Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol va  topshiriqlar
1.  Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz xoti­
raning  o‘ziga xosligini  ochib bering.
2.  Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda qisqa muddatli va operativ 
xotira  qanday  ahamiyatga  ega?
3.  Ko‘rishda  nuqsonga  ega  shaxslarda  xotirani  korreksiyalash 
yo‘llari  va  imkoniyatlari  haqida  so‘zlab  bering.
13.4.  Ko‘r va  zaif ko‘ruvchi  shaxslarning  tafakkuri
Qator  mualliflar  (T.P. Golovina  (1975),  L.P. Grigoreva  (1985), 
M.I.Zemsova  (1956,  1973),  V.G. Ermakov  (1989),  A.L.Zam ulin 
(1990),  G.M.Milayeva  (1974),  L.I.Plaksina  (1982),  L.V.Rudakova 
(1982),  L.I.Solnseva  (1967)  va  b.)  ko‘zi  ojiz  va  zaif  ko‘ruvchilar 
normal  ko‘radiganlar  kabi  fikrlash  operatsiyalarini  amalga  oshi- 
radi.  Shu  bilan  birga,  ko‘rish  qobiliyati  buzilgan  bolalarda  tahlil 
qilish  idroki  sekin,  fragmentar,  ko‘p  bosqichli  tarzda  kechadi.  Bu 
zaif ko'ruvchilarning obrazli tafakkuri rivojlanishini qiyinlashtiradi. 
Predmet  va  hodisalarni  xayolan  bolaklashda,  keyinroq  ularni  sin-
231


tezlashda  turli  belgilar  obrazlarining  yaxlitlik  va  bir  paytlilik  kabi 
sifatlari  zarar  ko‘radi
Normal  ko‘radiganlar  muhitida  yashayotgan  va  ishlayotgan 
ko‘zi  ojiz  va  zaif  ko'ruvchi  hayotida  shunday  vaziyatlar  bo‘ladiki, 
u  butun  vaziyatni  yaxlit  idrok  etolmaydi  va  vaziyatni  o‘z  idroki 
uchun qulay bo‘lgan alohida elementlar asosida tahlil qilishiga to‘g‘ri 
keladi.  Bunday  hollarda  vaziyatni  qayta  yaratish  va  baholash  uning 
alohida  belgilari  tahlili  va  sintezi,  ularni  anglab  yetish  va  mavjud 
bilim  hamda  tasavvurlar  tizimiga,  hayot  va  ta ’lim jarayonida  yara- 
tilgan  umumiy  konsepsiyaga  kiritish  asosiga  quriladi.  Bu  ko‘rishda 
nuqsoni  bo'lgan  shaxslar  hayoti  va  faoliyatida  tafakkurning  katta 
ahamiyat  kasb  etishidan  dalolat  beradi.
Tiflopsixologiyada tafakkur ko'rish nuqsonini psixologik kompen- 
satsiyalash  va  atrof-olamni  bilish  usullarini  shakllantirish jarayoni- 
ning eng muhim omillaridan biri sanalishi haqida fikr anchadan beri 
mavjud.  Biroq  tafakkur jarayonlarini  o‘rganishga bag‘ishlangan  aniq 
eksperimental  tadqiqotlar ko‘p emas. A.G. Litvak1  va A.F. Samoylov2 
ko‘rishda  nuqsoni  bolgan  shaxslar  tafakkuri  rivojlanishining  uchta 
konsepsiyasini  ta’kidlaydi:  ko‘zi  ojiz  va  zaif ko‘ruvchilar  tafakkuri- 
ning  tezlashgan  rivojlanish  nazariyasi;  ko‘rish  nuqsonining tafakkur 
rivojlanishiga  salbiy  ta’siri  nazariyasi  va  tafakkur  rivojlanish  daraja- 
sining ko‘rish  nuqsonlariga  bog‘liq  emasligi  konsepsiyasi.
Har  uchala  konsepsiya  konkret  faktlarga  tayanadiki,  ular  o‘z 
g‘oyalarini  ta’kidlash  uchun  huquq beradi.  Biroq ularning  hech  biri 
yo xayoliy obrazlar,  yo  tafakkurning  shakllanish jarayonidagi  o‘ziga 
xoslikning  mavjudligini  inkor etmaydi.
Birinchi  konsepsiya  ko‘zi  ojizlarning  nutqiy-mantiqiy  tafakkuri 
nisbatan  yuqori  rivojlanganligi  fakti  haqidagi  kuzatishlar,  talqinlar 
va  fikrlarga  asoslanadi  (S.F. Struve,  1810;  A.M. Shcherbina,  1929; 
A.R.Krogius,  1926;  K.Bryuklen,  1934;  B.l. Kovalenko,  1962).  1k- 
kinchi  konsepsiya  ko‘zi  ojizlar  va  ayniqsa  zaif  ko'ruvchilar  bilan 
olib  borilgan  hissiy  bilishdagi  kamchiliklar  tafakkurda  va  no- 
aniq  umumlashmalar  hamda  ularning  formal  tushunchalari  ho-

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish