Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1.  Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning og'zaki nutqi qanday 
ko'rinishga  ega?
2.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarning  rivojlanishida  imo- 
ishora  nutqining vazifalari  nimalardan  iborat?
109


VII  bob.  ESH IT ISH ID A   N U Q SO N I  B O ‘LGAN 
BOLALAR  SH A X SIN I  SHAKLLANTIRISH 
XUSUSIYATLARI
7.1.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar shaxsini  o‘rganishning 
umumiy  masalalari
Shaxs  atrofdagi  olamni,  undagi  hodisalarni  faol  anglovchi  va 
qayta  ishlovchi  insondir.  Shaxs jamiyatda  o'z-o'ziga  va  boshqalar- 
ga  nisbatan  ma’lum  pozitsiyada  turuvchi,  ma’lum  qarashlar,  fikr- 
lar,  ideallar  tizimiga  ega  bo'lishi  ko'zda  tutiladi.  Yangi  tug‘ilgan 
chaqaloq  ijtimoiy  mavjudod  bo‘lsa  ham,  uni  shaxs  deb  bo'lmaydi. 
Bola  shaxsi  kattalar bilan  muloqotda insoniyatning ijtimoiy tajriba- 
sini  egallash jarayonida  shakllanadi.
Kar  bola  shaxsining  shakllanishi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
bo‘ladi.  Birinchidan,  kar  bola  eshituvchi  odamlar  bilan  muloqot­
da  cheklangan  bo'ladi,  bu  ma’lumotni  egallash  jarayonini  sekin- 
lashtiradi.  Ikkinchidan,  eshitish  analizatori  faoliyatining  buzilishi 
emotsional  rivojlanishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lgan  akustik 
olam  (inson  ovozi,  qushlar  sayrashi,  musiqiy  ovozlar)  anglash  im- 
konidan  mahrum  qiladi.  Uchinchidan,  eshituvchi  bolalardan  farqli 
eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  insonlarning  ijtimoiy  tajribasi- 
ni  egallashdan  mahrumdir.  Maxsus  bog'cha  va  maktablarga  qadar 
eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar rivojlanishi  sekin tempda  amal­
ga  oshadi.  Muloqot  qiyinchiligi  va eshituvchilar bilan muloqotining 
cheklanishi  ularning  umumiy  rivojlanishiga  salbiy  ta ’sir  ko'rsatadi. 
Xarakterning  ayrim xususiyatlari,  shaxs qirralari kabi  maxsus tash- 
kil  etilgan  ijtimoiy  sharoitlarda  amalga  oshadi.  Sog'lom  odamlar 
ichida  yashab  kar bola  eshituvchi tengdoshlariga  nisbatan  o'zgacha 
munosabatni  sezadi,  bu  unda  shaxs  qirralari  shakllanishiga  salbiy 
ta ’sir ko'rsatadi.
K. Obunovskiy tadqiqotlarida  80-130  sm  dagi past  bo'yli  odam- 
larning  shaxs  qirralarining  shakllanish  jarayoni  o'rganiladi.  Olim 
ularning  shaxs  qirralari  shakllanishida  m a’lum  darajadagi  bir 
xillikni  aniqladi,  o'ziga  xos  bo'lmagan  optimizmli,  bevositalik, 
sharoitlarga  chidamlilikni  aniqlagan.  Shuning  uchun,  tekshiruvchi
110


atrofdagilar  pakanaga  boshqacha  munosabatda  bo‘lganligi  uchun 
unda  shaxsning  o‘ziga  xos  qirralari  shakllanadi  deb  xulosaga  kel- 
gan.  Eshituvchi  kattalar  eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  mak- 
tab-internatidagi  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  quvnoqligi, 
hayotga  chanqoqligini  ko‘rib  hayratga  tushganlar.  Ularning  fikri- 
cha,  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  o‘z  nuqsonidan  uyalib, 
doimo  xomush  yurishlari  kerak.  Ma’lumki,  eshitishida  nuqsoni 
bo‘lgan  bolalar  o‘z  nuqsoni  haqida  kech  biladilar,  maxsus  mak- 
tabdagi  taiim -tarbiya  jarayonida  ularda  kelajakka  ishonch,  faol- 
lik  shakllanadi.  Katta  va  o'rta  sinf o‘quvchilari  eshituvchilar  bilan 
o‘zlari  o'rtasidagi  farqni  yo‘qotish  uchun  so'zlashuv  nutqini  egal- 
lashga juda  intiladilar.  Kar bola shaxsining rivojlanish muammolari 
surdopsixologiyada  to liq   tadqiq  etilmagan,  quyidagi  bo‘lim  ush- 
bu  masala  tadqiqiga  qaratilgan.  Surdopsixologiyada  V.G. Petrova, 
V.L. Belinskiy,  E.A.Viytar,  M.M. Nudelmanlarning  ilmiy  izlanish- 
larida sog‘lom va  kar,  zaif eshituvchi bolalar va  o‘smirlar o‘rtasidagi 
shaxslararo  munosabat  xususiyatlari  o‘rganilgan.  Ular  sotsiometrik 
testlar  hamda  insholardan  foydalanilgan  holda  suhbat,  kuzatuvlar 
tashkil  etgan.  Natijalar  shuni  ko‘rsatdiki,  sogiom  bolalar  o‘rtasida 
«sinfdagi  sardorlik»  xususiyatlariga  —  muloqotga  kirishuvchanlik, 
do‘stga sadoqatlilik,  birodariga  ko‘mak berish,  mustaqillik,  fantazi- 
yaga  boy jihatlari  hamda  ko‘rkam  tashqi  ko‘rinishning  o‘zi  yetarli 
ekanligini  ta ’kidlashgan.  Kar  va  zaif eshituvchi  bolalar  esa  mazkur 
holatni  sinfdagi  o‘quvchilarning  og‘zaki  nutqini  egallaganlik  holati 
va  darslarni  o‘zlashtirish  darajasiga  ko‘ra belgilashgan.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish