Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

insonning atrofni
  qabul  qilish  faoliyatida qator nuqsonlar,  qiyinchi- 
liklarni keltirib chiqaradi.  Bu nuqsonlar asosida inson faolligi keskin 
pasayadi.  Bu  faollik  N.A. Bernshteynning  ta ’kidlashicha,  biologik 
mohiyat kasb etib,  shaxsning muhitga moslashishini qiyinlashtiradi. 
Shaxs  faolligining  dastlabki  ko‘rinishlari  ontogenetik  taraqqiyotida 
yuz berib  qator shartsiz  reflekslar tarzida  namoyon bo'ladi.  Bularga 
misol  qilib  surish  reflekslarini ko‘rsatish  mumkin.  Ko'rish  nuqsoni, 
ayniqsa  mo'ljallash,  qidirish  faoliyatlariga  kuchli  salbiy  ta’sir  etadi. 
Bolalardagi  «bu  nima  ekan»  refleksi  shaxs  rivojida  alohida  aham i­
yatga ega.  Shaxs faolligining rivojida nafaqat xohishlarni qondirish- 
ga bo'lgan  ehtiyojlar,  balki  individni  o‘rab  turgan  muhit,  ular ta’siri 
ham  alohida  ahamiyatga  ega.  Ko‘rish  nuqsoni  bo'lgan  bolalarning 
atrof-muhitda  kam  harakat  qilishi,  siljishining  chegaralanganligi 
ham  ular ruhiyatining  rivojiga salbiy ta ’sir etmasdan  qolmaydi.
Ko‘zi  ojiz  bolalar  faolligining  sustligi,  kamligi  ayniqsa 
bog‘chagacha  va  bog'cha  davrlarida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi. 
L.I.Solnsevaning  ta’kidlashicha,  normal  bolaga  nisbatan  ko‘r  bola 
rivoji  umumiy  orqada  qolish  bilan  farqlanadi.  Sekinlashgan  umu­
miy  rivojlanish  dastlab  ulardagi  ko‘rish  tasavvurlarining  kamligi 
va  zaifligi  bilan  bog'liqdir.  Ayniqsa,  atrof-muhitni bilishga bo‘lgan 
faollikning  kamligidir.  Boshlang‘ich  sinfdagi  bolalarda  ham  faol- 
likning  pasayganligini  ko‘rish  mumkin.  Ko'r  bolalar  faoliyati­
ni  ta ’kidlar  ekan  В.I. Kovalenko  va  N.B. Kovalenkolar  ko'rlik  va 
uning asoratlari faollikni pasaytiradi,  egallangan bilimlarni  amalda 
qo‘llay  olishga  to'sqinlik  qiladi.  Bu  kamchiliklar  ayniqsa  tug‘ma 
ko'rlarda, ilk yoshda ko‘r bo‘lganlarda, hamda qisman ko‘rmaydigan 
bolalarda  uchraydi,  deb  ko'rsatadilar.  Ushbu  ko‘rsatib  o'tilgan 
kamchiliklarga  qaramasdan  muntazam  olib  borilgan ta ’lim-tarbiya 
natijasida  bu  bolalarda  sezilarli  rivojlanishni  ta’minlash  mumkin. 
Ko'r  bolalarda  faollikning  sustligini  ular  xulqida  ko'rish  mumkin. 
Yuqoridagi m ualliflarningta’kidlashlaricha — «Ko'r bolalar sezgilar 
va  idrok  qilishda  haddan  tashqari  chegaralangandir.  Ular juda  faol 
emas  va  kam  harakatdir.  Ko'rish  sezgilarining  kamligi  natijasida 
ushlash  harakatlari  juda  kamdir.  Bola  intilmaydi,  qo'l  uzatmaydi, 
sudralmaydi,  tik turmaydi,  qo'llari  bilan  biror narsani  ushlamaydi.
208


Bog‘chagacha  va  bog‘cha  yoshlarida  sudralib  yurishlari  bir  necha 
yilga  orqaga  suriladi.  Ba’zan  boshlarini  ehtiyot  qilish  uchun  oyoq- 
lari  bilan  oldinga  sudraladilar.  Tik  turish  va  yurishlari  2—3  yilga 
orqaga  suriladi.  Muloqotga  bo‘lgan  ehtiyojining  yetarii  emasligi 
oqibatida  ular nutqining  rivojlanishi  3—4  yilga  kechikadi»1.
Shu  kabi  kamchiliklar rivojlanish  nuqsonlari,  zaif ko'ruvchi  bo­
lalarda  ham uchraydi.  M oljal  ola bilish refleksining salbiy natijalari 
o‘z  navbatida  atrofni  sezishga  boigan  intilishning  shakllanishiga 
to‘sqinlik qiladi.  «Idrok qilishga xohish»  pasayadi.  Buning oqibatida 
tabiiy  ravishda  atrofni  bilish  ham  pasayadi.
Shunday  qilib,  faollikning  pasayishi,  bilishga  boigan  inti- 
lishlarning  rivojlanmasligi  natijasida  bilish  faoliyati  ham  bir  bu­
tunligicha,  toiaq o n li  rivojlanmaydi.  Bularga  qaramasdan  qator 
ilmiy-tadqiqotlarning  ko'rsatishicha  yuqoridagi  ta ’kidlab  o lilg an  
kam chiliklarning  ko'pchiligini  ta ’lim-tarbiya  natijasida  bartaraf 
etish  m um kin  ekan.  Saqlangan,  zararlanmagan  analizatorlar 
ishini  faollashtirish  evaziga  qator  yutuqlarga  erishish  m um kin- 
ligini  ko‘rish  mumkin.  Ammo,  nuqsonli  bola  aqliy  rivoji  o‘ziga 
xos  xususiyatlar  bilan  amalga  oshadi.  Shuni  ta ’kidlab  o‘tm oq 
lozimki,  qator  ruhiy  jarayonlar,  holatlar  (sezgilar,  idrok,  tasav­
vur)  nuqson  chuqurligi  bilan  bevosita  bogliq  b o lsa,  ayrim  ruhiy 
jarayonlar  (yoruglikni  sezish,  idrok  tezligi)  nuqson  mazm uni- 
ga,  mohiyatiga  bog liq   bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  ayrim  ruhiy  ja ­
rayonlar  (tafakkur)  boshqa  ruhiy  jarayonlar  holati  bilan  bevosita 
bog liq   holda  rivojlanadi.  Bularga  qaramasdan  ruhiyatning  shun­
day  tarkibiy  qismlari  borki  (dunyoqarash,  ishonch,  temperament, 
xarakter),  ular  na  nuqson  chuqurligi  bilan,  na  nuqson  mazmuni 
bilan  bo g liq   bolm aydi.  Shular  bilan  yana  shuni  ta ’kidlab  o‘tm oq 
joizki,  bola  ruhiyatining  rivoji  nafaqat  ko'Tish  sezgilarining  nuq- 
sonlaridan,  balki  uning  kechish,  dinamikasi  bilan  ham  uzviy 
bogliqdir.  Boshqacha  aytadigan  bolsak,  ko‘rish  nuqsonlari  aqliy 
taraqqiyotni  sekinlashtiradi.  Ammo,  o‘z  vaqtidagi  adekvat,  o‘ziga 
mos ta ’lim-tarbiya,  korreksiyalash ishlari orqali  ruhiy rivojlanishni 
boshqarib  borish  mumkin.  Hatto  total  kolrlarda  ham  atrof-muhit

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish