Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги муқимий номидаги қЎҚон давлат педагогика институти ўзбекистон табиий географияси фани бўйича



Download 19,02 Mb.
bet23/84
Sana30.04.2022
Hajmi19,02 Mb.
#595667
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Bog'liq
Ўзбекистон мажмуа 2021

Savol va topshiriqlar
1. «O‘zbekiston atlasi» (jildi)dan foydalanib, Quyi Zarafshon okrugi geologik tuzilishi va relyefi jihatidan Qizilqum okrugidan farqlanishini tushuntirib bering.
2. Nima sababdan Quyi Zarafshon okrugida yanvarning o‘rtacha harorati Samarqand botig‘iga nisbatan pastroq, yoza esa issiq, yog‘in miqdori kam?
3. Nima sababdan Zarafshon daryo suvlari hozirgi Qorako‘l vohasiga deyarli yetib bormayapti?
4. O‘zbekiston atlasidan foydalanib, Quyi Zarafshon okrugida keng tarqalgan tuproq va o‘simlik turlarini aniqlab, nima sababdan tuproq sho‘rlashganligini, o‘simliklarning aksariyati galofitlar. turiga mansubligini tushuntirib bering.
5. Okrug hududida qanday qo‘riqxonalar, buyurtmalar va parvarishxona borligini aniqlab, yozuvsiz xaritaga tushirib, ularning barpo etilish sababini gapirib bering.
6. Buxoro Qorako‘l. rayoni qanday tabiiy xususiyatlari jihatidan Sandiqli rayonidan farq qiladi?


MAVZU:FARGONA OKRUGI
reja:

  1. Okrugning geografik o’rni, relyefi

  2. Iqlimi, ichki suvlari

  3. Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi

  4. Tabiiy geografik rayonlari

Tayanch iboralar: Geografik o‘rni, relyefi, foydali qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Farg’ona okrugi O’zbekistonning sharqida, Sirdaryoning yuqori oqimida Mug’ultog’, Qurama, Qoramozor, Chotqol, Farg’ona, Otuynoq, Oloy va Turkiston tog’lari orasida joylashgan tektonik botiqning tubidan iborat bo’lib, Faqat G’arb tomonda torgina (9-40 km) «Farg’ona» va «Xo’jand» darvozasi orqali Dalvarzin hamda Mirzacho’l tekisliklari bilan to’tashgan. Maydoni 19,2 ming km2. Botiqning maydoni uni o’rab turgan tog’larining suv ayirg’ichdan hisoblanganda 79,7 ming km2 ga teng. Okrug hududi bodomsimon shaklga ega bo’lib, markaziga tomon va sharqdan G’arbga tomon nishab. Sharqida Uchqo’rg’on qishlog’i yaqinida yer yuzasining mutlaq balandligi 500 m bo’lsa, Norin daryosi bilan qoradaryo kushilgan yerda 393 m ni, Xo’jandda 320 m ni tashkil etadi. Botiqni o’rab turgan adirlarning mutlaq balandligi 600-1200 m bo’lib, ular botiqni shimol va janub tomonlardan yoy shaklida o’rab turadi.
Farg’ona vodiysi paleozoy yerasidayoq tektonik botiq sifatida tarkib topgan. Vodiyda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bulmagan. Vodiyni o’rab turgan tog’larda quruqlikning paydo bo’lish jarayoni paleozoyda, adirlar qismida mezozoyda, vodiyning tekislik qismida antropogenda ro’y bergan. Adirlar zaminida asosan bo’r davri jinslari tarqalgan. Vodiyning markaziy qismida asosan allyuvial-prolyuvial jinslar, ko’l, botqoqlik yotqiziqlari -qum, gil, qumoq va toshlar ko’pchiliqni tashkil etadi. Farg’ona vodiysi tekislik qismi quruqlikka aylangach, atrofdagi tog’lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chikib, o’zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib tosh-shag’allardan tashkil topgan bir qancha konussimon yoyilmalarni hosil qilgan. Tekislikning chekka qismlaridagi daryolar keltirgan shag’al-toshlardan tashkil topgan yotqiziqlar vaqt utishi bilan konglomeratlarga aylangan. So’ngra bu jinslar ustini lyoss to’plagan. Shu tarzda tog’lar oldida balandliklar vujudga kelgan. Bularni doimiy va vaqtli oqar suvlar yuvib parchalagan. Natijada vodiy atrofidagi balandliklar bo’laklarga bo’linib, adirlar hosil qilgan. Farg’ona vodiysi quruqlikka aylangach, allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar shamol ta’sirida tuzib, ko’chma qumlar ham hosil bo’lgan.
Mezozoyda vodiy o’rtasida sayoz dengiz va botqoqliklar mavjud bo’lib, atrofida qalin o’rmonlar usgan. So’ngra bu o’simliklar qoldiqlaridan ko’mir qatlamlari vujudga kelgan. Paleogen davridagi suv havzalarida yashagan hayvonlar organizmlarining qoldiqlaridan neft, gaz vujudga kelgan. Shuningdek, cho’kindi jinslar bilan bog’liq holda vodiyda oltingugurt, tog’ mumi ham paydo bo’lgan. Okrugning janubida 100 dan ortiq simob va surma konlarining belgilari aniqlangan.
Farg’ona vodiysi relefi uchun xos xususiyat uning zonalligidir. Bu yerda baland tog’, tog’ oldi (adir) va markaziy tekislik zonalari mavjud. Tog’ oldi zonasi adirlar, konussimon yoyilmalar, adirorti botiq tekisliklar, qoradaryo va Sirdaryoning allyuvial qayirlari kabi qismlarga bolinadi.
Sirdaryo vodiyni 2 ta asimmetrik qismga (shimoliy va janubiy qismlarga) bo’lib turadi. Janubiy Farg’ona keng tog’ oldi tekisliklari va Sirdaryoning 3 ta terrasasidan iborat bo’lib, tekisliklar uchinchi qayir usti terrasa bilan asta-sekin to’tashib ketadi. Terrasalarning tekis yuzalarida botqoqlar, sho’rxok va qum massivlari uchraydi. Uchinchi tyerrasa 10 metrlik tik yonbag’ir orqali pastdagi (2) tyerrasa bilan qo’shilgan. Shimoliy Farg’onada ensiz tog’ oldi tekisligini Sirdaryo vodiysi kesib utgan va bu tekislik balandligi 20 m li jarlik orqali ikkinchi terrasa bilan to’tashgan.
Farg’ona okrugi iqlimi yozining quruq va davomli issiq, qishning mo’tadil, havo haroratining ancha barkaror bo’lishi bilan qishni Toshkent, Mirzacho’l vohalaridan biroz farq qiladi. Qishda tog’lardan tushib keladigan sovuq havo Farg’ona botg’ining markazida tuplanib qoladi va yanvarning o’rtacha ko’p yillik haroratining pastroq bo’lishiga (-30) olib keladi. Ba’zida qishda shimoldan va shimoliy sharqdan esayotgan sovuq havo tog’larni oshib o’tib, vodiyda havo haroratini juda pasaytirib yuboradi va yanvarda mutlaq sovuq harorat -300, -310 darajagacha pasayadi.
Okrugda bahor qisqa keladi, ob-havo, tez-tez o’zgarib turadi, yillik yog’in miqdorining 30 % dan ortoti shu faslda yog’adi. Kechki bahorgi sovuqlar o’rta hisobda biringchi aprelgacha davom etadi. Bahorda, ayniqsa uning oxirida kuchli shamollar esib, jala va do’l yog’ishi kuzatiladi.
Yozi issiq, uzoq davom etadi. Iyulning ko’p yillik o’rtacha harorati +260, +270eng yuqori harorat +40 , +42 . O’simliklarning vegetatsiya davri 235-240 kun, harorat +100 dan yuqori bo’lgan davrdagi o’rtacha haroratlar yig’ndisi 4400-48000 ni tashkil qiladi.
Kuzda okrugda havo harorati sezilarli pasayadi, bulutli kunlar tez-tez takrorlanib, yog’in-sochin ko’payadi. Kuzning ikkinchi yarmidan havo harorati keskin pasayadi va kuzgi sovuq boshlanadi.
Okrugda o’rtacha yillik yog’in miqdori 100-230 mm bo’lib, G’arbidan sharqqa tomon ortib boradi. Yillik yog’in miqdorining 10-16 % yozga, 36 % qishga, qolgan qismi bahor va kuz oylariga to’g’ri keladi. qor okrugda 30­48 kun erimay turadi.
Qo’qon shamoli oktabr oyidan mart oyigacha tez-tez qaytalanib turadi. Qishda vodiyda havoning sovub ketishi natijasida antitsiklon tarkib topadi. Garbda, Mirzacho’lda siklon turganda vodiydan G’arbga qarab 15-20 m/sek tezlikda shamol esadi. Bu shamol Bekabod shamoli deyiladi. Bahor va kuz oylarida esa Mirzacho’ldan Farg’ona vodiysiga esgan shamol tezligi 25 m/sek ga etadi. Bu shamol Qo’qon shamoli deb ataladi.
Okrugda eng katta va sersuv daryolar Norin, qoradaryo va Sirdaryodir. Norin daryosi Markaziy Tyanshan tog’laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo’shilishidan vujudga keladi. U qor va muzlarning erishidan to’yinadi. Uchqo’rg’on yonida yillik o’rtacha suv sarfi sekundiga 427 m ni tashkil etadi. qoradaryo Farg’ona va Oloy tog’laridan boshlanuvchi Tor, qorag’ulja daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi, qor va muzliklar suvlari bilan to’yinadi. qoradaryoning Baliqchi Qishlog’i yaqinida yillik o’rtacha suv sarfi 123 m3/sek ga teng. Daryolarning oqim rejimi suv omborlari qurilgandan keyin ancha o’zgardi.
Sirdaryo Norin va qoradaryoning Baliqchi qishlog’i yaqinida qo’shilishdan vujudga keladi, Uning 300 km qismi Farg’ona vodiysidan oqib o’tadi. Daryoning yillik o’rtacha oqimi Qizilqishloq yaqinida (vodiyning eng G’arbiy qismidal) 568 m /sek ni tashkil etadi. Farg’ona vodiysini o’rab turgan tog’lardan oqib tushadigan juda ko’p soy va kichik daryolar suvi sug’orishga sarflanishi tufayli Sirdaryoga etib kela olmaydi.
Farg’ona vodiysida 60 ta ko’l bo’lib, ularning umumiy maydoni 8,2 km2. SHu ko’llardan 30 tasi 2500 m mutlaq balandlikdan yuqorida joylashgan. Vodiyda suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun bir qancha suv omborlari (Qayroqqum, Uchqo’rg’on, Andijon, Karkidon va boshqalar), kanallar (Katta Farg’ona, Katta Andijon, Shimoliy Farg’ona, Katta Namangan, Janubiy Farg’ona, Oxunboboyev nomidagi kanal va boshqalar) kurilgan.
Farg’ona okrugi juda katta yer osti suvi zaxiralariga ega, ular turli tog’ jinslari orasida qatlam-qatlam bo’lib joylashgan. Yer osti suvlarining dinamik zaxirasi katta, sekundiga 257 m3 ni tashkil etadi. Okrugda 1500-3000 m chukurlikdan harorati 40-750S bo’lgan issiqsuvlar chikadi.
Farg’ona vodiysi o’rta Osiyodagi eng qadimgi obikor dehqonchilik o’lkasi bo’lib, tuprog’i, ayniqsa, uning tekislik qismida voha madaniy tuprog’iga aylangan. Tabiiy holdagi tuproqlarni Markaziy Farg’onadagi qoraqalpoq dashtida, adir mintaqasida va tog’larda uchratish mumkin. Vodiy tuproqlari balandlik mintaqalarini hosil qilib, asosan uning tekislik qismidaln suv ayirg’ichlarga tomon Quyidagi tartibda almashinib boradi: Sirdaryo qayirida va boshqa daryolar qayirlarida sur qo’ng’ir, cho’l- qumli , sho’rtob, allyuvial-o’tloq va botqoq tuproqlar; adir va adir orti tekisliklarida bo’z tuproqlar; o’rtacha balandlikdagi tog’larda jigar rang va qo’ng’ir tog’ o’rmon tuproqlari; baland o’tloq dashtlarda och tusli qo’ng’ir tuproqlar tarkib topgan.
Farg’ona vodiysining geografik o’rni, tabiati o’simlik qoplamining shakllanishiga va uning turlarga bir muncha boy bo’lishiga o’z ta’sirini kursatgan. Vodiyda balandlik o’simlik mintaqalari - cho’l, adir, tog’, yaylov kuzga yaqqol tashlanadi. Okrugning asosiy qismini egallagan cho’l mintaqasida o’simlik qoplami tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, asosan eFemyerlar uchraydi. 600-1200 m balandliklarda adir mintaqasi joylashgan. U cho’lga nisbatan o’simlikka ancha boy. Bularni 2 tipga - efemerlar va tog’ dashtlari (savannalari)ga bo’lish mumkin. Tog’ mintaqasi 1200-1300 m dan 2800 m gacha bo’lgan balandlikda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada qoratikan, na’matak, do’lana o’suvchi butazor, archazor va bargini tukadigan tog’ o’rmonlari mavjud. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan doimiy qorlik va muzliklargacha bo’lgan oralikda bo’lib, uning Quyi qismini subalp, yuqori qismini alp o’tloqlari egallagan.
Farg’ona okrugining hayvonot dunyosi o’simliklari kabi kuchli o’zgartirilgan. Bu yerda yovvoyi xayvonlardan kuyon, tulki, buri, to’ng’iz, bo’rsik va kemiruvchilarning bir necha turi uchraydi.
Farg’ona okrugining geografik o’rni, vodiyda xalk xo’jaligi tarmoqlarining muayyan hududlarda joylashishi, demografik vaziyat ekologik sharoitning murakkablashuviga sabab bulmoqda.
Okrugda atmosfera havosining chikindi gazlar bilan ifloslanishi va uni muxoFaza qilish masalasi dolzarb bo’lib turibdi. Yirik sanoat qorxonalari-«Azot» birlashmasi, «O’zDEU», «Kuvasoysement», «Kvars», neftni qayta ishlash qorxonalari, ko’plab paxta tozalash, gidroliz, yog’-ekstrakt zavodlari atmosferaga minglab tonna zaharli chikindilarni chikarib, uning tarkibiga va sifatiga salbiy ta’sir kursatmoqda. Atmosfyera havosini ifloslanishida qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan zaharli ximikatlarning, avto-ulovlardan chikayotgan gazlarning ulushi ham katta bo’lmoqda. Okrug shaharlarida, ayniqsa sanoatlashgan yirik shaharlarda atmosfyera havosida chang, simob, kadmiy, oltingugurt oksidi, ammiaklarning meyori yo’l Quyish mumkin bo’lgan normaga nisbatan ortib bormoqda.
Okrugning radioaktiv ifloslanishi xavfi hamon saqlanib kolmoqda. Bu xavfning asosiy manbai Moylisoy daryosi yaqinida qumilgan radioaktiv qoldiqlardir.
Farg’ona okrugida yer zaxiralarining cheklanganligi va tuproqlar sifatining pasayib borishi hamon saqlanib kolmoqda. Daryo, kanal, suv omborlari va yer osti suvlari har tomonlama inson ta’siriga uchrab, zaxirasi kamayib (ayniqsa ichimlik suvning), ularning sho’rlanishi va ifloslanishi ortib bormoqda.
Okrug hududida tabiiy geografik sharoitining har xilligi asosida 6 ta tabiiy geografik rayon ajratilgan. Bular Garbiy Oloy, Markaziy tekislik, Govasoy, Chotqol, Farg’ona va Sharqiy Oloy rayonlaridir.

Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish