Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги муқимий номидаги қЎҚон давлат педагогика институти ўзбекистон табиий географияси фани бўйича



Download 19,02 Mb.
bet36/84
Sana30.04.2022
Hajmi19,02 Mb.
#595667
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Bog'liq
Ўзбекистон мажмуа 2021

Savol va topshiriqlar
1. Okrug geografik o‘rni jihatidan G‘arbiy Tyanshan okrugidan qanday farq qiladi?
2. Okrugdagi tog‘lar qaysi tektonik bosqichda burmalangan va qaysi yotqiziqlar keng tarqalgan?
3. O‘zbekiston atlasidagi relef xaritasidan va ushbu qo‘llanmadagi okrugning orografik xaritasidan foydalanib, yozuvsiz xaritangizga asosiy tog‘ tizmalarini, tog‘larni, cho‘qqilarni, balandliklarni, marzalarni, daryo vodiylarini, daryo va ko‘llarni tushirib, bilib oling.
4. Nima sababdan okrug hududida karstlar, g‘orlar mavjud va ular qaysi tog‘larda joylashgan?
5. Okrug iqlimining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat va nima uchun okrugning janubiy qismi (Surxon-SHerobod vodiysi tomon) shimoliy qismiga nisbatan qishi ilik va sovuksiz davr uzun?
6. Yozuvsiz xaritangizga harorat va yog‘inlarning hududiy taqsimlanishini tushirib, nima uchun tog‘larning janubi-g‘arbiy yonbag‘riga nam ko‘p tushish sababini tushuntirib bering.
7. Okrugda qanday balandlik mintaqalanish borligini bilib olib, har bir mintakaga xos bo‘lgan tuproqo‘simlik turlari ro‘yxatini tuznb chiqing.
8. Okrugda qanday qo‘riqxonalar mavjud va ular nima maqsad uchun barpo etilgan?
9. Nima uchun okrug Zarafshon va Hisor tabiiy-geografik rayoniga ajratildi?


MAVZU: BOBOTOG‘ OKRUGI
reja:

  1. Okrugning geografik o’rni, relyefi

  2. Iqlimi, ichki suvlari

  3. Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi

  4. Tabiiy geografik rayonlari



Tayanch iboralar: Geografik o‘rni, rel’efi, foydali qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Bobotog‘ni g‘arbdan Surxondaryo, shimoldan Hisor, sharqdan Kofirnixon, janubdan esa Amudaryo vodiylari o‘rab turadi. Biz okrugning sharqiy chegarasini shartli ravishda O‘zbekistonning Tojikiston bilan bo‘lgan davlat chegarasi orqali o‘tkazamiz. Bobotog‘ okrugida bo‘r va paleogen, neogen davr yotqiziqlari rivojlangan bo‘lib, ular alhp tektonikasi ta’sirida ko‘tarilib qolgan.
Bobotog‘ respublikamizning tog‘li okruglari ichida o‘zining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi jihatidan eng yosh o‘lka hisoblanadi, bu yerdagi keksa tog‘ jynslari bo‘r davriga xos bo‘lib, tog‘ning eng baland qismlari va zamini qizil gil, qizil qumtosh, qizil mergel, konglomerat hamda ohaktoshlardan iboratdir. Tog‘larning quyi qismlarida esa paleogen va neogen davr ohaktoshlari, mergellari, qizil qumlari va konglomeratlari uchraydi. Okrugning tog‘ etaklarida, daryo vodiylarida va botiqlarda antropogen davrning allyuvialprolyuvial yotqiziqlari, lyossli qumloq, shag‘al va boshqa yotqiziqlari ko‘p uchraydi.
Bobotog‘ okrugi relefiga ko‘ra ham Hisor-Zarafshon okrugidan farq qiladi; bu yerda qoyali, qirrali baland cho‘qqilar uchramaydi. Tog‘lar past bo‘lib, yemirilgan va bir necha massivlarga bo‘linib ketgan. Bular ichida eng muhimi Bobotog‘dir.
Bobotog‘ Hisor tog‘idan Hisor vodiysi orqali ajralgan bo‘lib, janubda to 37° 30 shimoliy kenglikkacha taxminan 100 km cho‘zilgan. Tog‘ning janubiy qismi Tusuntog‘, Turtog‘ so‘ngra Qakitog‘ deb atalib to Amudaryo vodiysigacha cho‘zilib tushadi. Lekin okrug hududiga Bobotog‘ning faqat o‘zi kiradi, unyng janubiy qismi Tojikistonga qaraydi.Okrug xududida Bobotog‘ning o‘rtacha balandligi 1200 — 1500 m. Eng baland qismi esa 38° shimoliy kenglikdagi Zarkosa, cho‘qqisidir (2290 m). Bobotog‘ bu cho‘qqidan shimolga va janubga pasaya boradi, 1900—1800 m ga tushib qoladi. Tog‘ assimetrik tuzilgan, sharqiy yonbag‘ri tik bo‘lib, Kofirnihon vodiysiga birdaniga pasayib tushadi. Aksincha, g‘arbiy yonbag‘ri keng va uzun bo‘lib, Surxondaryo okrugiga tomon asta-sekin pasayib boradi. Okrug kuchli denudasiya jarayoniga duchor bo‘lgan, uni daryolar, soylar juda o‘yib yuborgan. Buning ustiga karst jarayoni tog‘ relefini ancha murakkablashtirgan.
Bobotog‘ning gipsli jinslar tarqalgan va ohak yotqiziqlaridan tashkil topgan sharqiy yonbag‘rida karst jarayoni g‘arbiy yonbag‘riga nisbatan keng tarqalgan. Aksincha, lyoss va lyossimon jinslardan iborat bo‘lgan g‘arbiy yonbag‘rida esa suffozion relef shakllari mavjud. Bobotog‘ o‘zining geomorfologik tuzilishi jihatidan ancha parchalangan postovli hudud hisoblansada, lekin uning o‘q qismi vaqtli suvlar ishi natijasida vujudga kelgan chuqur kanhonsimon vodiylar orqali bir necha qiomlarga bo‘lib yuborilgan. Buning ustiga Bobotog‘ning shimoliy qismini baland joylariga yog‘inning nisbatan ko‘proq tushishi tufayli vujudga kelishi har hil yotqiziqlar va tuproqlarni yuvib ona jinslarni yuvilishiga sababchi bo‘lgan.
Bobotog‘ning g‘arbiy yonbag‘ri va tog‘ oldi relefi jixatidan suv va shamol eroziyasi tufayli o‘nqir–cho‘nqirlardan iborat. Bunday relef shakllantirish ayniqsa lyoss va lessimon jinslardan tashkil topgan. Agar bu hududlarda sodir bo‘layotgan eroziyani oldi olinmasa, u holda bedlendga aylanib qolishi ham mumkli.
Bobotog‘ning shimoliy qismini sharqiy yonbag‘ri Qofirnihon daryosi orasida allyuvial prolyuvial tuproqlar joylashib, ko‘proq gipsli jinslardan tashkil topgap. Shu gababli tekislik karstsuffozion jarayonga duchor bo‘lib, o‘pqonlar, o‘ralar, jarlar tez-tez uchrab turadi. Okrug tog‘li o‘lka bo‘lishiga qaramay, qishi iliq, yozi juda issiq bo‘ladi. Buning asosiy sababi o‘lkaning janubida joylashganligi va shimoldan, sharqdan kagga katta tog‘lar bilan o‘ralganligidir. SHu sababli okrugda yilning hamma oylarining o‘rtacha harorati 0°S dan yuqori bo‘ladn. Faqat Zarkosa cho‘qqisi atrofida yanvar-fevral oylarining o‘rtacha harorati 190S dan past. Okrugning quyi qismida yanvarning o‘rtacha harorati +2°S bo‘lsa, baland qismlarida +1°S ga yaqin bo‘ladi. Lekin eng past harorat ba’zan —25°S ga tushadi. yez oilari esa juda issiq va quruq, iyulning o‘rtacha harorati 20°—28°S bo‘ladi.
Vegetasiya davridagi haroratning yig‘indisi L.N. Babushkin ma’lumotiga ko‘ra okrugning 500 m. gacha bo‘lgan balaidliklarida 5200° ni tashkil etsa, 650 m. balandliklarda 4700—5000°, 900 m. balandlikda 4000—4700°, 1100 m. balandliklarda esa 4200—4400° ga tushib qoladi. Harorati +10° dan yuqori bo‘lgan davr tog‘ning quyi qismida 235—240 kun atrofida bo‘lsa 1200 m. dan balandliklarda 220 kunga tushib qoladi.
Yog‘in okrugda hudud va yil fasllari bo‘ylab notekis taqsimlangan. Okrugning uncha baland bo‘lmagan janubiy qismida yog‘in kam 250—300 mm, baland yerlarida 500 mm ga yetadi. Yoz juda qurg‘okchil keladi. Okrugda doimiy oqar daryolar yo‘q. Asosiy soylari Fayzova, Xo‘jagulsum, Arg‘amchi hisoblanib, bahorgi namgarchilik vaqtida suvlar ko‘payib, yozda kamayib yoki butunlay qurib qoladi. Okrugning lyossli jinslardan iborat bo‘lgan (600 m balandlikkacha) past yerlarida och bo‘z tuproqlar ko‘p, lyoss qavati okrugda shifobaxsh iqlim boyliklari, suv, mevali va dorivor o‘simliklar mavjud. Turkiston — Nurota okrugi Turkiston va Nurota kabi tabiiy-geografik rayonlarga bo‘linadi.
I. Turkiston tabiiy-geografik rayoni o‘z ichiga Turkiston, Molguzar tizmalarini va Sangzor vodiysini olib, shimolda Toshkent-Mirzacho‘l okrugi bilan, sharqda va janubda Tojikiston bilan, g‘arbda esa Sangzor vodiysi orqali Nurota rayoni bilan chegaralanadi.
Relefi bir xil emas. Uning janubida mutlaq balandligi 3400 m. ga yetuvchi Turkiston tog‘i va uning g‘arbiy davomi hisoblangan Chumqortog‘ va Qizilqanar tog‘lari joylashgan, rayonning shimolida esa Molguzar tog‘lari joylashib, shimolga yotiq, janubga — Sangzor vodiysiga tik yonbag‘ir hosil qiladi. Turkiston tog‘i bilan Molguzar tog‘i orasida Savgzor vodiysi joylashib, uning yuqori qismida balandligi 3000 m ga yetadi.
Turkiston rayoni Nurota rayonidan okrugning eng baland qismlarini egallaganligi, qilshing niybatan sovuqdigi (yanvarning o‘rtacha harorati — 3—4° atrofida), yozning salqinligi (iyulning o‘rtacha harorati 22—23° atrofida), yovinning ko‘pligi (o‘rtacha yillik yog‘in mihdori 420—450 mm), qurg‘oqchilikni kuzatilmasligi (bilan farq qiladi. SHuningdek, Turkiston rayonida o‘rmonlar, xususan archazorlar katta maidonni ishg‘ol qiladi.
Rayon quyidagi landshaftlarga bo‘linadi.
Sangzor vodiysining o‘rta qismyani o‘z ichiga oluvchi qo‘ng‘ir
bosh va qorabosh o‘suvchi tipik (aoosiy) bo‘z tuproqli lyossli o‘rqirdan iborat bo‘lgan tekisliklar landshafti.
Bodomcha va bug‘doyiq o‘suvchi to‘q bo‘z va jigarrang tuproqli
Turkiston va Molguzar tog‘larining quyi yonbag‘ir landshafti.
Turkiston va Molguzar tog‘larining 1400—2800 m (tog‘ mintaqasi) balandliklarini o‘z ichiga olgan, archazorlar mavjud bo‘lgan qoramtir tog‘ o‘rmon va jigarrang tuproqli tog‘lar landshafti.
Turkiston tizmasining eng baland (yaylov mintaqasi) qism larida joylashgan alhpo‘tloqlardan iborat bo‘lgan tog‘li landshaft. Bu landshaft hududida qoyali, muzqorlar qoplagan joylar ham uchraydi.
5. Rayonning xalq xo‘jaligida o‘zlashtirilgan qismlaridagi madaniy landshaft.
II. Nurota tabiiy-geografik rayoni o‘z ichiga Qo‘ytosh-Nurota, G‘ubduntog‘, Qaroqchitog‘, Oqtog‘ va Qoratoglarni hamda ular orasidagi Nurota, Qo‘shdaryo-Qo‘ytosh, G‘allaorol botiqlarini oladi. Rayon sharqdan Turkiston rayoni bilan, shimoldan Toshkent-Mirzacho‘l okrugi bilan, janubdan O‘rta Zarafshon okrugi bilan, g‘arbdan esa Qizilqum okrugi bilan chegaralanadi.
Rayon relefi jihatidan bir xil emas. Uning shimolidan balandligi 2165 m. ga yetuvchi Nurota tizmasi, janubida esa balandligi 2000 m. ga yetuvchi Oqtog‘ va Qoratog‘lar joylashgan. Bu tog‘lar orasida yumshoq lyossimon va lyoss yotqiziqlaridan iborat bo‘lgan serjar botiqlar va baland tekisliklar mavjud. Iqlimiy xususiyatlari jihatidan Nurota rayoni okrugidagi qishi nisbatan iliqroq (yanvarning o‘rtacha harorati —2—3 atrofida), yozi issiq (iyulning o‘rtacha harorati 27—28° atrofida) va quruq (o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 200—400 mm) hudud hisoblanadi. Bu o‘z navbatida rayon tuproq o‘simlik qoplamining xususiyatiga ta’sir etib, asosan bug‘doyiq, tipchoq, kovul kabi o‘simliklar o‘sib, tipik (asosiy) to‘q va jigarrang tuproq turlari vujudga kelgan.
Rayon tarkibida quyidagi landshaftlar mavjud. Parchalangan, marzasimon tepaliklar mavjud bo‘lgan, qo‘ziquloq o‘suvchi asosiy (tipik) va to‘q bo‘z tuproqli tog‘lar orasidagi botiqlar landshafti. Bunga Qo‘shrabot—Qo‘ytosh botig‘i kiradi.
Qo‘ng‘irbosh va qorabosh o‘suvchi chaqir toshli bo‘z tuproq tarqalgan botiqlar landshafti. Bunga Nurota hamda Qoratog‘ bilanBaxiltog‘ orasida joylashgan Orasoy botig‘i kiradi. Qo‘ng‘irbosh va qorabosh o‘suvchi to‘q bo‘z tuproqli, lyossli to‘lqinsimon tekisliklar landshafti. Bunga G‘allaorol botigi kiradi. Qoziquloq, oqquvrak va shuvoq o‘suvchi tipik va to‘q bo‘z tuproqli past tog‘lar landshafti. Bunga G‘o‘bduntog‘, Qaroqchitog‘, Qoratog‘lar kiradi. Burdoyiq va typchoq o‘suvchi tipik bo‘z va jigarrang tuproqli o‘rtacha balandlikdagi toglar landshafti. Bunga Nurota, Qo‘ytosh tog‘lari kiradi. Shuvoq va kserofit butalar o‘suvchi jigarrang tuproqli tog‘lar landshafti. Bunga Nurota va Oqtog‘ning eng baland qismlari kiradi. Uzlashtirilgan hududlardagi madaniy landshaft.



Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish