Tiflopsixologiya fanining vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi va soglom bolalar psixik rivojlanishini
taqqoslab o‘rganish.
2. Har xil darajadagi ko'ruv nuqsonida psixik rivojlanishning
bosqichlarini o‘rganish.
3. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslardagi psixik jarayonlar, indi
vidual xususiyatlarning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish. >
4. Ko‘rish nuqsoni mavjud bolalarning psixologik, ijtimoiy,
pedagogik korreksiyasini aniqlash.
5. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning har xil muhitga moslashi-
shi, ular bilan olib boriladigan abilitatsion va reabilitatsion ishlar
yo'nalishi aniqlanadi.
200
Tiflopsixologiyasining obyekti ko'zi ojiz, zaif ko‘ruvchi shaxslar
sanaladi.