra okrug tuproqlari Quyi Zarafshon okrugi tuproqlariga nisbatan sho‘rlashgan emas, o‘simlik turlari ko‘p va zich o‘sadi?
MAVZU:QASHQADARYO OKRUGI
reja:
Okrugning geografik o’rni, relyefi
Iqlimi, ichki suvlari
Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi
Tabiiy geografik rayonlari
Tayanch iboralar: Geografik o‘rni, rel’efi, foydali qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Qashqadaryo okrugi O’zbekistonning janubida joylashib, Qarshi dashti, Kitob-Shaxrisabz botg’i, Hisor va Zarafshon tog’lari, tog’ oldi qiya tekisliklarini o’z ichiga oladi. Okrug janubi-sharqida joylashgan Surxondaryo okrugidan Hisor tog’ tizmasining janubi-g’arbiy tarmoqlari orqali, shimolda Zarafshon vodiysida joylashgan okruglardan Zarafshon tizmasining shimoli-g’arbiy tarmoqlari orqali ajralib turadi. Uning hududi G’arbda va janubi g’arbda Sandiqli cho’liga tutashgan. Okrug hududibalandligi 200-4000 m gacha etadi. Yer yuzasi g’arbdan sharqqa va shimoli- sharqqa tomon ko’tarilib boradi va asosan delta tekisliklaridan, tog’ oldi tekisliklaridan, o’rtacha va baland tog’lardan iborat. Okrug hududini shimoli-sharqdan janubi g’arbga tomon Qashqadaryo kesib o’tgan. Hisor tog’larining mutlaq balandligi okrug hududida 2000 m dan G’uzordaryoning yuqori qismida) 4152 m gacha Qova cho’qqisi) o’zgaradi. Shimoli-sharqdan okrugni o’rab turgan Zarafshon tizmasining Chaqilkalon va qoratepa tog’larida eng katta balandlik 2197m va 2616 m ni tashkil etadi.
Gersin burmalanishida ko’tarilgan Hisor tizmasining janubi- G’arbiy tarmoqlari tektonik jihatdan Hisor mega antiklinalining janubi-G’arbiy qismiga to’g’ri keladi va bu tektonik sistemada 2 ta antiklinal zona ajratiladi. Ular bo’r, paleogen va neogen davrlarining cho’kindi jinslari bilan koplangan.
Chaqilkalon tog’ining janubiy yonbag’ri asosan paleozoy (silur) ohaktoshlaridan, Quyi va o’rta paleozoyning slaneslaridan tarkib topgan, bu jinslar qatlamlari qiya prachalangan. Chaqilkalon tog’i Taxta qoracha davoniga (1788 m) qadar davom etadi, so’ngra davondan G’arbda qoratepa tog’lari cho’zilib ketadi. Bu yerda tog’lar kengayib, kengligi 35 km ga, uzunligi 50 km gacha boradi. Tog’larning markaziy qismlari intruziv jinslardan tashkil topgan, tog’ etaklari va yonbag’irlari yumshoq cho’kindi jinslar bilan koplangan.
Qoratepa tog’i bilan Ziyovuddin va Zirabuloq tog’lari oraligi qirsimon relyefli Jom cho’li joylashgan. Yer yuzasini lyoss qoplagan. Cho’lning janubiy qismi Qashqadaryo havzasida joylashgan. Janubi- sharqdan shimoli-G’arb tomon 100 km masofaga cho’zilgan Ziyovuddin- Zirabuloq tog’lari paleozoyning intruziv, ohaktosh, slaneslardan, mezo-kaynozoyning ohaktosh va qumoq gillaridan tarkib topgan bo’lib, atrofdagi tekisliklardan atigi 300-400 m ko’tarilib turadi. Balandligi Piyozi tog’ida 1091 m ga etadi. Jom cho’lidan ko’tarilib turgan janubi-sharqiy qismida 767 m ga boradi. Ziyovuddin va Zirabuloq tog’larini erozion vodiy bir-biridan ajratib turadi. Zarafshon tog’larining G’arbiy davomi hisoblangan shimoli-G’arb tomon asta pasayib borib, Qarnobcho’lning G’arbida tekislikka tutashib ketadi. Qashqadaryo okrugining shimoliy chegarasi shu tog’lar suvayrig’ichidan o’tadi.
Okrugni sharq va janubi- sharqda o’rab turgan Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysun, Ko’xitangtog’) asosan granit, ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Bu qattiq jinslar ko’p yyerlarda ochilib, yer yuzasiga chiqib yotadi, tik yonbag’ir va chuqur daralarni hosil qilgan. Hisor O’zbekistondagi eng baland tog’, unda O’zbekistonning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho’qqisi joylashgan bo’lib, uning mutlaq balandligi 4643 m. Hisor tizmasi G’arb va janubi-G’arbga tomon bir qancha tarmoqqa bo’linib, tobora pasayib boradi va asta-sekin tekisliklarga qo’shilib ketadi. Tog’ oldilarida Miroqi, Yakkabog’ va Guzor adirlari katta maydonni egallab yotadi, ular daryolar tog’larni yemirib olib tushgan jinslardan tarkib topgan. Adirlar yer yuzasi notekis, past-baland tekisliklardan iborat. Adirlarda va past tog’larda karst relefi shakllari qorlar, voronkasimon chuqurliklar, o’ngurlar mavjud.
Zarafshon, Yakkabog’, Hisor tog’lari orasida Kitob-Shaxrisabz botig’i bor. Bu botiq daryo oqindilari bilan qoplangan allyuvial tekislikdir (Kitob so’zi «Kifti-ob»-«suv boshi» degan ma’noni bildiradi. Kitobda Ulug’bek nomidagi Kitob kenglik stansiyasi kurilgan. Bu stansiyada yer qutbining harakati o’rganiladi. Bu stansiya dunyodagi to’rtta shunday stansiyalarning biri bo’lib, qolganlari AQSH, Yaponiya va Italiyada joylashgan).
Zarafshon tizmasining shimoli-G’arbiy davomi bilan Hisor tizmasining janubi-G’arbiy tarmoqlari orasida Qashqadaryo botg’i joylashgan. Uning markazi janubi G’arbdan shimoli-sharqqa cho’zilgan. O’q qismi Qashqadaryo vodiysidan iborat. U G’arbga tomon kengayib boradi. Vodiy daryoning qayir va qayir usti I, II, III, IV va V terassalari va ularga tutashgan tog’ oldi prolyuvial tekisliklardan tarkib topgan. Vodiyning sharqida va shimoli-sharqida o’rta To’rtlamchi davrga mansub prolyuvial-allyuvial tekisliklar katta maydonni egallagan. Qarshi shahridan G’arbda va shimoli-G’arbda yuqori To’rtlamchi va hozirgi davrga mansub allyuvial-delta tekisliklari shakllangan. Uning ayrim qismlarida qumliklar uchraydi. Tekislikning katta qismini Qarshi cho’li egallagan. Unda eski o’zanlar, sho’rxoq yerlar, qoldiq tog’lar, keng soylar va pastlik yyerlar birin-ketin almashinib keladi. Qarshi cho’lining shimoli o’r-qirli relefga ega, janubi g’arbi tekislik va platolardan iborat. o’rta qismida tog’, Maymanoqtog’, Kosontog’ kabi tanxo tog’lar bor. Bu tog’lar yemirilib pasayib qolgan, tepalari yassi tekis va gumbazsimon. Cho’lning shimoli g’arbida qadimgi daryo o’zanlari bo’lmish Sho’rsoy, Do’ltalisho’r soyliklari bor. Qarshi cho’lidan janubdagi Nishon cho’li uchun qoldiq tog’lar (Do’ltali, Saksondara, Olavuddintog’), quruq soylar va taqirlar xosdir.
Daryolar buyida Guzor-Qamashi va Qarshi vohalari bunyod etilgan. XX asrning oxirgi choragida Qarshi cho’lining katta qismi Amudaryodan Qarshi magistral kanali orqali olib kelingan suv hisobiga 200000 gektarga yaqin yyer o’zlashtirildi. Qashqadaryo okrugi iqlimi O’zbekistonning o’rta va shimoliy tabiiy geografik okruglaridan farq qilib, bahor yerta keladi, tezda jazirama yozga o’tib ketadi, qishi qisqa tekislik va tog’ oldi hududlarida yanvarning ko’p yillik o’rtacha harorati +20 atrofida. Ammo qishki qattiq sovuqlar Quyi va o’rta Zarafshon okruglaridagidan farq qilmaydi, harorat -250, -290 gacha pasayadi. Lekin shunday haroratlar kuzatilgani bilan okrugda bunday haqiqiy qish kamroq kuzatiladi. Vegetatsiya to’xtamaydigan qishlar 50-80 % ni tashkil qiladi. Manfiy haroratlar yig’ndisi bor-yug’i - 40-600 dan ortmaydi. Har yili qor yog’sa ham haqiqiy qor qoplamini shakllanadigan yillar 10-15 % dan oshmaydi. Yoz okrugda juda quruq, issiq bo’lib, uzoq davom etadi. Tekislik qismida iyul oyining ko’p yillik o’rtacha havo harorati +280, +290 ga teng, mutlaq yuqori harorat esa 46-470 ni tashkil etadi. Tog’larda, tog’ oraloti botiqlarida yoz biroz salqinroq bo’ladi. Masalan, Kitob-Shaxrisabz botig’ida yozgi mutlaq haroart +430 dan ortmaydi. Musbat haroartlar yig’ndisi bo’yicha Qashqadaryo okrugida Quyi va o’rta Zarafshondagidan katta va bu ko’rsatkich butun okrug hududida 48000 dan ortiq bo’lib, ayrim yerlarida (G’uzorda) 53000 gacha boradi. Bunday sharoit okrugning ayrim hududlarida ingichka tolali paxta etishtirish va boshqa issiqsevar ekinlarni ekish uchun imkon beradi.
Qashqadaryo okrugida Quyi Zarafshonga nisbatan yog’in-sochin ko’proq tushadi. Lekin yog’in okrugda yil fasllari va hudud bo’yicha bir tekisda yog’maydi. Tekisliklarga juda kam tushib (190-200 mm), tog’ yonbag’irlariga va tog’larga ancha ko’p yog’adi (550 mm). Okrugda tekislik qismida tog’larga tomon yog’in miqdori bir xilda ortib bormaydi. Masalan shimoli-sharq va sharq yo’nalishida 600-700 m mutlaq balandlikkacha har 100 m ko’tarilganda yog’in miqdori 50 mm dan ortib borsa (ayrim yerlarda hatto 100 mm gacha), janubi-sharq va janub yo’nalishida esa har 100 m ko’tarilganda 30 mm dan ortadi. qor kam yog’adi va uzoq turmaydi. Qish oylarida barqaror qor qoplami okrugda 1500-1600 m balandliklardan boshlab kuzatiladi. Okrugda yog’inning ko’p qismi qushni okruglar kabi bahor va qish oylariga to’g’ri keladi. Ichki suvlari Qashqadaryo va uning irmoqlaridan hamda ulardan va Amudaryodan chiqarilgan kanallardan iborat.
Okrugdagi gidrologik sharoit hududining orografik va iqlimiy sharoitlari bilan o’zviy bog’liq. Suv havzasining o’rtacha balandligi 1500 m bo’lgan qoratepa tog’ining janubiy yonbag’rida oqim moduli taxminan Tanxozdaryo havzasida -2 l/sek/km2, Yakkabog’ va G’uzordaryo havzalarida esa 11,5 l/sek/km ga yaqindir. Binobarin, yog’in miqdori va oqim moduli yonbag’irlarning nam havo massalari yo’nalishiga nisbatan joylashishiga va balandligiga bog’liq. Qashqadaryo havzasining umumiy suv resurslari 51,5 m3/sek. Okrug tog’li qismida oqim moduli o’rta hisobda 1 km2 dan 6,2 l/sek ga teng. Bu ko’rsatkich Zarafshon havzasida -10,7 l/sek, Surxondaryoning tog’li qismida18,2 l/sek ni tashkil etadi. Bu qiyoslashdan ko’rinib turibdiki, okrug hududi qushni Surxonadaryo, o’rta Zarafshon okruglaridan qirg’ochilroqligi bilan farq qiladi. Okrugning bosh daryosi Qashqadaryo. Uning uzunligi 373 km. Qashqadaryo Hisor tog’larining G’arbida 3200 m balandlikdagi Muxbel davoni yaqinidan boshlanadi va Qarshi cho’lida quruq delta hosil qilib tugaydi. Qashqadaryo va uning irmoqlari Oqsuv, Yakkabog’ va Tanxas qor, muz va yomg’ir suvlaridan, buloqlardan to’yinadi. Qashqadaryo tekislikka chiqqach sekundiga 50 m3 oqim hosil qiladi. Yillik suv miqdorining 64 % i mart-iyun oylariga to’g’ri keladi.Okrugda daryo suvlarini yotish, tejab sarf qilish maqsadida
Qashqadaryoda Chimqo’rg’on (suv sig’imi 449 mln m ), Qamashi (18 mln m ), G’uzordaryoda Pachkamar (283 mln.m3) hamda Tallimarjon (2530 mln m3) suv omborlari qurilgan. Tallimarjon suv omboriga kuz va qish oylarida Qarshi magistral kanali orqali keltirilgan Amudaryo suvi yotiladi.
Qashqadaryo okrugining yer yuzasida suv kam bo’lsada, lekin yyer osti suvining katta zaxirasi bor. Bu yerda To’rtlamchi davr, yotqiziqlari orasidan chiqqan suvlar xalq xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Qashqadaryo gidrogeologik rayonida yer osti suvining ishlatilish miqdori sekundiga 9,8 kub metrni tashkil etadi.
Qashqadaryo okrugi tuproq qoplami, o’simliklari va hayvonot dunyosi uning relefiga, iqlimiga, yer osti suvlarining xususiyatiga va tuproqlarning ona jinsiga bog’liq holda turli joyda har xil tarqalgan. Qashqadaryoning G’arbiy cho’l tekislik qismidasur-qo’ng’ir, taqirli, qumli tuproqlar, tog’ oldi qiya tekisliklari, adirlar va tog’ etaklarida bo’z tuproqlar tarqalgan. Delta qismida yer osti suvining oqimi yaxshi ta’minlanmaganligi oqibatida sho’rlangan yerlar maydoni ortib bormoqda.
O’simlik dunyosi xilma-xil. Cho’llarda juzg’un, iloq, selin, karrak, qizil qandim, etmak va saksovul, gilli cho’llarda sho’ra, mingbosh, daryo va suv omborlari yaqinida shuvoq, sho’ra, yantoq, tog’larda archa va mevali daraxtlar tarqalgan.
Hayvonlardan sariq yumronqoziq, buri, tulki, jayron, echkiemar, kaltakesak, ilonlar, qo’ng’ir ayiq, tog’ takasi, tog’ Qo’yi, bo’rsik va boshqa hayvonlar uchraydi. Okrugda cho’l, adir, tog’ va yaylov balandlik mintaqalari mavjud.
Qashqadaryo okrugida 3ta yirik tabiiy geografik rayon - Qarshi, G’uzor va Kitob-Shahrisabz rayonlari ajratilgan. Qarshi rayoni okrugning cheka G’arbiy qisminida joylashgan, u G’arbda Quyi Zarafshon okrugining Sandiqli rayoni bilan tutashgan, sharqiy chegarasi 400-450 m li izogipsalarga to’g’ri keladi.
Rayon hududi deyarli tekis bo’lib, Zarafshon tog’larining G’arbiy tarmoqlaridan oqib tushgan soy hamda Qashqadaryo yoyilmalaridan vujudga kelgan. Ular qum, qumoq, gillarning aralashmasidan iborat. Yer yuzasining tekisligini soy o’zanlari va qoldiq past balandliklar biroz notekis qilib turadi. Rayon hududining mutlaq balandligi 300-450 m ga teng.
Rayon okrugdagi qishi eng sovuq (yanvarning o’rtacha havo harorati 00 atrofida), yozi uzoq davom etadigan, issiq(iyul oyining o’rtacha havo haroarti +290) va quruq (yillik yog’in miqdori 190 mm) hudud hisoblanadi. Vegetatsiya davridagi o’rtacha haroartlarning yig’ndisi (48700) ingichka tolali paxta etishtirishga imkon byerali. Rayonda 8 xil landshaft ajratiladi. Eng keng tarqalgan landshaftlar Quyidagilardir:
-bir yillik sho’ralar o’sadidagan delta tekisliklaridagi sho’rxoqlar landashfti. Bu landshaft asosan Sho’rsoy botg’ini egallaydi.
-qong’irbosh va rang o’suvchi och bo’z tuproqli tog’ oldi tekisliklar landshafti. Bu landshaft rayon hududining 25 % ni egallagan.
- qong’irbosh va rang o’suvchi och bo’z tuproqli parlangan tog’ oldi tekisliklari landshafti.
-oq saksovul o’suvchi eol qumliklar landshafti va boshakalar. Kitob-SHaxrisabz rayoni okrugning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, tekisliklan va qoratepa, Chaqilkalon va Hisor tog’larining tekislikka tutashgan yonbag’irlaridan tashkil topgan.
Rayonning eng past yeri Kitob-SHaxrisabz botg’i bo’lib, uni shimoli-sharqdan janubi g’arbga tomon Qashqadaryo kesib o’tgan. Rayon okrugda yillikda yog’in miqdorining ko’pligi (500 mm),qishining yumshoqligi, sersuvligi bilan ajralib turadi. Bu holat lalmi va yaylov chorvachiligi uchun qulay sharoit yaratadi. Rayon hududida tog’ oldi tekisliklari landshaftlaridan baland tog’ landshaftlarigacha kuzatish mumkin. Rayonda 6 ta landshaft xili ajratilgan.
G’uzor rayoni G’uzordaryo havzasidagi Hisor tog’i tarmoqlarining shimoli g’arbiy yonbag’irlarini va tog’ oldi qirlarini o’z ichiga oladi. Hududning mutlaq balandligi G’uzor shaxri yonida 524 m dan Oqrabot dovonida 1800 m gacha, ayrim tog’ tepalarida 2538 m gacha boradi. Rayon okrugda tyermik resurslarga boyligi (musbat haroartlar yig’ndisi tog’ oldida 48000-53000), yozda havo haroartining yuqoriligi (+29,50 +28,50, eng yuqori harorat +470), qishining yumshoqligi (yanvarning o’rtacha havo harorati +0,50, +20), vegetatsiya to’xtamaydigan iliq qishlarning ko’pligi (65-80 %) bilan ajarlib turadi. Rayon Kitob-Shaxrisabz rayoniga nisbatan qurg’oqchil, yilik yog’in miqdori tog’ oldida 250-300 mm atrofidadir. Suvlari anchagina sho’rlangan. Landshaftlari balandlikka ko’tarilgan sari o’zgarib boradi va har bir balandlik mintaqasida o’ziga xos landshaftlar shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |