Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Tiflopsixologiyaning boshqa  fanlar bilan  aloqasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Tiflopsixologiyaning boshqa  fanlar bilan  aloqasi
Tiflopsixologiya  umumiy  psixologiya,  yosh  va  pedagogik-psi- 
xologiya, tiflotexnika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog'langan 
bo‘lib,  tiflopsixolog  o'zining  amaliy  va  nazariy  ish  jarayonida 
yuqoridagi  fanlarga  tayanishi  bilan  birga  yangi  yuzaga  kelayotgan 
soha  — amaliy  psixologiyaning yutuqlaridan  ham  foydalanadi.
Hamma  ta ’lim  va  tarbiya  muassasalarida  bo‘lgani  kabi,  ko‘r 
va  zaif  ko‘ruvchilar  maktab-internatlarida  ham  amaliy  psixolog 
bo'lishi  shart.  Maxsus  maktabdagi  amaliy  psixologning  ish  vazifasi 
umumta’lim  maktabidagidan  farq  qilmaydi.  Ammo,  maxsus  mak­
tabdagi  psixologning  eng  asosiy vazifasi:
—  nogiron 
bolalarning 
maktabga 
tayyorgarlik 
darajasini 
aniqlash;
—  maktabda  ko‘r va  zaif ko'ruvchi  o'quvchilarning bilim,  hissiy- 
iroda  sohasidagi  va  boshqa  kamchiliklariga  psixologik  tashxis 
qo‘yish;
—  maxsus  maktabda  psixolog,  madaniy-oqartuv  ishlarini  olib 
borish;
—  maxsus  maktab  o‘quvchilarining  psixologik,  ijtimoiy,  peda­
gogik  sohadagi  aniqlangan  kam chiliklarini  korreksiyalash  tadbir 
va  vositalarini  belgilaydi  va  maktab  jam oasi  bilan  amalga  oshi- 
radi;
—  nuqsonli o'quvchilarning o‘quv jarayonida ruhiy va asab kam- 
chiliklarining paydo bo‘lishi va kuchayishini o‘z vaqtida aniqlash va 
oldini  olishning  chorasini  ko'radi.
Tiflopsixologik  tadqiqotlarning  metodologik  asosini  determi­
ni zm,  ong va faoliyatning birligi,  ruhiyatning faoliyat da  rivojlanishi 
tashkil  etadi.
Ta’kidlab  o‘tish  joizki,  tiflopsixologiya  fani  fan  sifatida  shakl- 
lanishida turli  qarashlar,  fikrlar,  g‘oyalar mavjud  bo'lgan.
I.P. Pavlov  bir  necha  bor  ta’kidlagan  «Ko'rlik  va  boshqa  nuq- 
sonlarni  o'rganish  asosida  nafaqat  nuqsonli  ruhiyatga  chuqurroq 
kirib  borishga,  balki  me’yoriy  ruhiyat  holatlarini  ham   chuqurroq
201


tushunishimizga  imkon  beradi».  Tiflopsixologiyaning  taraqqiyoti- 
da  LS. Vigotskiyning  nuqsonli  bola  rivojida  «Madaniy  va  biologik» 
omillarning buzilishi,  chetga  chiqishi  haqidagi fikrlari muhim  o‘rin 
egallaydi.
Shu  bois,  qator  metodlar  umumiy  psixologiyadan  olinadi. 
Me’yoridan  nuqsonga  qarab va nuqsondan  me’yorga  qarab tadqiqot 
ishlarini  olib  borish  ishlarini  V.M.Bexterev  samarali  usul  sifatida 
tan  olgan  edi.  Maxsus  psixologiyada A.A. Krogius,  G.I.Troshin  to ­
monidan  nisbiy  o‘rganish  keng  qo‘llanilgan  edi.  Nisbiy  tadqiqotga 
L.S. Vigotskiy ham alohida  e’tibor bilan  qaragan  edi.
Tiflopsixologiya  fani  umumpsixologiya  fanining  determinizm, 
ong  va  faoliyat  birligi,  psixikaning  faoliyat  jarayonida  rivojlanishi 
kabi  metodologik prinsiplariga amal  qiladi.  Inson ruhiy olami bilan 
bog'liq  har  qanday  ilmiy-tadqiqot,  tekshirishlarining  metodologik 
asosini  uchta  yo‘nalish belgilaydi.
Birinchidan,  ko‘rish nuqsoni mavjud bolaning har xil yosh bos­
qichlarida  yuz  beradigan  o‘zgarishlarni  va  ruhiy  rivojlanish  qo- 
nuniyatlarini  sog‘lom  bolalar  bilan  taqqoslab  tekshirish.  Defek- 
tologiya  fani  asoschilaridan  L.S. Vigotskiy  sog‘lom  va  nuqsonli 
bolalar ruhiy rivojlanishini taqqoslab tekshirishga katta e’tibor ber­
di.  «Nuqsonli  rivojlanishga  to‘g‘ri  ta’sir  va  tasnif berish  mumkin, 
qachonki  normal  rivojlanish  bilan  uni  taqqoslab  o'rganilganda», 
degan  edi  olim.
lkkinchidan,  ruhiy rivojlanishni  faqat faoliyat jarayonida har to- 
monlama  va  chuqur  o‘rganish  mumkin.  Ilmiy  tadqiqot  ishlarida 
o‘rganilayotgan  obyektni  (nuqsonli  bolani)  qaysi  faoliyat jarayonida 
tekshirishni  aniqlab  olishning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati  niho- 
yatda  katta.
Uchinchidan,  o‘tkazish  rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot qat’iy 
tizim asosida: tadqiqotning bosqichlari,  metodlari,  shart-sharoitlari, 
qatnashchilarini  aniqlash  va belgilash bilan  olib boriladi.
Tiflopsixologiya  fani  umumiy  psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya, 
yosh  va  pedagogik  psixologiya  va  boshqa  fanlarning  metodlaridan 
foydalanish  bilan  birga,  maxsus  psixologiyada  va  tiflopsixologiya 
fanida yaratilgan maxsus tadqiqot uslub va usullaridan ham foydala- 
niladi.  Ilm,  fan-texnikaning  yutuqlari  ko‘r va  zaif ko‘ruvchilarning
202


sezgi,  idrok,  tasavvur  va  boshqa  ruhiy jarayonlarini  tekshirish  so- 
hasida  yangi,  maxsus  metodikalar,  texnik  vositalar  yaratishga  im- 
kon  bermoqda.  Shunday  aniq  o'lchash  texnik  vositalariga  elektron 
taxistoskop, anamaloskop, proyeksiyali perimetr, elektroensefalograf 
va  boshqalar  kiradi.  Shular tufayli  bizning  bu  toifa  bolalar  ruhiyati 
haqidagi  bilimlarimiz  to‘la  va  aniq  bo‘lishi  mumkin.  Ilmiy  tadqi- 
qotning  asosiy  shartlaridan  biri:  ko'r  va  zaif  ko'ruvchi  bola  o‘sib, 
tarbiyalangan  ijtimoiy  muhit  bilan  har  tomonlama  tanishish  tad- 
qiqotchiga  ko'p  narsa  beradi.  Nuqsonli  bolaning  qanday  sharoitda 
tarbiyalanayotgani,  ota-ona  va  boshqalarning  bolaga  munosabati, 
oiladagi intellektual,  madaniy va ma’naviy muhit bola ruhiy rivojla- 
nishida  hal  qiluvchi  omillaridan  hisoblanadi.  Shu  bilan  birgalikda 
bolaning  oila  a’zolariga,  sinfdoshlariga,  pedagoglarga  munosabat- 
larini  aniqlash  zarur.  Ikkinchi  shart:  tadqiqotchi  nuqsonli  bolani 
o'rganishni  rejalashtirishdan  oldin  o'zi  uchun  quyidagi  savollarga 
javob berishi  shart:
1.  Nuqsonli bola  ruhiyatining  qaysi  sohasini  o'rganish  lozim?
2.  Ruhiyatning  bu  sohasini  o'rganishdan  maqsad  nima,  ya’ni 
nim ani  aniqlamoqchiman?
3.  Nuqsonli  bola  ruhiyatini  va  ayni  ruhiyatning  men  tanlagan 
sohasini  qaysi  uslub  bilan  o'rganish  eng  qulay?
4.  Uni  o'tkazish  tartibi  va  qoidalarini  bilamanmi?
5.  Rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqotni  qayerda  (sinfda,  alohida 
xonada,  mehnat yoki o'yin jarayonida),  qaysi vaqtda,  qaysi sharoitda 
va  qanday  holatda  o'tkazaman?
Uchinchi  shart:  nuqsonli  bola  bilan  olib boriladigan  so'rov  yoki 
anketa  savollari,  shuningdek,  suhbat  davomida  beriladigan  savol- 
lar har tomonlama puxta  o'ylangan,  nuqsonli bolaning shaxsiyatiga 
tegmaydigan,  odob-axloq  doirasida  bo'lishi  shart.  Ba’zan  o'rinsiz 
berilgan  savol  nuqsonli  bola  bilan  munosabatni  buzib  qo'yishi 
mumkin.
To'rtinchi  shart:  nuqsonli  bolalarni  sog'lom bolalar bilan  taqqos- 
lab  tekshirishning  o'zi  chiqarilgan  ilmiy  xulosaning  xato  bo'lishiga 
olib  kelishi  mumkin.  Nuqsonli  bolaning  ruhiy  rivojlanishini 
uning oldingi tekshirishlardagi olingan natijalar bilan taqqoslab xulo- 
sa  chiqariladi.  Ya’ni  nuqsonli  bolaning o'zini o'ziga taqqoslaniladi.
203


Beshinchi shart: nuqsonli bolaning individual,  yosh va psixologik 
xususiyatlari  hisobga  olingan  holda  ilmiy  tadqiqot  o'tkaziladi  va 
uning natijalari  e’tiborga  olinadi.
Oltinchi  shart:  nuqsonli  bolalarning  o'ziga  xos  xususiyatlari­
ni  hisobga  olib  (begona  joydan  va  odamlardan  hadiksirashlari  va 
hokazolar)  ilmiy-tadqiqot  ishlari  asosan  tabiiy  sharoitda  o'tkaziladi 
(bog'cha,  maktab va  boshqa joylarda).
Yettinchi  shart:  tiflopsixologiyada  keng  qo‘llanilayotgan  metod- 
lardan biri — ilmiy-tadqiqot natijalarining miqdoriy ko'rsatkichlarini 
matematik-statistik  qayta  ishlash  uslubi  bo‘lib,  o£tkazilgan  tek- 
shirishlarning  obyektivligini,  haqqoniyligini,  ishonchliligini,  va- 
lidliligini  ta’minlaydi.  Statistik  metod  har  xil  ruhiy  hodisalar  va 
tadqiqot natijalari va ularning o'rtasidagi korreksiyani — bogliqlikni 
aniqlashga  yordam  beradi.
Ammo,  matematik-statistik  hisoblash  natijalariga  ehtiyotkorlik 
bilan  yondashish,  bu  uslub  bilan  olingan  ma’lumotlarga  haddan 
oshiq  e’tibor  berish  xato  xulosalar  chiqarishimizga  sabab  bo'lishi 
mumkin.
Shuningdek,  har  qanday  katta  yoki  kichik  ilmiy-tadqiqot 
o'tkazish  jarayoniga  bayonnoma  yoziladi.  Bayonnomada  o'quvchi 
haqidagi hamma ma’lumotlar,  vaqt, tekshirishda qo'llanilgan  uslub- 
larning  nomi  keltiriladi.
Ilmiy  tadqiqot  metodlari  tadqiqotchining  o'z  oldiga  qo'ygan 
maqsad  va  vazifalariga  qarab  quyidagi  turlarga bo'linadi:
1. 
Noeksperimental  metodlarga  kuzatuv,  so'rov  (anketa),  suh- 
bat,  o'quvchining faoliyat  mahsulotlarini  tahlil  qilish  kiradi.
1.1. 
Kuzatuv,  ma’lum bir  reja  va tizim  asosida  o'tkazilib,  tadqi- 
qotchidan  kuzatilayotgan  ruhiy  jarayonga  (hodisaga)  odilona 
(obyektiv)  yondashish  talab  qilinadi.  Tadqiqotchi  o'zi  istagan  nar­
sani  «ko'rmasligi»,  balki  haqiqiy  ma’lumotlarni,  xatti-harakatlarni 
qayd  qilishi  zarur.
Kuzatuvning  qo'shilgan  holda  va  qo'shilmagan  holda  kuzatish 
usullari  mavjud  bo'lib,  ilmiy  adabiyotlarda  kuzatuv  turlari  bayon 
etilgan.  Keyingi  vaqtlarda  bolalarning  o'zaro  munosabatlarini, 
xulq-atvorini va boshqalarni kuzatishda  Beylis metodidan keng foy- 
dalanilmoqda.
204


1.2.  So‘rov  (anketa).  So‘rovdagi  savollar  ochiq  va  yopiq  shakl- 
da  berilishi  m um kin.  Ochiq  savollarga  javob  o‘quvchining  o‘z 
istagicha  berilishi  m um kin.  Yopiq  shakldagi  so‘rovlarda  javob 
tayyor holda  (ha,  yo‘q,  ba’zan,  bilmayman  va  boshqalar)  berilgan 
b o iad i.
1.3.  Suhbat.  Bu  metod  tekshiruvchi  uchun  eng  qulay  uslub 
bolishi  bilan  birga,  undan  katta  mohirlik  ham  talab  qilinadi.  Suh­
bat  oldindan  tuzilgan  savollar  yordamida  o‘tkaziladi.  Bolalarning 
xarakter xususiyatlari,  xulq-atvor va  uning motivlari,  atrofdagilarga 
va  o‘ziga  munosabati,  bahosi  va  boshqa juda  ko‘p  ma’lumotlar  bi­
lan  birga  tarjimayi  holga  oid  m a’lumotlarni  ham  to‘plash  m um ­
kin.  Bolalar  bilan  o‘tkaziladigan  suhbatning  asosiy  shartlaridan 
biri,  muloqotni  bolaga  yoqimli  yoki  neytral  savollardan  boshlash 
zarurdir.  Bunday boshlangan  suhbat o‘zaro  aloqani va munosabatni 
yaxshilaydi.  Savollar  bolaning  yoshiga,  individual  va  milliy  xususi- 
yatlariga  qarab tuziladi.  Bolalarning tez  charchab  qolishini  hisobga 
olib,  10—20,  ba’zan  30—40  minutdan  oshmasligi  kerak.  Suhbatni 
tinch,  yakka  holda  o‘tkazish  erkin  muloqotni  ta’minlaydi.  Suhbat 
jarayonida  axloqiy-etik  shartlarga  qat’iy  rioya  qilinadi.  Masalan, 
o‘quvchining  matematika  o‘qituvchisiga  munosabatini  bilish  uchun 
birinchidan  «Sen  matematika  o'qituvchisini  yoqtirasanmi?»  deb 
so‘rash,  odobsizlik boiadi.  Ikkinchidan,  o‘quvchilar bunday savolga 
odatda  to‘g‘ri javob bermasligi  mumkin.
1.4.  Bolalarning 
faoliyat 
mahsulotlarining 
tahliliga 
bag'ishlangan.  Rasmlar,  har  xil  mahsulotlardan  (plastilin,  loy  va 
boshqalardan) yasalgan narsalar,  bolalar yasagan o‘yinchoqlari,  eng 
muhimi  o‘quvchilarning  har  xil  fanlardan  yozgan  yozma  ishlari, 
nazorat  ishlarining  tahlili  kiradi.  Noeksperimental  m etodlar bilan 
ko‘r  va  zaif ko‘ruvchilar  orasida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  o‘tkazish 
qulaydir.
2. 
Eksperimental  metodlar.  Eksperimental  metodlar  yordami­
da  har  xil  ruhiy jarayon,  hodisalarning  rivojlanishini  o‘zimiz  ista- 
gan  vaqtimizda  takrorlashimiz,  unga  faol  ravishda  aralashishimiz, 
o‘zgartirishimiz  mumkin.  llmiy adabiyotlarda tabiiy va laboratoriya 
eksperimental  xillariga  ta ’rif  berilgan.  Keyingi  vaqtlarda  eksperi- 
mentni  modellashdan  keng  foydalanilmoqda.  Eksperiment  u  yoki
205


bu  psixologik  hodisa,  vaziyat  sun’iy  yuzaga  keltiriladi  va  shu  vazi- 
yatda o'quvchi  (o'quvchilarning)  o'zini tutishi,  munosabatlari, javob 
reaksiyasi  kuzatiladi.
Shuningdek,  pedagogika  va  psixologiya  fanida  shakllantiruvchi 
metodlardan  ham  keng  foydalaniladi.  Shakllantiruvchi  metodlar- 
ning samaradorligi shundaki, bola  ruhiyatining rivojlanishini,  ruhiy 
hodisalarning  mohiyatini  o‘rganish  bilan  shug‘ullanmasdan,  balki 
eksperiment  natijasida ta’lim-tarbiya berish  ko‘zda tutiladi.
3. 
Diagnostik  metodlar  shaxs  yoki  jamoaning  ruhiy  va  shaxsiy 
xususiyatlarini  aniqlashda  miqdoriy  va  sifat  jihatdan  aniq  tasnif- 
lashga  imkoniyat  yaratganligi  uchun  psixologiya  fanining  hamma 
sohasida  keng  qo‘llanilmoqda.  Asosan bular testlardir.  «Test»  ingliz 
tilidan olingan bo'lib, sinov, tajriba degan m a’noni bildiradi.  Hozirgi 
amaliyotda  bir  necha  mingdan  oshiq  testlar  mavjud bo'lib,  afsuski, 
ularning ko‘p  qismi  milliy xususiyatlar e’tiborga olinib  o'zbek tiliga 
tarjima  qilinmagan.  Chet  el,  asosan g‘arb  psixologiyasida testlar bi­
lan  ishlash  keng  ommalashgandir.  Testlar  yordamida  bolalarning 
aqliy rivojlanish darajasi  (intellektual  koeffitsienti),  iqtidorlilik dara- 
jasi,  ruhiy  holati,  shaxs xususiyatlari,  o'ziga va  boshqalarga  bahosi, 
kasb  qiziqishlari  va  kasbga  yaroqliligi  aniqlanadi.
Yuqorida  keltirilgan  ko'pgina  metodikalarni  tiflopsixologi- 
yada,  ko'r  va  zaif  ko'ruvchi  o'quvchi larni  psixologik  tekshirishda 
qo'llashning murakkab tomoni  shundaki,  o'quvchilar anketa  va test 
savollarini  o'zlari  o'qishlari  shart.  Savollarni  o'qib  berish  test  nati- 
jalariga  salbiy  ta’sir  etmaydimi,  degan  fikr  mavjud.  Tiflopsixologi- 
yada  ilmiy-tadqiqot  o'tkazish  uchun  yangi  metodlar  yaratish,  mav­
jud  metodlarni  moslashtirish,  takomillashtirish  shu  kunning  eng 
dolzarb  masalalaridan biridir.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish