Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Sistemali  nutq  buzilishlarida  shaxs  xususiyatlari



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Sistemali  nutq  buzilishlarida  shaxs  xususiyatlari
Alaliya — homiladorlik yoki bola nutqining ilk rivojlanish davrida 
bosh  miya  po‘stlogldagi  nutq  zonalarining  organik  jarohatlanishi 
natijasida  nutqning  rivojlanmay  qolishi.  Ko£p  hollarda  alalik  bola- 
larni og’ir ko‘rinishlarida aqli zaiflik,  zaif eshituvchi va ruhiy rivojla-
184


nishi  orqada  qolgan  bolalar  bilan  almashtiriladi,  bunda  nutq  bilan 
birgalikda  idrok  etish,  diqqat,  xotira  bilan  bir  qatorda  shaxslararo 
munosabatlar  ham  buziladi.  Agar  alalik  bola  o‘zgalarning  nutqini 
tushuna  olsa,  atrofdagilar  esa  bolaning  nima  demoqchi  bolganini 
tushunmaydilar va bola asabiylashadi.  Alalik bolada nutqiy muloqot- 
ga  ehtiyoj  kuchli  bo‘ladi.  Motor  alalik  bolalar  xulq-atvori  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega:  atrofdagilar  bilan  muloqotga  kirishishda  yaqqol 
namoyon  bolgan  qiyinchiliklar,  notanish  vaziyatlarda  tez-tez  tor- 
mozlanishlar,  yangiliklarga salbiy munosabatda bo‘lishi;  shuningdek, 
bola xarakterida  patologik sifatlar,  asabiylik,  tez xafa bo'lishi;  nutqiy 
faollikning yetarli  darajada emasligi  kuzatiladi.
Bunday bolalar ko‘pchilik hollarda qiziquvchan, o‘quvli, ishchan 
bo‘ladilar.  Biroq kichik yoshdagi bolalarda va yangi sharoitga  (bola­
lar bog‘chasi, maktab) moslashishning dastlabki bosqichlarida xulq- 
atvori  va  hissiy-iroda  sohalarida  qiyinchiliklar  kuzatilishi  m umkin 
(bir joyda  o‘tira  olmaslik,  qo‘zg‘aluvchanlik  yoki  uyatchanlik,  tez 
tormozlanish,  qaysarlik).
Sensor alalik bolalar bilan muloqotga kirishish qiyin bo‘ladi. Xulq- 
atvori  o‘ziga xos  xususiyatga  ega  (qo‘zg‘aluvchan,  xarakterlari  impul- 
siv,  o‘z  nutqiga  tanqidiy  qaramaydilar,  bilish  darajasi  past  bo‘ladi). 
Sensor alalik bolalar hikoyani  uzoq vaqt tinglay olmaydilar,  mazmu- 
nini tushunmaganliklari  uchun qiziqishlar tez yo‘qoladi  va tinglamay 
qo‘yadilar.  Bunday  bolalarda  o‘zgalar  nutqini  tushunishning  yo'qligi 
natijasida  o‘zlarining  nutqlari  ham  buziladi.  Sensor  alalik  bolalarda 
uzoq  xavotirlanish,  baqirish,  sakrash,  o‘ynash,  taqillatish  hollari  ku­
zatiladi. Ayrim vaqtlarda bunday bolalar muloyim, uyatchan, o‘z kam- 
chiliklarini ma’lum darajada anglaydilar. Sensor alalik bolalar muloqot 
uchun  imo-ishoralar,  jestlar,  mimikalardan  foydalanadilar.  Bunday 
bolalar  musiqa  tinglashni  yoqtiradilar,  musiqa  ularni  tinchlantiradi, 
baland  ohangda gapirishlar,  baqiriqlar bolaga salbiy ta’sir qiladi.
Sensor  alalik  bolalarning  ayrimlari  maxsus  og‘ir  nutq  kamchi­
liklariga  ega  bolalar  uchun  mo‘ljallangan  ta’lim  muassasalarida 
ta’lim oladilar.
Afaziya  —  markaziy,  organik  turga  oid  og‘ir  nutq  buzilishlari 
qatoriga  kiradi.  Bu  ko‘proq  katta  yoshdagi  kishilardagi  bosh  miya 
qon  aylanishining buzilishi  oqibatida  paydo  bo‘ladi.
185


Afaziya  (grekcha  a  — inkor etish,  prasis  — nutq)  bosh  miyaning 
jarohatlanishi  natijasida  ro‘y  beradigan  nutqning  to ia   yoki  qisman 
yo‘qolishi.  Afaziyaning  kelib  chiqish  sabablari  yana  bosh  miyada 
qon  quyulishi,  travmalar,  shishlar,  bosh  miya  infeksion  kasalliklari 
boiishi  mumkin.
Bolalarda  afaziya  kamdan  kam  uchraydi.  U  ham  bo‘lsa,  bosh 
miya  travmalari,  shishlar yoki  infeksion  kasalliklar asoratida  paydo 
boiadi.
A.A. Luriya  ko‘rsatishicha,  bunday  bemorlarda  psixik  faoliyat 
va  bilish  jarayonlari  buzilgan  boiadi.  0 ‘zgalar  nutqini  tushunish, 
og‘zaki  va  yozma  nutq  kamchiliklari,  hisob  malakalari  buzilishi 
kuzatiladi.  Insult yoki travmadan so'ng boshlang'ich  davrda bemor- 
larning  nutqi  umuman  tushunarsiz  boiadi,  chunki  ularning  nutqi 
ayrim  tovushlar,  bo‘g‘inlar,  so‘z  birikmalaridan  iborat  boiadi.  Bu 
kamchiliklar asosan ikki yo‘nalish, tibbiy yoki logopedik yo‘nalishlar 
asosida  bartaraf etiladi.  Lekin  shu  bilan  birga  bu  davrda  psixolog- 
ning  faoliyati  muhim  rol  o‘ynaydi.  Chunki  bu  bemor  o‘z  nutqidan 
uyaladi,  tushkunlikka  tushadi,  diqqat,  xotira,  mantiqiy  tafakkur, 
idrok,  hissiy  iroda  sohalarida  kamchiliklar  kuzatiladi.  Psixolog 
bunday  bemorlar  bilan  ko‘proq  suhbatlar  o‘tkazishi,  treninglar, 
rag‘batlantirish  ishlari  olib borishi  kerak.
Savol  va topshiriqlar
1.  0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega boigan bolalarning shaxs 
va  shaxslararo  munosabat  xususiyatlari.
2.  Dizartriyada  shaxs xususiyatlari.
3.  Nutqning temp-ritm buzilishlarida  shaxs  xususiyatlari.
4.  Sistemali  nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish