Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Tayanch so‘zlar
Gipersteniya -  asabiylashuvning ortishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xulq- 
ning giperfaolligi.
Giposteniya  — umumiy  holsizlik  tashabbuskorlikning  pasayishi, 
uyatchanlik,  ish qobiliyatining  sustligi.
Logofobiya  — nutqdan,  muloqotdan  qo‘rqish.
186


XI  bob.  NUTQ IDA  KAMCHILIGI  B O ‘LGAN  BOLALAR 
M OTORIKASI
Olimlarning  fikricha,  nutqida  kamchiligi  bo‘lgan  bolalarning 
lokomotor  funksiyalarining  rivojlanishini  me’yorga  qiyoslagan- 
da  ilk  rivojlanishning  kechikishi  bilan  ham   belgilanadi:  bolalar 
me’yordan  kechroq yoshda  yurishni boshlaydilar,  mayda  qo‘l  mo- 
torikasi,  artikulatsion  motorika  uzoq  vaqt  yaxshi  rivojlanmagan 
bo'ladi.
Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  bolalar  nutqining  rivojlanish 
darajasi  to ‘g‘ridan  to‘g‘ri  qo'lning  mayda  motorikasiga  bog‘liq 
(M.M.Kolsova).  Ko‘pchilik bolalar nutqi  ustida  o‘tkazilgan  tajriba 
va tadqiqotlar asosida quyidagi qonuniyat aniqlandi: agar barmoqlar 
harakatining  rivojlanishi  yoshga  mos  kelsa,  unda  nutq  rivojlanishi 
me’yor  darajasida  bo‘ladi,  agar  barmoqlar  harakati  oqsasa,  unda 
nutq  rivojlanishi  ham  sust  rivojlanadi  (L.F. Fomina).  Y.I. Isenina 
tadqiqotlari  nutq  kamchiligiga  ega  bolalar  nutqi  qo‘lning  nozik 
harakatlari ta’sirida  rivojlanishi  mumkinligini  tasdiqlaydi.
Elektr-fiziologik  tadqiqotlar  natijalari  ham  qo‘l  va  nutq  funk­
siyalarining  bevosita  aloqada  ekanini  tasdiqlaydi.  M.M.Kolsova- 
ning xulosasiga  ko‘ra  «nutq doiralarining morfologik va funksional 
shakllanishi  qo‘l  harakatidan  keluvchi  kinestetik  impulslarning 
ta ’sirida  paydo  bo‘ladi».  Uning  alohida  ta ’kidlashicha,  nutq  faqat 
bolalik  yoshidagina  qo‘l  muskullarining  impulsi  vositasida  rivojla­
nadi.  Shundan kelib chiqib,  nutqni  rivojlantirishda mana shu  holga 
katta ahamiyat berish kerak.  Mayda  qo‘l motorikasi yordamida bo­
lalar  nutqini  rivojlantirish  metodikalari  M.M.Kolsova,  L.V.Anta- 
kova-Fomina va boshqalar tomonidan  ishlab  chiqildi.
M.M. Kolsovaning  fikricha,  «bosh  miya  po‘stlog‘ining  ish  qo- 
biliyatini  oshirish  vositalari»dan  biri  tizimli  mashqlar  asosida  bar­
moqlar  harakati  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  nutqning  rivojlanishiga 
ta ’sir  ko‘rsatadi.  Bu  fikrni juda  ko‘p  eksperimental  tadqiqotlarning 
natijalari  ham tasdiqlaydi.
Logopedik  amaliyot  nutqning  rivojlanishiga  harakatning  sama- 
rali ta ’sirini ko‘rsatadi.  Maktabgacha ta ’lim muassasalarida korrek- 
sion-tarbiyaviy ishlar tizimida nutqi buzilgan bolalar uchun ko‘proq
187


e’tibor  qoining  nozik  barmoqlari  harakatini  shakllantirishga 
qaratiladi.  M aium ki,  barmoqlarning  harakatini  takomillashtirish 
bo‘yicha  maqsadli  yo‘naltirilgan  ishlar  q o in i  xat  yozishga  tay- 
yorlashda  ham  juda  foydali.  Nutqi  to iiq   rivojlanmagan  bolalar­
ning  mayda motorikasini  rivojlantirishni tizimli  o‘tkazib,  har kuni 
3—5  daqiqa  vaqt  sarflash  kerak.  Shu  maqsadda  turli  xil  o‘yin  va 
mashqlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Bunday  mashqlar 
maxsus mashg'ulotlardagina emas, balki sayrga chiqqanda, o‘yinlar 
o'ynash  paytida  o‘tkazilishi  mumkin.
Agar  bola  harakatlarni  mustaqil  bajarishga  qiynalsa,  unda  alo­
hida darslarga mashqlar kiritish tavsiya etiladi, bola faol harakatlan- 
maydigan  barmoqlar  harakatini  kattalar  yordamida  bajaradi.  Kel- 
gusida  mashg‘ulotlar  natijasida  barmoqlar  harakati  takomillashib 
boradi  va bola  ularni  faol  bajaradi.
Qo‘l  barmoqlarining  nozik  harakatlanishini  takomillashti­
rish  uchun  kichik  folklordan  foydalanish  katta  samara  beradi. 
Bu  o‘yinlar  qulay  jo ‘shqin  sharoit  yaratadi,  barmoqlar  mashqini 
yaxshi  ta ’minlaydi,  eshitish  qobiliyatini  rivojlantirishga  va  she’rlar 
mazm unini  tushunishga  yordam  beradi,  nutq  ritmini  ilib  olishga 
o‘rgatadi.  Bundan  tashqari,  hajviy  xalq  she’rlari  dialog  asosida 
qurilgani  uchun  so‘zlashuv  nutqini  o‘rgatuvchi  ajoyib  manba  h i­
soblanadi.  Bu  namunalar  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  bar­
cha  rivojlanish  bosqichlari  uchun  q o i  keladi.  Masalan,  havzak- 
havzaklar,  ovutmachoqlar  va  erkalamalardan  bolaning  go'daklik 
davridan  to  3—4  yoshigacha  foydalanish  mumkin.  Xalq  ogbzaki 
ijodida  o‘z  ifodasini  topgan  xalq  pedagogikasi  bolaning  mayda 
va  yirik  motorikasini  rivojlantirishda,  uning  ham  jismoniy,  ham 
hissiy-irodaviy  rivojlanishini  ta ’minlaydigan  ajoyib  she’riy  namu- 
nalarni  yaratgan.  Bola  o‘tiradigan  boiganda,  uni tizzaga  o‘tqazib, 
barmoq  sanash  mashqi  bajarilgan.  Bunda  bolaning  qoichasini 
ushlab  turib,  «Boshmaldoq,  Qoramaldoq,  0 ‘rta  terak,  Hoji- 
mirak,  Kichkina bo‘bak»,  deb,  bosh barmoqdan  boshlab  barm oq­
lar  bir-bir  bukiladi.  Sanoq  tugaganini  bildirish  uchun,  oxirgi  so‘z 
yuqoriroq ohangda shaxdam aytiladi va bolaning mushtchasi bilan 
ko‘kraklari  ohista  qitiqlanadi.  Bu  mashqni  rivojlantiruvchi  desa 
ham   boiadi.  Chunki  bola  mashq  bir  necha  m arta  takrorlangani-
188


dan  keyin,  u  nim a  bilan  tugashini  va  ko‘kraklari  qitiqlanishini 
biladi  va  oldindan  qiqirlab  kuladi.  Oldindan  sezib  zavqlanish  hissi 
go‘dakning intellektual rivoji  uchun juda muhimdir.  Shu yo‘l bilan 
u  o'z xotirasini  mashq  qiladi  va voqealar rivojini bashorat  qilishga 
o‘rganadi.  Bolaning  barm oqchalarini  alohida-alohida  o‘ynab  tu- 
rish  (ohista  silash,  tortib  qo‘yish,  uqalash  va  h.k.)  kerak.  Barmoq- 
larini  boshqara  olish  malakasi  bolaning  intellektual  rivojlanishi 
bilan  uzviy  bog‘liq.  Oddiygina  barm oqlarni  bukish  va  to ‘g‘rilash 
mashqi  bolada  shu  malakani  shakllantirish  im konini  beradi.
Nutq  nuqsoniga  ega bo‘lgan bolalarda turli  psixik funksiyalarni 
o‘rganish jarayonida olingan m a’lumotlarning tahlili ularning o‘ziga 
xosligini  ko‘rsatadi  (L.I. Belyakova,  Y.F.Garkusha,  O.N.Usanova, 
E.L. Figeredo,  T.B. Filicheva,  G.V.Chirkina).

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish