Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги муқимий номидаги қЎҚон давлат педагогика институти ўзбекистон табиий географияси фани бўйича



Download 19,02 Mb.
bet25/84
Sana30.04.2022
Hajmi19,02 Mb.
#595667
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
Bog'liq
Ўзбекистон мажмуа 2021

Chotqol rayoni Chotqol tog’ining O’zbekistondagi janubiy tog’ oldi qismlarini egallaydi va sharqda Norin daryosi, janubda qisman Sirdaryo bilan chegaralanadi. Bu rayon okrugning G’arbiy rayonlaridan yog’in miqdorining biroz ko’pligi, qishining Govasoy rayonidagiga nisbatan yumshoqroqligi, termik resurslarga boyroqligi bilan ajralib turadi.
Rayonda 6 ta landshaft xili ajratilgan. Vohalar madaniy landshaftlari rayon hududining yarmini tashkil etadi.
Farg’ona rayoni Farg’ona tizmasining janubi g’arbiy yonbag’rini va yonbag’ir etagida joylashgan Norin, Moylisoy, Qorao’ngur, Ko’gart va Yassi daryolari yoyilmalarini o’z ichiga oladi. Mutlaq balandligi janubi- G’arbida 400 m dan shimoli-sharqda 3000-4000 m gacha ko’tarilib boradi. O’zbekistonda bu rayonning faqat allyuvial-prolyuvial tekisliklardan va qoradaryo vodiysidan iborat chekka janubi g’arbiy qismi joylashgan. Rayon okrugda boshqa rayonlarga nisbatan tabiiy nam bilan eng yaxshi ta’minlangan. Rayonda 5 ta landshaft xili ajratilgan bo’lib, eng katta maydonni madaniy landshaftlar (88 %) egallagan.
Sharqiy Oloy rayoni Oloy tog’larining Shoximardon, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshob daryolari havzalari joylashgan shimoliy yonbag’rini o’z ichiga oladi. Rayonning Fakatgina shimoliy qismi O’zbekiston tarkibiga qiradi. Bu yerlar adirlardan, adir oraloti va adir ortidan, Oltiariqsoy, Shoximardonsoy, Isfayramsoy va Aravonsoyning yuzasi tekis yoyilmalaridan iborat. Rayon hududi balandroq va shimoliy ekspozitsiya bo’lganligidan okrugda yozgi termik resurslarining biroz kamligi, lekin landshaftlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Rayonda 9 ta landashft xili ajratilgan. Rayon hududining 50 % idan ko’prog’i madaniy landshaftlarga to’g’ri keladi.


Savol va topshiriqlar
1. Farg‘ona okrugi geografik o‘rniga ko‘ra Toshkent-Mirzacho‘l okrugidan qanday farq qiladi?
2. Okrugdagi Farg‘ona botig‘i bilan adirlar orasida geologik tuzilishi jihatidan qanday farq bor?
3. O’zbekiston tabiiy xaritasi yordamyda okrug yer usti tuzilishi haqida ma’lumotlar to‘plab, Markaziy Farg‘onadagi cho‘llar relyefi qanday o‘zgartirilganligini tushuntirib bering.
4. Nima sababdan okrug hududi qishda Toshkent-Mirzacho‘l okrugiga nisbatan sovuqroq bo‘lib, yog‘in miqdori kam tushadi?
5. «Bekobod», «Qo‘qon» shamollari haqida nimalarni bilasiz? Ularni vujudga kelish sabablarini tushuntirib bering.
6. Okrug atrofidagi tog‘lardan ko‘plab daryolar boshlanadi, lekin ular Sirdaryoga kelib qo‘shilmaydi. Buning sababini tushuntirib bering.
7. Qanday sabablarga ko‘ra okrugda yer osti suvlarining miqdori katta?
8. O‘zbekiston atlasidagi tuproq va o‘simlik xaritalaridan foydalanib, okrugda qanday tuproq o‘simlik turlari borligini aniqlab, nima uchun Markaziy Farg‘onada tuproq sho‘rlanganligini tushuntirib bering.
9. Farg‘ona okrugidagi tabiiy-geografik rayonlar va landshaftlar haqida gapirib bering.



Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish