Qarshilik termometrlarining texnik tavsiflari.
Turi
|
Aniqlik toifasi
|
Temperaturani o’lchash chegarasi, 0C
|
Darajasi (graduirovka)
|
0C dagi boshlang’ich qarshiligi, Om
|
PT platinali
|
I
|
0….650
- 200….0
|
Gr 20
Gr 21
Gr 22
|
10
46
100
|
misli
|
II
|
- 50….180
|
Gr 23
Gr 24
|
53
100
|
6651-84 DS ga ko'ra termometrlarning chiqish signali standart hisoblanib, temperaturaning har bir qiymatiga qarshilikning belgilangan qiymati to'g'ri keladi.
YARIM O'TKAZGICHLI TERMOSEZGICHLAR
Yarim o'tkazgichli termometrik qarshiliklar yoki termistorlarning termik koeffitsiyenti toza metallarnikiga nisbatan 8-10 marta yuqori bo'lganligi uchun, temperaturani avtomatik boshqarish sistemalarida keng qo'llaniladi. Bundan tashqari, ularning boshlang'ich qarshiligi katta va geometrik o'lchamlari juda kichik bo'ladi. Boshlang'ich qarshilikning katta bo'lishi esa, tashqi zanjirlardagi qarshilikning issiqlikdan o'zgarishini hisobga olmaslik imkonini beradi.
Qanday materialdan tayyorlanganiga qarab, termistorlar mis marganesli (MMT) va kobalt marganesli (KMT) turlarga bo'linadi.
MMT-1 (KMT-1) termistorlarining tuzilishi 33-rasmda keltirilgan.
a) b)
5 – rasm. Yarim o’tkazgichli qarshilik termometrlari. a-mis marganesli MME-1; b- mis marganesli MME-4.
Oxirida kontakt qiluvchi qalpoqchalar 2 bo'lgan tashqi tomonidan emal bo'yoq bilan bo'yalgan yarim o'tkazgichli silindr 1 ga chiqish simlari kavsharlangan. Termistorlarning diametri 2 mm, uzunligi 12 mm va inersionligi 85 sekundni tashkil qiladi. Termistorlarning bu turlari namlik o'rtacha (normal) bo'lgan hollarda qo'llaniladi. MMT-4 (KMT-4) turidagi termistorlar ham silindr 3 shaklida tayyorlangan bo'lib, uning oxirida chiqish simlari 6 ulangan qalpoqcha 1 joylashgan. Yarim o'tkazgichli silindr metall folga 2 bilan o'ralgan bo'lib, himoyalovchi metall g'ilof 4 ichiga joylashgan. Tepa qismida esa shishali izolyator 5 mavjud. Termistorlarning bu turi yuqori namlikli sharoitlarda va suyuqliklarda qo'llaniladi. Ularning diametri 4 mm, uzunligi esa 20 mm bo'ladi.
Temperaturani o'lchashdagi xatolikning kichikligi, o'lchashni ma'lum masofaga uzatish va markazlashtirish imkoniyatining borligi va boshqalar qarshilikli termoo'zgartgichlarning afzalligini ko'rsatadi. Ularga qo'shimcha tok manbayining talab etilishi, sezgir elementning ma'lum miqdorda uzunligi, zaharli moddalar ta'sirida yemirilishi qarshilikli termoo'zgartgichlarning kamchiligi hisoblanadi.
Qarshilik termoo'zgartgichlari bilan birgalikda ishlaydigan ikkilamchi asbob sifatida muvozanat va nomuvozanat ko'priklari hamda logometrlar ishlatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Parametrik datchiklarning turlarini ayting
Reostatli datchiklarning ishlash prinsipi
Termorezistorlar qaysi parametrni o’lchaydi?
Yarim o’tkazgichli temistorlarning ishlash prinsipini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |