M.I.Zemsova va L.I.Solnseva (1964) ishlarida 60,9%, A.I. Kaplan
tadqiqotlarida (1979) 75%, L.I. Kirillova ishlarida (1991) 91,3% va
A.V. Xvatsova ishlarida (1995) 92% zaif ko'ruvchi va 88% ko'zi ojiz-
larda kuzatiladi. I.L. Ferfilfaynda esa 84,2%.
Irsiy omillardan tashqari, ko'zi ojiz va qisman ko'ruvchi bo
lalarda homilaning embrional rivojlanish davrida ta ’sir etadigan
tashqi va ichki salbiy omillar natijasida ko'rish a’zosining rivojlanish
anomaliyalari mavjud. Bu — homiladorlikning patologik kechishi,
ona boshidan kechirgan virusli kasalliklar, toksoplazmoz, qizilcha
va boshqalar.
Shunday qilib, amalda ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning
psixik rivojlanishini belgilaydigan anomal omillar biologik omil
lar tushunchasiga kiradi va ijtimoiylari bilan birga zaif ko'ruvchi va
ko'zi ojiz bolalar rivojlanishining borishini belgilaydi.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlari
bilan bog'liq tadqiqotlar o'tgan asrning 80—90-yillaridagi rus defek-
tologiyasi asoschilari L.S.
Vigotskiy, A.R. Luriya, M.M.Zemsova,
A.G.Litvak, A.I. Zotov nazariyasiga tayanadi va korreksion ta’lim
va tarbiya jarayonida bu toifadagi bolalarni kompensator rivojlan-
tirishga yo'naltirilgan. Bugungi kun tiflopsixologiyasining asosiy
muammosi (L.I.Solnseva, A.G.Litvak, I.S.Morgulis) rivojlana-
yotgan, psixik jarayonlar va shaxsning qirralari shakllanishida
ko'rishning chuqur buzilishi natijasida yuzaga keladigan og'ishlarni
bartaraf etishga qodir bo'lgan insonning potensial imkoniyatlari
ni o'rganish sanaladi. Zamonaviy tiflopsixologlar nuqtayi naza-
rining o'ziga xosligi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning psixik
rivojlanishini anomal organizm (inson ayiruv ko'rish, ya’ni zarar,
zararli, pasaygan) emas, balki faol rivojlanayotgan, sensorikaning
bevosita nuqsonlarini kompleks vositalangan bilish faoliyati bilan
to'ldiradigan shaxsning rivojlanishi sifatida tushunadi. Ko'rishda
chuqur nuqsoni bo'lgan bolalarning kompensator rivojlanishining
o'ziga xosligi psixik jarayonlar va sifatlar ansamblida ko'zi ojizlik va
zaif ko'ruvchilikni kompensatsiyalashni ta ’minlaydigan yangi alo-
qalarning hosil bo'lishida o'z ifodasini topadi.
Ko'rish analizatori faoliyatining zararlanishi chuqurligi va
xarakteri sensor tizim rivojlanishiga ta ’sir o'tkazadi, atrof-olamni
197
tushunchalar, nutqning shakllanish jarayonida, fikrlash faoliyatida
obrazlilik va tushunchaviylik nisbatida, makonda oriyentirlanish va
sh.k. larda o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga keladi. Jismoniy rivoj'
lanishda — harakatlar aniqligi, intensivligida jiddiy o‘zgarishlar
bo‘ladi, yurish va boshqa harakat aktlari o'ziga xos ko'rinish kasb
etadi. Demak, bolada o'zining, juda o'ziga xos, birlamchi nuqson
tufayli rivojlanishning turli darajalarida bo'lgan jarayonlarni, shu
ningdek, rivojlanishning yangi kompensator yo'llari asosida uni
korreksiyalashni o'z ichiga olgani bois normal rivojlanayotgan bo
laning biror tizimiga struktura jihatidan o'xshamaydigan o'ziga xos
psixologik tizimi shakllanadi. Bundan ko'rinadiki, ko'rishda nuqso
ni bo'lgan bolalarda funksiyalararo aloqalar ham boshqacha, o'ziga
xos amalga oshadi. Shu sababli psixologik tizimning shakllanishi va
rivojlanishi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan
korreksion ishlar va kompensator jarayonlar tizimini shakllantirish
bilan bevosita bog'liq.
I.M.Sechenovning ta ’kidlashicha: inson ko'zi 8 xil toifadagi ma-
teriyaning mavjud shakllarini ajrata olar ekan. Bularga: rang, shakl,
kattalik, uzoqlik, yo'nalish, tana, tinchlik va harakat kiradi.
S.L.Rubinshteynning ta ’kidlashicha, «Ko'rish predmetlarni to'la
idrok etishga imkon beradi»1. Ta’kidlab o'tish joizki, insonning
atrof-muhitni bilishida asosiy analizator ham ko'zdir.
Ko‘rish o‘tkirligi
Ko'rlar yoki total ko'rlarga hech qanday yorug'likni sezmaydigan-
lar 0,04 gacha kiradi (salgina yorug'likni sezuvchilar). Shuningdek,
qisman ko'rlar yoki porsial ko'rlar (yorug'lik va qorong'ulikni farq-
lovchilar). Shaklni farqlovchilarning ko'rish o'tkirligi 0,005 dan
0,04 gacha farqlanadi. Ko'rish maydonining torayishi ham ko'rlik
yoki zaif ko'rishga olib kelishi mumkin.
Tiflopsixologiya fani ko'rish nuqsonli bolalarni faqat o'rganish
bilan emas, balki bilish sohasida, ruhiy-hissiy iroda, psixosen-
sor sohasidagi har xil kamchiliklarni korreksiyalash, to'g'rilash
yo'nalishlarini ham belgilab berishi va amalga oshirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: