Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilar hissiy  emotsional  iroda



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

7.2.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilar hissiy  emotsional  iroda
sferasining  tavsifi
Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bola  tarbiyalanayotgan  ijtimoiy 
sharoit  uning  shaxs  sifatlari  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Kattalar va  tengdoshlari  bilan  muloqotda,  ijtimoiy tajriba ja­
rayonida  bola  shaxsi  rivojlanadi.  Atrofdagi  ijtimoiy  muhit  bola  ijo­
biy  munosabatlar  tizimidagi  o‘rnini  aniqlashga  imkon  beradi.  Bu 
o‘rinda  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolani  o‘z  holatiga,  shaxsiga 
munosabati  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Kar bolalarning  emotsional 
doirasi rivojlanishiga ma’lum noxush omillar salbiy ta’sir ko'rsatadi.
111


So'zlashuv muloqotining buzilishi  kar bolani  atrofdagilardan uzoq- 
lashtiradi,  ijtimoiy  tajribani  egallashda  qiyinchiliklarni  tug'diradi. 
Nutqning  rivojlanishida  orqada  qolish  bolani  o'zini,  boshqalarni 
emotsional  holatini  tushunishga  to'sqinlik  qiladi,  o'zaro  munosa- 
batlar  shakllanishini  sekinlashtiradi.  Badiiy  adabiyotlar  bilan  kech 
tanish kar bolaning emotsional dunyoqarashini chegaralaydi,  badiiy 
asar  qahramonlari  va  o'zgalar  ruhiy  holatini  tushunishga  to'sqinlik 
qiladi.  Mahalliy  va  chet  el  olimlari  tadqiqotlarida  eshitishida  nuq­
soni  bo'lgan  bolalar  emotsional  rivojlanishining  o'ziga  xos  muam- 
molari  o'rganilgan.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  hayotining 
birinchi  kunlaridanoq  atrofdagilar  bilan  to'liqsiz  emotsional  va 
nutqiy  muloqot  mavjudligi  sababli  ularning jamiyatga  moslashuvi, 
ijtimoiylashuvida  qiyinchilik  tug'diradi.  Xususan,  V.Petshak  kar 
bolaning  emotsional  rivojlanish  holatini  tadqiq  etgan.  Unda  qu­
yidagi  o'zaro  bog'liq  muammolar  o'rganilgan:  I  muammo  —  ijti­
moiy  sharoit  —  ota-onalar  eshitish  qobiliyatining  saqlanish  dara- 
jasiga  ko'ra  maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  kar  bolalarning 
emotsional  rivojlanish  va  munosabatlarini  aniqlash.  II  muammo  — 
kar  o'quvchilarning  boshqa  odam  emotsional  holatini  tushunishi. 
Boshqalar  ruhiy  holatini  tushunish  darajasi  bolaning  emotsional 
holatini  belgilaydi.  O'zganing  emotsional  holatini  tushunish  uning 
yuz  mimikasi,  ovoz  reaksiyalar,  nutqiy  intonatsiyalar,  imo-ishora- 
larni  idrok  etishga  olib  keladi.  Kar  bolada  o'zga  odamga  simpati- 
yani  rivojlantirish  darajasiga  ko'ra,  emoisional  holatini  tushunishi 
malakasi  yuzaga  keladi.  Simpatiya  —  yoqtirish,  boshqa  odamning 
emotsional  holatini  tushunish  va  uning  hayotiy  sharoitiga  kirishda 
asosiy omildir. Nutq rivojlanishining o'ziga xosligi ma’lum emotsio­
nal  holatni  ifodalovchi  so'zlarni  egallashga  to'sqinlik  qiladi.  Yaqin 
qarindoshlari  bilan  emotsional-ijtimoiy  muloqotda  kar  bolalarda 
muloqotga  kirishuvchi  odamlar  imo-ishorasi,  mimikasiga  diqqat 
bilan qarash shakllanadi. Asta-sekin ular boshqa odamlar bilan m i­
mik,  imo-ishorali  muloqotining  tabiiy  vositalarini  egallaydilar.  Bu 
atrofdagilar  bilan  so'zli  muloqotni  imo-ishoralar  bilan  to'ldiradi. 
V.Petshak  eksperimental  psixologik  tadqiqotlarda  kar  bolalarning 
kattalar  bilan  muloqoti  xarakterini  o'rganadi.  Kar  o'quvchilar 
emotsional  holatining  kambag'alligi  ularning  kattalar  bilan  emot-
112


sional  va  nutqiy  muloqoti  xarakteriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Xususan,  kar 
onalarning  kar bolalarida turli  tipdagi  emotsional  holatlar,  intellek- 
tual  emotsiyalari  sog‘lom  bolalar  darajasida  bo'ladi.  Sog‘lom  ota- 
onalarning kar bolalarida turli hayotiy sharoitlarda kam miqdordagi 
emotsiya  kuzatilgan.  Bu  eshituvchi  ota-onalarni  kar  farzandlarida 
emotsional  muloqotni  shakllantira  olmagani  bilan  belgilandi.  Eshi­
tuvchi onadan farqli kar ona o‘z farzandi bilan emotsional muloqot­
ni  o‘rnata  oladi.  Shu  sababli  kar  ota-onalar  uyida  tarbiyalanuvchi 
bola  internatda  tarbiyalanuvchi  bolaga  nisbatan  emotsiyalari,  his- 
tuyg‘ulari  soglom   bolalar  his-tuyg‘ulariga  teng  keladi.  Kar  bolalar 
emotsional  rivojlanishida  bolaning  yaqin  qarindoshlari,  ota-onasi 
bilan  munosabatida 

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish