Олий таълим йўналишлари ва мутахассисликларининг давлат таълим стандартлари асосида фанлар бўйича ўқув дастурларини ишлаб чиқиш ва татбиқ этиш Тартибига



Download 11,57 Mb.
bet10/51
Sana30.12.2021
Hajmi11,57 Mb.
#89416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
Boshqarish tizimlari ma`ruzalar matni

NAZORAT SAVOLLARI:

1. O'zgartgich deb nimaga aytiladi?

2. Parametrik o'zgartgich nima?

3. Parametrik o'zgartgichlarning turlarini ayting.

4. Chiziqli va burchakli ko'chishning o'lchash o'zgartgichlari klassifikatsiyasini ayting.

5. Potensiometrik o'zgartgich nima uchun qo'llaniladi?

6. Sig'imli o'zgartgichlarning ishlashi nimaga asoslangan?

7. Induktiv o'zgartgich yordamida nima o'zgaradi?

8. Tenzometrik o'zgartgichlar nima maqsadda ishlatiladi?
5-Maruza. Generatorli datchiklar.

Reja:


  1. Induksion datchiklarl

  2. Taxogeneratorlar

  3. Fotoelektrik datchiklar

Induksion uzgartgichlar chizikli va burchakli siljishlar tezligini ulchash uchun ishlatiladi. Bu uzgartgichlar turkumiga selsin'lar va taxogeneratorlar kiradi. Ikki va undan ortik bir-biri bilan mexanik boglanmagan vallarni burchakli xarakatini distansion uzatish sxemalarida sel'sinlar keng kullaniladi. Avtomatlashtirish sxemalarida kupincha bir fazali sel'sinlar ishlatitladi. Ular konstruktiv uzgaruvchan tokli elektrik mashinalar kabi tayyorlanib, ikkita

chulgamdan iborat. Ulardan biri kuzgatuvchi chulgam deb ataluvchi statorda joylashgan bir fazali, ikkinchisi esa sel'sinning silindrik rotorida joylashgan sinxronlash chulgami deb ataluvchi uch fazali simmetrikdir. Sel'sinlar indikatorli va transformatorli rejimda ishlaydi.


11-rasm. Indikatorli rejimda ishlaydigan bir fazali sel'sinning ulash sxemasi.

12-rasm. Transformatorli rejimda ishlaydigan bir fazali sel'sinning ulash sxemasi.
12- rasmda indikator rejimda ishlaydigan bir fazali sel'sinning ulash sxemasi keltirilgan. Bu sxema ikki konstruktiv bir xil va bir - biri bilan elektrik bog'langan SD - sel'sin datchik va SP - sel'sin qabul qiluvchidan iborat. Sel'sin

datchik noelektrik kattalikni (burchakli harakatni) elektrik (kuchlanish yoki tok) katalikka, sel'sin qabul qiluvchi esa elektrik signalni burchakli harakatga aylantirib beradi yoki burchak yo'nalishiga mos elektrik signal ishlab chiqaradi.

Sel'sin datchik va sel'sin qabul qiluvchilarning qo'zg'atish cho'lg'ami OV bitta o'zgaruvchan tokli kuchlanish manbaidan ozuqa oladi. 3 fazali sinxronlash cho'lg'amlari esa bir - biriga qarama - qarshi ulanadi. Datchik va qabul qiluvchining qo'zg'atish cho'lg'amida OV oqayotgan o'zgaruvchi tok ulardagi FD va FP magnit oqimlarini o'zgartiradi va natijada sinxronlash cho'lg'amlarida elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi. Agar datchik va qabul qiluvchi rotorlari bir xil burchakka burilgan bo'lsa, sinxronlash cho'lg'amlarida qiymat jihatdan bir xil va qarama - qarshi yo'nalgan elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi. Demak ulanadigan o'tkazgichlarda tok bo'lmaydi. Agar sel'sin datchik rotorining qandaydir burchak ostida bursak va shu holatda ushlab tursak, elektr yurituvchi kuch tengligi buzilib, sinxronlash cho'lg'amlarida tok hosil bo'ladi.

Hosil bo'lgan toklar qo'zg'aluvchi cho'lg'amlar FD va FP magnit oqimlari bilan o'zaro ta'sirlanib, bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan sel'sin elektromagnit momentlari hosil bo'ladi. Sel'sin datchik rotori to'xtagan va sel'sin qabul qiluvchi rotori erkin holda turganda, aylanuvchi moment Mp ta'sirida sel'sin - qabul qiluvchi rotori sel'sin-datchik rotori burilishiga teng burchakka buriladi. Haqiqatda qabul qiluvchi rotori datchik rotori holatini to'liq egallay olmaydi. Doimo ishqalanish kuchi ta'sirida, sel'sinlar konstruktiv tayyorlanishi natijasida paydo bo'ladigan datchik rotori va qabul qiluvchi rotorlari burilishlari o'rtasida burchak farqi bo'ladi.

Bu yerda qabul qiluvchi sel'sin bir fazali cho'lg'ami o'zgaruvchan tok manbaiga ulanmasdan, kuchaytirgich uning kirishiga ulanadi va chiqish cho'lg'ami deb ataladi. Uning uch fazali sinxronlash cho'lg'ami qo'zg'atish cho'lg'ami vazifasini bajaradi va sel'sin datchik SD ning uch fazali sinxronlash cho'lg'ami bilan bog'langan sel'sin rotorlari o'rtasidagi burchak farqi hosil bo'lganda qabul qiluvchi sel'sinning chiqish cho'lg'amlarida Uchiq kuchlanish hosil bo'ladi, kuchaytirgich U da kuchaytirilib ijro etuvchi dvigatelning boshqarish cho'lg'amiga beriladi. Ijro etuvchi dvigatel' qabul qiluvchi sel'sin rotorining sel'sin rotorlari o'rtasidagi burchak farqi nolga teng bo'lgunga qadar aylantiriladi.


Download 11,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish