Kattaqorg’on tabiiy geografik rayoni Ziyovuddin-Zirabuloq tog’larining shimoliy yonbag’rini va o’nga tutash Zarafshon vodiysini o’z ichiga oladi. Rayonga vodiyning eng past qismi to’g’ri keladi. Bu rayonda qayir va qayir usti I hamda II terrasalari mavjud. Zarafshon daryosining chap sohilida, Ziyovudin-Zirabuloq tog’larining etaklarida yuqori To’rtlamchi davrda shakllangan tog’ oldi prolyuvial tekisliklari joylashgan, uni janubdan paleozoyning cho’kindi va intruziv jinslaridan tashkil topgan Ziyovudin-Zirabuloq tog’lari o’rab turadi. Bu tog’lardan sharqda o’rta To’rtlamchi davrga mansub lyosslardan tarkib topgan to’lqinsimon tekislik joylashgan. U Zarafshon vodiysiga tik jarlik hosil qilib tushadi. Rayonning asosiy qismi dengiz sathidan 400 m dan 500-600 m gacha balandda joylashgan. faqat Zirabuloq tog’larining balandligi 600 dan 800-1000 m gacha etadi.
Kattaqo’rg’on rayoni okrugda eng past mutlaq balandlikda joylashgan va yog’in-sochin miqdorining eng kamligi bilan ajralib turadi. Tekislik qismida yillik yog’in miqdori 180 mm bo’lib, tog’ga ko’tarilgan sari biroz ortadi. Rayon okrugda termik resurslarga boyligi, yozda qurg’oqchil kunlarning ko’pligi (18-20 kun), manfiy haroratlar yig’ndisining, eng kam ekanligi bilan ajralib turadi. Botiqlarda manfiy harorat yig’ndisi -1100 bo’lsa, eng past harorat -350 gacha tushsa, tog’ oldi qiya tekisliklarida, tog’ etaklarida manfiy haroratlar yig’ndisi 65-700 holos, mutlaq past harorat -240 ni tashkil etadi. Rayonda yanvar oyining o’rtacha harorati -0,50 -20, vegetatsiyali qish 37-53 % ni, iyul oyning o’rtacha harorati +27+280, mutlaq yuqori harorat +440 ni tashkil etadi. Rayon hududining geologo-geomorfologik jihatdan har xilligi, u bilan bog’liq holda gidrogeologik, tuproq-botanik sharoitning va makroiqlimning har xilligi turli xil landshaftlarining tarkib topishiga olib kelgan. Rayonda 7 ta landshaft xili ajratiladi.
Samarqand rayoni Kattaqorg’on rayonidan yuqoriroqda janubi-sharqda joylashib, Zarafshon vodiysini, Chiqilkalon va Qoratepa tog’larining shimoliy yonbag’rini va prolyuvial tekisliklarni o’z ichiga oladi. Rayon hududining mutlaq balandligi G’arbida 500 m dan, sharqida 900 m ga va shimolida 600 m ga janubida esa 2000 m ga boradi. Balandlikka bog’liq ravishda yillik yog’in miqdori 300 dan 400 mm gacha etadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati +10 -0,50 orasida, vegetatsiyali qishlar 44-52 % ni tashkil etadi, iyul oyining o’rtacha harorati 24-270 ga teng. Rayonning asosiy suv resurslari Zarafshon daryosi suvi va qoratepa hamda Choqilkalon tog’laridan oqib tushadigan soylar suvidan tarkib topadi. Soylar suvlari asosan tog’ oldi tekisliklaridagi yerlarni sug’orishga sarf qilinadi. Rayon huduidagi mutlaq balandlikdagi farq 7 ta landashft xillarining shakllanishiga olib kelgan. Bulardan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqli voha landshaftlari rayon hududining 30 % nitashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |