Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Tayanch  so‘zlar va  tushunchalar



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Tayanch  so‘zlar va  tushunchalar
1.  Nutq 
— odamlarning til  vositasi  bilan  aloqa  qilishi.
2. 
Nutq  madaniyati 
—  muloqot  jarayonida  m a’lum  til  norma- 
lariga  asoslangan  holda  m a’noli  nutqni  ifoda  etish.
3. 
Nutqni korreksiyalash 
— nutqda mavjnd bo‘lgan  ovoz, talaffuz 
nuqsonlarini  to‘g‘rilash.
13.6.  Ko‘rish  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  tasavvur,  xayol  va fazoda 
mo‘]ja)  olish  xususiyatlari
Tasavvur oldin  idrok  etilgan  narsa  va  hodisalarning  xotiramizda 
qolgan obrazlaridir.  Narsa va hodisalar sezgi organlarimizga bevosita 
ta’sir etmayotgan bo‘lsa,  ularni istagimiz,  xohishimiz bilan ongimiz­
da  qaytadan  hosil  etsak,  bu  jarayon  tasavvurdir.  Tasavvur  idrokka 
nisbatan  ancha  yuqori  bosqichdagi jarayon  bo‘lib,  «u  ko‘rgazmali  — 
hissiy  obrazdir»  va  u  ancha umumlashgan holda namoyon bo‘ladi.
Tasavvur  xotirada  obrazlarning  ko‘rgazmali  va  umumlashgan 
holda  paydo  bolishi  bilan  tafakkurga  o‘tish  bosqichi  hisoblanadi. 
Tasavvur mustahkamlanmasa,  vaqti-vaqti bilan takrorlanmasa,  vaqt 
o‘tishi  bilan  o‘zgarishi,  xiralashishi,  sxematik  yoki  umumlashgan 
holga  kelib  qolishi  mumkin.  Kuchli  his-tuyg‘u  bilan  bog‘liq  tasav- 
vurlar  o‘ta  yorqin  va  bo'rttirilgan  holda  xotiramizda  uzoq  vaqt 
saqlanib  qolishi  mumkin.
Ko‘ruv  nuqsoni  ko‘ruv  idrokini  qiyinlashtiradi  yoki  unga 
to‘sqinlik  qiladi.  Bu  nuqson  o‘z  navbatida  tasavvurni  ham  zaif- 
lashtiradi.  Ko‘rlardagi  tasavvurning  o‘ziga  xos  tomoni  shundaki, 
ularda  ko‘ruv  obrazlari  torligi  (ko‘zi  ojizlarda)  yoki  uning  umu- 
man yo‘qligi  (ko‘rlarda)  uchun ham tasavvur doirasi  keskin  kamay- 
gan  bo‘ladi.  Bu  toifa  bolalardagi  tasavvur  jarayoni  sog‘lomlarga 
nisbatan  miqdor jihatdan  kamligi  bilan  birgalikda,  u  sifat jihatdan 
ham  farq qiladi.  Ko'rlarda  tasavvurning  miqdor jihatdan  kamligini 
saqlanib  qolgan  analizatorlar  yordamida  (asosan  paypaslab  —  teri 
sezgisi)  kompensatsiya  qilish  mumkin.  Ammo  ko‘rish,  masofadan 
ko‘rishning  o‘rnini  hech  narsa  bosa  olmaydi.
241


Ko‘rlardagi  obrazlar  sog‘lom  shaxslarnikidan  fragmentarligi, 
sxematikligi,  kam  umumlashganligi  bilan  ajralib turadi.
Ko‘r  va  ko‘zi  ojizlarda  obrazlarning  fragmentarligi  shu  bilan 
xarakterlanadiki,  ularning  tasavvuridagi  narsa  va  obyektlarning 
muhim  qismi  yetishmaydi,  tobliq  emas,  ba’zan tasavvur etilayotgan 
narsa  va  obyektning  real  tasviriga  mos  kelmaydi.  Narsa  va  obyekt­
larning  obrazlarida  muhim  qismlari  yetishmaydi.  Narsa,  rasm, 
tanishda  ularning  muhim  qismi  tushib  qoladi.  Masalan,  ko‘r  bola 
uchun  tulkining  obrazidagi  eng  muhim  narsa  uning  katta  dumi, 
quyonning  obrazida  esa  quloqlari  va  kalta  dumi  muhim  belgi  hi- 
soblanadi.  Bunday belgilarning fragmentarligi  va sayoz  umumlash­
ganligi 
narsa
  va  obyektlarning  haqiqiy  obraziga  ko‘r  bola  tasav­
vuridagi  obrazning  mos  kelmasligi  va  tasavvurlarning  fragmentar 
bo‘lishi  teri  yordamida  sezish  yoki  ko‘ruv  idrokining  suksessivligi 
(suksessivlik  —  narsa  va  obyektlarni  bir  butunligicha  emas,  bal­
ki  birin-ketin  idrok  etishdir.  Bunday  idrok  ko‘r  shaxslarda  ko‘ruv 
analizatorlari  tekshirish  maydonining  torligi  yoki  chegaralangan- 
ligidan  kelib  chiqadi).
Sog'lom  shaxslarda  joyni,  narsa  va  obyektlarni  idrok  etish 
ko‘pincha simultan  tarzda (ya’ni joy,  narsa va obyektlarni  yaxlit,  bir 
butunligicha)  idrok  etish  yuz beradi.
Tashqi  ko‘rinishi  o‘xshash,  tashqi  ko‘rinishida  alohida  ajralib 
turuvchi  qismlari  kam  bo'lgan  narsalarni  idrok  etganda  sxematik 
idrok  shakllanadi.  Ko'rlar  bunday  narsalarni  bir-biridan  farqlashga 
qiynaladilar.  Bir xil  ko‘rinishdagi  qushlar  (musicha,  kaptar,  qarg‘a 
va  hokazolar)dan,  o‘simliklarning  (arpa,  bug‘doy  va  boshqalar) 
tashqi  ko‘rinishi  bir-biriga  o‘xshashligi  sababli  farqlashga  qiynali- 
shadi.  Eng  muhim  belgilar  -   shakl,  tashqi  Ico‘rinish,  rang,  tashqi 
a’zolartiing  o‘ziga  xos  xususiyatlari  e’tibordan  chetda  qoladi.  Nati- 
jada  ko‘r va  zaif ko‘ruvchi  bolalarning tasavvurida  narsa  va  obyekt­
larning obrazlari  sxematik-ehizgi  tarzida  shakllanadi.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning tasavvur xususiyatlaridagi yana 
bir  kamchilik  narsalar  va  hodisalar  haqidagi  obrazlarning  yetarli 
umumlashmaganligidir.  Ko‘ruv  nuqsonida  sensor  tajribaning  kam- 
ligi,  narsa  va  obyektlar  mohiyati  va  mazmuni,  qismlari  va  qismlar 
o‘rtasidagi  munosabatlar  haqidagi  bilim  va  tajribalarning  kamligi
242


bir  turga,  bir  sinfga  kiradigan  o‘simliklar,  hayvonlar  va  boshqa 
n arsalarn i 
farqlashda  qiyinchilik  yaratadi.  Ayniqsa,  maktabgacha 
va 
kichik 
maktab  yoshidagi  bolalarning  atrof-muhit  haqidagi  bilim 
Vft 
tajribasining kamligi umumlashtirishdek muhim  ruhiy  qobiliyat- 
nin g  
kuchsizligiga  sabab  bo‘ladi.
Ko'r shaxslar atrof-olam  haqidagi  asosiy bilim va  ma’lumotlarni 
SO‘z  yordam ida, 
ya’ni  atrofdagi  kishilarning  (ota-ona,  o'qituvchilar, 
radio, 
televizor va boshqalar) yordamida to‘playdi.  Ko‘rlar atrof-olam 
haqidagi 
bilim va ma’lumotlarni sog‘lom bolalarga nisbatan  ko‘proq 
qiziqish 
bilan tinglaydilar.  Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolada atrofga 
qiziqishi, 
ehtiyoji  verbal  yo'l  bilan  qondiriladi  va  mustahkamlana- 
di. 
Buning  oqibatida  ko'rlarda  ko'ruv  tasavvurlar  va  obrazlarning 
kam ligi 
(ko'rlarda  umuman  yo'qligi)  narsa  va hodisalarning  real  va 
verbal 
mazmuni,  mohiyati o'rtasidagi ajralish (divergensiya)ga sabab 
bo'ladi.
Umumiy  psixologiya  kursidan  ma’lumki,  tasavvurning  shaklla- 
nish 
jarayoni  uch  bosqichda  kechadi.
Birinchi  bosqich  —  predmet  va  obyektlarni  farqlash  kuchsiz, 
ularning  o'zaro  munosabatlari  yetarli  anglanmagan.
Ikkinchi  bosqich  —  farqlash  murakkablashib  boradi.  Narsa  va 
obyektlarning muhim  belgilarini  farqlash  malakasi  paydo  bo'ladi.
Uchinchi bosqich  — narsa va obyektlarning muhim qismi va bel- 
gilari 
haqida  mustahkam  bilim  paydo  bo'ladi.  Bu  qism  va  belgilar 
o'rtasidagi  aloqalar  —  munosabatlar  anglab  yetiladi.  Bu  tasavvur­
n in g  
oliy bosqichidir.
Ko'rlarda ham tasavvur shakllanishi  yuqoridagi bosqichlarda ke­
chadi. 
Lekin,  bosqichlararo  vaqt  uzoq  va  qiyinroq  kechadi.  Ko'r va 
z a if 
ko'ruvchi  bolalar hatto  atrof-muhitdagi sog'lomlar uchun  yaxshi 
ta n is h  
narsalarni  sog'lomlarga nisbatan  qiyin  tasavvur etadilar.
Sog'lom  bola  4-sinfga  chiqqanda  tasavvur  etish  qobiliyati  oliy 
bosqichga  yetgan bo'ladi.  Ko'rlar esa  maktabda  maxsus ta’lim  orqa­
li 
malaka  va  ko'nikmalarni  egallagandan  so'ng  ham  tekshirilgan 
o'quvchilarning  1/20  qismining  tasavvurlari  oliy  bosqichga  yetishi 
aniqlandi.
Ko'pchilik ko'r va zaif ko'ruvchi shaxslarning tasavvurlari  1  yoki 
2-bosqichda  qolib  ketadi.
243


Ko‘rlarning ko‘ruv doirasidan (ko‘zi ojizlarda) ko‘rlarning pay- 
paslab  tekshirish  doirasidan  uzoqda joylashgan  narsa  va  obyekt- 
lar  sxematik,  fragmentar  tarzda  yoki  um um an  idrok  etilm asdan 
qolib  ketadi.  Tasavvur  obrazlarining  xotirada  saqlanishi  va  mus- 
tahkam lanishi  uchun,  faoliyat davomida  uning  qayta-qayta  idrok 
etilishi  katta  ahamiyatga  ega  Ko‘rlarda  qayta  idrok  etishning  qi- 
yinligi  ham  tasavvurlarning  I—II  bosqichda  qolib  ketishiga  yoki 
xotiradan  yo‘qolib  ketishiga  sabab  bo‘ladi.  Obrazlar  bordi-yu 
yo‘qolib  ketmasa  ham xira  bo‘ladi.  Fragmentarligicha yoki  yetarli 
farqlanmaganligicha  qolib  ketadi.
Erta  ko‘r  bo‘lganlarning  xotirasida  ko‘ruv  obrazlari  juda  oz 
bo'ladi.  Faqat  ko‘zi  sog‘lom  davrda  kuchli  his-hayajon  uyg‘otgan 
narsa  va  hodisalar  (chiroyli  o'yinchoq,  yong‘in  va  boshqalar)ning 
yorqin  obrazlari  yaxshi  saqlanib  qoladi.  Maktab  yoshida  ko‘zi  ko'r 
bo‘lganlarning  ko‘ruv  xotirasi  ancha  yaxshi  bo‘lib,  maxsus  ta’lim 
jarayonida  bilim  va  tajriba  olish  faolligi  yana  oshadi.  Katta  yoshga 
kirib  ko‘r  bo'lganlarning  ko‘ruv  tasavvurlari  sog'lom  kishilarniki- 
dan  farq  qilmaydi.
Ammo,  tasavvurlarining  mustahkamligi  nisbiydir,  tasavvurlar 
vaqti-vaqti  bilan  mustahkamlanib turilmasa,  ular asta-sekin xirala- 
shadi va yo'qolib ketishi ham mumkin.  Ko‘rlarning tasavvur xususi- 
yatlarini rivojlantirish uchun oilada, maktabgacha va maktab ta’limi 
jarayonida  quyidagi  ishlar olib  borilishi  kerak:
1.  Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar va o‘quvchilarni narsa va obyekt­
larni  kuzatish  va  paypaslab tekshirishga  o‘rgatish.
2.  Narsa  va  hodisalarni,  obyektlarni  tekshirish  malakasiga  va 
ko‘nikmasiga  o‘rgatish.
3.  Narsa  va  obyektlarning  muhim  qismlarini,  unchalik  muhim 
bo‘lmagan  qismlaridan  farqlash  va topish.
4.  Qismlar,  narsalar  orasidagi  bog‘liqlikning  qonuniyatlarini 
tushuntirish.
5.  Sensor  tajribani  oshirishda  mumkin  qadar  hamma  analiza- 
torlardan  foydalanish.
Ko‘r  va  ko‘zi  ojizlarda  fazoviy  tasavvurlar  va  mo‘ljalga  olish 
o‘ziga  xos  ma’no  kasb  etadi.
244


Fazoviy  tasavvurlar  deb  predmetlarning  fazodagi  o‘rni,  shakli, 
holati,  tuzilishi  va  harakatining  ongimizda  aks  etishiga  aytiladi.
Inson  o‘zining  turgan  jo ‘yini  va  yo‘nalishini  aniqlash  uchun 
o‘zini  va  atrofdagi  predmetlarning  joylashuvini  belgi  qilib  oladi. 
Natijada  kishi  atrof-muhitning,  fazodagi  narsa  va  obyektlarning 
shaklini,  katta-kichikligini  aniqlaydi  va  eslab  qoladi.
Buning  uchun  u  o‘zini  bitta  nuqta  deb  olsa,  atrofdagi  predmet- 
lardan bittasini yoki bir nechtasini mo‘ljalga olish nuqtasi deb hisob- 
laydi.
Uch  o‘lchamli  fazoda  inson  atrofdagi  narsalarning balandligini, 
uzunligi,  enini  va  boshqa  olchovlarini  aniqlash  uchun  bu  narsani 
o‘z  bo'yi  yoki  boshqa  biror  narsa  bilan  solishtirib  mo'ljalga  oladi. 
Mo‘ljalga  olishda  va  joyni  topishda  biz  quyidagi  oddiy  usullardan 
foydalanamiz.
Notanish  joyga  mehmonga  borgan  vaqtimizda,  ikkinchi  m arta 
shu  yerga  kelganda  adashmaslik  uchun  (shahardagi  uylar  bir-biri- 
ga juda  o‘xshash),  shu  uy  yonidagi  qandaydir  narsani:  simyog‘och, 
do‘kon  va  boshqalarni  belgi-mo‘ljal  qilib  olamiz.  Keyingi  safar  shu 
joyga  kelganda  bizga  zarur  uyni  topishga  oldingi  safar  ko‘z  ostiga 
olib  qo‘ygan  «belgilari»miz  yordam  beradi.
Dengizda  bunday  belgilar  yo‘qligi  sababli  qadim-qadimdan 
kishilar  suv  oqimi,  shamol  va  yulduzlarga  qarab  yo‘nalishni  belgi- 
laganlar.
Sahro  va  o‘rmonIarda  esa  tepaliklarning  joylashuvi,  daraxt 
va  o ‘simliklarning,  shamol  esishi  va  yulduzlarga  qarab  kishilar 
o'zlarining  turgan  joylarini,  joyning  tomonlarini  va  boshqa  zarur 
yo‘nalishlarni  aniqlaganlar.
Hind  okeanida  joylashgan  mayda  orollarda  ibtidoiy  tizimga 
yaqin  sharoitda  yashovchi  xalqlar  bir  oroldagi  kishilar,  ikkinchi 
oroldagi  tanishlarinikiga  kichik  kemachalarda  mehmonga  borib 
qaytib kelishadi. Vaholanki, ba’zi bir orollar orasidagi  masofa  1000 
km.
Bu xalqlarni tekshirgan olimlar, ular ochiq okeanda suv oqimiga, 
to‘lqinlarga,  shamolga  va  nihoyat  quyosh  va  yulduzlarga  qarab  ke- 
malarni  boshqarishlarini  aniqlaganlar.  Yuqoridagi  fikrlardan  shun- 
day  xulosa  kelib  chiqadi,  har  bir  kishining  tasavvurida  fazoning
245


(atrof-muhitning)  «kartasi»  bo‘ladi.  U  o‘ziga  zarur  joyni  topishi 
uchun  olz xotirasidagi  «karta»  obraz bilan,  atrofdagi joyni taqqoslab 
m oijal  oladi.  Joyni topish uchun  uchta  vazifa bajariladi:
1.  Zarur yo‘nalishni  tanlash.
2.  Shu  yo‘nalishni  davom  ettirish  va  ongimizdagi  joyning, 
yo'nalishning obzori  «karta»si bilan  solishtirish.
3.  Kerakli joyni  topish.
Fazodagi  obyektlar  va  narsalarning  jo ‘yini,  holatini,  shaklini 
aniqlashda,  ularni  farqlashda  va topishda  hamma  analizatorlar qat- 
nashadi.  Birorta  analizatordagi  nuqson  fazodagi  yo'nalishni  aniq- 
lash  va  moMjalga  olishni  qiyinlashtiradi.  Ko'rlarda  bunday  holatga 
quyidagilar sabab  boladi:
Birinchidan,  ko'rlar  idrok  etish  maydoni  torayadi,  idrok  etish- 
dagi  narsalarni  o‘zaro taqqoslash,  topish,  aniqlik kiritish buziladi.
Ikkinchidan,  fazoni  masofadan  turib  idrok  etish  buziladi.  Shu 
sababli  ko‘rlarda  fazoviy  yo‘nalish  malakalarining  shakllanishi  va 
uning  avtomatizatsiyasi  qiyinlashadi  yoki  umuman  yo‘qqa  chiqa- 
di.  Ko‘zi  sog‘lar  o‘zining  turgan jo ‘yini,  zarur  yo‘nalishni,  joydagi 
sharoitni,  yo'nalish  va  yo'lning  tuzilishini  avtomatik  ravishda  to- 
padi  va yuradi.  Siz kamdan  kam  hollarda  ish yoki o‘qish joyingizga 
borish  yo‘lini  oldindan  rejalashtirasiz  va  yo‘l  davomida  bu  haqda 
o'ylaysiz.
Biz har kuni  odatdagi  yo‘1,  odatdagi transport vositasidan foyda- 
langan  holda  hamma  harakatni  beixtiyor ravishda  bajaramiz.  Faqat 
odatdan  tashqari  hollardagina  diqqatimiz  kuchayib,  sezgirligimiz 
ortadi.
Aynan  shu  jarayonni  (avtomatizatsiya),  ko‘rlar  doimo  ong  osti 
nazorati  bilan  bajarishga  majburlar.
Yo‘ldayurish, joyni topish, to‘siq vaboshqalardan o‘tish ko‘rlardan 
kuchli  diqqat,  xushyorlik  va  «kuzatuvchanlik»ni talab  etadi.
V.S.Sverlov  ko‘rlarning  quyidagi  fazoviy  yo‘nalishlarini  farqlay-
di:
1.  Fazoviy  kichik narsalarni  topish  va  aniqlash:
a) 
juda  kichik  narsalarni,  masalan:  ignaga  ip  o‘tkazish,  gulning 
g‘unchasini  tekshirish  va  hokazolar.  Bu  ishlarni  bajarishda  ko'rlar 
ba’zan tildan  ham  foydalanadilar;
246


b) 
bir  barmoq  yoki  bir  necha  barmoq  bilan  sezish  mumkin 
bo‘lgan  predmetlar;
d)  kaft  bilan  ushlash  mumkin bo‘lgan  predmetlar.
2.  Yashash  va  ish  joyidagi  narsalarni  topish  va  aniqlash:  osh- 
xonadagi,  xonalardagi  narsalar,  sinf xonasi,  ustaxonadagi  narsalar.
3.  Katta  joylardagi  narsalar  va  obyektlar:  katta  sport  xonalari, 
teatr,  kino  zallari,  ochiq  maydonchalarda  narsa  va  obyektlarni  to ­
pish  va  aniqlash.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish