MAVZU: O’RTA ZARAFSHON OKRUGI
reja:
Okrugning geografik o’rni, relyefi
Iqlimi, ichki suvlari
Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi
Tabiiy geografik rayonlari
Tayanch iboralar: Geografik o‘rni, rel’efi, foydali qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Zarafshon vodiysining o’rta qismi havzasida joylashgan. O’nga O’zbekistonda Samarqand va Sangzor-Nurota botiqlari to’g’ri keladi. Okrug G’arbda Hazar yo’lagi orqali Quyi Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Sharqdan Chumqortog’, shimoldan Nurota va Sangzor tizma tog’lari bilan, janubdan esa qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog’lari bilan o’ralgan. Sharqiy chegarasi shartli ravishda Tojikiston bilan bo’lgan davlat chegarasi orqali o’tadi.
Shimoliy va Janubiy Nurota tog’ tizmalari oralotida Sangzor- Nurota botg’i joylashgan. Uni Zarafshon botg’idan Janubiy Nurota tog’ tizmalari ajratib turadi. Shimoliy Nurota tog’lariga Qo’ytosh va Nurota tog’lari qiradi. Nurota tog’lari balandligi chekkalarida 600 m atrofida markazi Hayotboshi cho’qqisi 2169 m ga boradi. Okrugning shimoliy chegarasi Nurota tog’i suvayirg’chi orqali o’tadi.
Janubiy Nurota tog’ tizmalari sharqida kenglik bo’ylab 35 km ga cho’zilgan, eng baland yeri 1600 m ga teng bo’lgan Gubdintog’dan boshlanadi. Undan shimoli g’arbda qorasuv vodiysidan keyin qoracha tog’ tizmasi boshlanadi. qorachatog’ Oqsoy daryosi vodiysigacha davom etadi. Undan G’arbdagi tog’lar Oqtog’ deb ataladi. Bu tizma Langar cho’qqisidan (1993 m) biroz G’arbda ikki tarmoqqa ajratiladi; shimoliy (Baxiltog’) va janubiy (Koratog’) tarmoqlarga bo’linadi. Bu ikki tarmoq orasida prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tog’ oralig’i tekisligi Arnasoy joylashgan. Uning mutlaq balandligi sharqida 800 m dan G’arbida tomon 400 m gacha pasayib boradi. Sangzor-Nurota botg’i Sangzor, g’allaorol va Nurota tekislik botiqlaridan tashkil topgan.
Sangzor botg’i shimolda Morguzar va janubda Turkiston tog’ tizmasining G’arbiy chekka qismi bo’lgan Chumqortog’ tog’lari oralig’ida joylashgan. Uning o’rta qismidan Sangzor daryosi oqib o’tadi. Sangzor vodiysining kengligi botiqning G’arbida 17 km ni, sharqida esa, ya’ni yana daryoning yuqori oqimida 5-6 km ni tashkil etadi. Botiqning shimoli- G’arbga davom etgan qismi g’allaorol tekisligi deb ataladi. Bu tekislikdan G’arbda Nurota botg’i joylashgan bo’lib, u Qizilqumga g’arbga) tomon kengayib boradi.
Janubda Nurota-Sangzor botig’iga parallel holda Zarafshon botg’i joylashgan. Uning o’rta qismidaln Zarafshon daryosi oqib o’tadi. Zarafshon botg’ini shimoldan va janubdan o’rab turgan tog’ tizmalari botiqning sharqida - Panjikent yaqinida bir-biriga juda yaqinlashib keladi. G’arbga tomon esa tog’ tizmalari bir-biridan uzoqlashib, mutlaq absolyut balandligi pasayib boradi. Botiqning kengligi uning sharqida, Panjikent yaqinida 15 km bo’lsa, Samarqand shahri myeridianida 60 km, Xatirchi yaqinida 40 km, Karmana myeridianida esa 35 km ni tashkil etadi. Botiqning eng past yeri daryo o’zaniga to’g’ri keladi. Uning mutlaq balandligi Panjikentda 900 m, Samarqandda 680 m, Kattaqo’rg’onda 470 m, Navoiyda 350 m ga teng.
Zarafshon botg’i, ayniqsa uning markaziy qismi tekislikdan iborat, fakat Samarqand yaqinidagi Cho’ponota balandliklari tekislikdan biroz ko’tarilib turadi. Zarafshon vodiysini o’rab turgan tog’lar etaklarida qiya tekisliklar mintaqasi alohida ajratib turadi. Ular prolyuvial jinslardan iborat konussimon yoyilmalardan tashkil topgan. Vodiyning janubi-sharqida qoratepa va Choqilkalon tog’ etaklarida shakllangan yoyilmalar hamma yyerda keng va tekis prolyuvial tekisliklarni hosil qilgan. Ular o’rta To’rtlamchi davr lyossimon jinslaridan tarkib topgan. Bu tekisliklar Kattaqo’rg’on shaxrigacha davom etadi.
Zarafshon vodiysida Panjikentdan G’arbroqdan boshlab 3 ta asosiy terassa kuzga yaqqol tashlanadi. Qayir, I va II qayir usti terrasalari Zarafshon vodiysini hosil qiladi. Bular ichida maydoni jihatdan eng kattasi lyossimon gillardan tashkil topgan II qayir usti terrasasidir. O’rta Zarafshon okrugi iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu yerda havoning mutlaq minimum harorati Quyi Zarafshon okrugidagiga nisbatan pastroq, haqiqiy qishli kunlar ko’proq kuzatiladi. Iyul oyining o’rtacha harorati pastroq bo’lib, +25-28 0S ni tashkil etadi. Mutlaq maksimum harorat ham pastroq, asosan +420 S atrofida bo’ladi. Natijada vegetatsiya davridagi musbat haroratlar yig’ndisi ham kamroq bo’lib, 4200-46000 ni tashkil etadi. Yillik yog’in miqdori okrugning tekislik va tog’ oldi hududlarida 300-400 mm bo’lib, tekislik okruglaridagiga nisbatan 2-3 hissa ko’pdir.
Okrugni Zarafshon daryosi suv bilan ta’minlaydi. Daryo oqimining asosiy qismi okrugdan tashqaridagi tog’larda shakllanadi. Daryo havzasi tog’li qismining maydoni Zirabuloq-Ziyovuddin tog’larisiz 17710 km2 ni tashkil etadi va shu hududda shalklangan umumiy oqim miqdori 190 m /sek ga teng. o’rtacha oqim moduli 10,7 l/sek/km ga tengdir. Daryo havzasining tog’lik qismida chiqishi bilan uning suvi ko’p sonli kanallarga olinib, sug’orishga sarflanadi.
Okrugdagi yirik daryolardan yana biri Sangzor daryosidir. Uning Nushkent yonida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 2,96 m3sek ga va oqim moduli 3,25 l/sek/km2 ga teng. Uning suvi to’liq sug’orishga sarflanadi.
Okrugda, ayniqsa uning shimoliy qismida soylar ko’p (50 dan ortiq), ular suvi ham sug’orishga sarfanadi. Okrugda daryo qayirlarida gidromorf, adirda bo’z, tog’larda jigarrang tuproqlar keng tarqalgan. O’simlik dunyosi ham xilma-xil bo’lib, To’qay o’simliklaridan, efemer-efemeroidlardan, butalardan, tog’larida keng bargli yakka daraxtlar va archalardan tashkil topgan. Okrugda bargli o’rmonlar, shuningdek, alp o’tloqlari deyarli kuzatilmaydi. Okrugda cho’l, tog’ oldi cho’l-dasht va quruq dasht, o’rtacha balandlikdagi tog’larga mansub o’rmon-o’tloq dasht mintaqalarini ajratish mumkin.
O’rta Zarafshon okrugida ham respublikamizning ko’p joylaridagi kabi tabiatni muxofaza qilish, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni yaxshilash qishilar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda.
Okrug hududida qazilma boyliklarning katta zaxiralari mavjud, ular asosida ko’plab sanoat qorxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Navoiy shaxri va uning atrofida sanoatning rivojlanishi 1965 yillardan kimyo, tog’-metallurgiya va energetika korxonalari ko’rilib ishga tushirilishidan boshlangan. Ushbu qorxonalarning atrof-muhitga qanday ta’sir etishi etarli darajada o’rganilmagan, natijada ular ekologik xavfli bo’lsalar ham, qishloq va shaharlar yaqiniga joylashtirilgan. Xozirgi vaqtda bu korxonalar va avtotransport vositalaridan atmosfyera havosiga ko’plab zaharli moddalar chiqarilmoqda. Navoiy shahri respublikada atmosfera havosi ancha ifloslangan shahar hisoblanadi. Shahar havosida chang, oltingugurt II oksidi, azot II oksidi, fenol, ammiak miqdori normaga nisbatan ancha (1-3,5 martagacha) ko’p.
Okrugda, ayniqsa Navoiy zonasida suv manbalari sifati sanitariya-gigiena talablariga to’liq javob bermaydi. Zarafshon daryosining suvi bu zonaga ma’lum darajada ifloslangan holda kelada. Buning ustiga daryoga oqava suvlar tashlanishi oqibatida daryo suvi yanada ifloslanmoqda. Suv tarkibida yod, kalsiy, magniy, xlor va boshqa elementlarning miqdori me’yoridan yuqori ekanligi kuzatilmoqda.
Okrugda qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan yerlar holatining yomonlashuvi davom etmoqda, tuproq qatlamining buzilishi (degreditsiyasi) kuzatilmoqda. Yerdan oqilona foydalanishning qoida va chora tadbirlarini bilmaslik yoqi ularga etarlicha rioya qilmaslik ham qishloq xo’jalik yerlari sifatiga salbiy ta’sir etmoqda. Okrugda, xususan uning G’arbiy qismida sug’oriladigan yerlarning sho’rlanish darajasi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Okrugda tuproqning unumdorligiga putur etkazuvchi asosiy salbiy geoekologik omillarga suv va shamol eroziyasini, kimyoviy o’g’itlardan, gerbitsid, petitsid va defolantlardan me’yoridan ortiqcha foydalanishni, radioaktiv ifloslanishni kiritish mumkin.
Okrugda o’simlik va hayvonot dunyosining holati ham talab darajasida emas, yer osti boyliklarini muxofaza qilish ham dolzarb bo’lib qolmoqda. Tog’-kon sanoatida yo’l Qo’yib kelinayotgan xatolar ular joylashgan yerlarda tabiiy landshaftlarning buzilishiga, atrof muxit ekologik holatining yomonlashuviga sabab bo’lmoqda.
Okrug hududi turli qismining tabiatidagi tafovutlarga qarab unda 5 ta tabiiy geografik rayon ajratilgan. Bular Kattaqorg’on, Samarqand, Nurota, Gallaorol va Sangzor rayonlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |