ularning oiladan ajralganligi ham
muhim omil
sanaladi. Maktabgacha davrda motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan
emotsiya, his-tuyg‘u turi insonning atrofdagi predmet, hodisalarga
munosabatidir. His-tuyg‘uning shakllanishi murakkab va o‘ziga xos
yo‘l sanaladi. Maktabgacha davrda his-tuyg‘ular sujetli-rolli o‘yinlar
faoliyatida shakllanadi. D.B.Elkonin odamlar o‘rtasidagi munosa-
batlarni shakllanishida sujetli-rolli o‘yinning roli kattaligini alohida
ta ’kidlaydi. Inson munosabati asosini tashkil etuvchi normalar bo
laning ma’naviy va ijtimoiy tuyg'ulari manbayi sanaladi. Emotsiya
*
va tuyg‘u bevosita o‘yin cheklanishlariga bo‘ysunishda ishtirok etadi,
bunda bola o‘yin qoidalariga muvofiq o‘z tuyg‘ularini boshqarishga
o‘rganadi. Bola o‘z tuyg‘ularini jilmayish, kulish, mimika, imo-
ishora, intonatsiya, harakatlar vositasida namoyon etishni o‘rganadi.
Tuyg‘ular tilini o‘rganib, ular anglangan holda, o‘z emotsiyalarini
bayon qiladi.
Kichik yoshdagi kar bolalarda o‘yin va nutqiy faoliyatning
chegaralanganligi sababli ular o‘rtoqlarini tushunmaydilar. L e
kin o‘zaro muhabbatni, tushunishni kutadilar, uydan ajralgan-
lari uchun ulardan himoya, qayg‘urishni kutadilar. Bog‘chaga
kelgan kunlarida bolalar o‘rtog‘iga yordamga kelmaydilar, bir-
biriga muhabbat, mehr bilan qaramaydilar. Yil boshida kichik
guruhdagi bolalarda uyda tarbiyalanish asosida shakllangan ego-
istik yo‘nalish kuzatiladi (yangi yaxshi o‘yinchoqni tortib olish,
o'yinchog‘ini o‘rtog‘iga bermaslik). 0 ‘rta va yuqori guruhlarda
1
o'rtoqlik va axloqiy tuyg‘ularning rivojlanishida ijobiy ta ’sirlar
113
ko‘rinadi. Sujetli-rolli o'yin, bayram, tug'ilgan kunlar o'tkazish
ijobiy emotsional tuyg'uni shakllantirishga sabab bo‘ladi. Bu
o‘rtog‘ini qayg'urishlarini tushunishi, uning emotsiyalari, qiyin-
chiliklari ijobiy ta ’sir ko'rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
shaxslararo munosabatini shakllantirishda, emotsiya va tuyg‘ularni
rivojlantirishda boshqa odamlarning emotsiyalarini tushunish muhim
rol o‘ynaydi. V. Petshak kar maktabgacha va maktab yoshidagi bola
larning boshqalar emotsiyasini tushunish xususiyatlarini o'rgangan.
Tadqiqot jarayonida ma’lum emotsional holatlarda, xursandchilik,
g‘am-anduh, qo'rquv, nafrat, befarqlik, hayrat emotsiyalari tasvir-
langan edi. Tasvirlarni uch xil variantda tasniflash mumkin:
• shartli-sxematik;
• realistik;
• hayotiy sharoit (sujetli rasm).
Tekshiriluvchining vazifasi yuz tuzilishiga ko'ra insonning emot
sional holatini anglash va uni imo-ishora nutqi bilan bayon etishni
ko'zda tutishi. Emotsional holatni tushunish kar va sog'lom bolalar
uchun qiyinchilik tug'diradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar
orasida faqat ba’zilari tasvirlash sxematik va hayotiy variantni to'g'ri
angladilar. Rasm personajlarining imo-ishorasi holatini to'g'ri tu-
shunganlar. Ba’zan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar emotsional
holatga mimik va imo-ishorali tasnif berganlar. So'zli bayon ba’zan
amalga oshirilgan.
Shunday qilib, tashqi ko'rinishlar (mimika, imo-ishora) kar bola
larning emotsiyalarni tushunishida muhim ahamiyatga egadir. Eshi
tishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy rivojlanishida emotsional
doira rivojlanishi davom etadi. V.Petshak tadqiqotlari natijalariga
ko'ra, IV sinf o'quvchilari xursandchilik, shodlik, g'am, hayrat,
qo'rquv, nafrat tuyg'ulari ifodalangan personajlarning emotsional
holatini qisman tushunganlar. Bu bilimlarni bolalar asta-sekin,
o'rta va yuqori sinflardagi ta ’lim davomida egallaydilar. Analogik
bilimni eshituvchi bolalar kichik yosh davrida egallaydilar.
Emotsiyalarni kech anglash bir qator noxush oqibatlarga sabab
bo'lishi mumkin. Xususan, adabiy qahramonlarni, ularning faoli-
yatlari, qiliqlari, oqibat va sababini tushunish eshitishida nuqsoni
114
bo‘lgan bolaning shaxs sifatlari shakllanishi va ijtimoiy-emotsional
sferasi tarkib topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |