Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Литвак А.Г.  Тифлопсихология.  —  М.:  Просвещение,  1985.  -с .188—191



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

1  Литвак А.Г.  Тифлопсихология.  —  М.:  Просвещение,  1985.  -с .188—191.
2  Самойлов  А.Ф.  Проблема  мышления  в  тифлопсихологии  //Психологические 
особенности  слепых и  слабовидящих  школьников.  — J1.:  ЛГПИ,  1981.  -с .39—69.
232


sil  bo'lishida  aks  etishini  aniqlab  bergan  tadqiqotlarga  tayanadi 
(M.l.Zemsova,  F.N.Shemyakin).  Uchinchi  konsepsiya  ko'zi  ojiz 
va  zaif ko'ruvchilarning  fikrlash  faoliyati  rivojlanish  darajasini  uni 
shakllantirish  jarayonini  boshqarish  va  dasturlashtirish  sifati  bilan 
bog'laydi  (A.I. Zotov  va uning izdoshlari).
Ko'rishda  nuqsoni  bo'lganlarda  tafakkurni  eksperimental  tad- 
qiq  qilish  asosan  genetik jihatdan  maktabgacha  va  maktab  yoshi- 
dagi  bolalarda  normal  ko'radiganlar  uchun  ishlab  chiqilgan  meto- 
dikalardan  foydalanib  olib  borilgan.  Natijalar  ko'radigan  bolalarda 
olingan  natijalar  bilan  solishtirganda  ko'p  jihatdan  metodikalarni 
ko'zi  ojiz  va  zaif  ko'ruvchilar  foydalanishi  uchun  o'zgartirishlar 
kiritish va tajribalarni o'tkazish sharoitlariga bog'liq bo'lib chiqqan. 
Maktabgacha  va  maktab yoshidagi  ko'zi  ojiz bolalar tafakkur dara­
jasini  o'rganishga oid tadqiqotlar J.Piaje  metodikalari bo'yicha olib 
borilgan.
J.Piaje  olib  borgan  normal  ko'radigan  bolalarning  intellektual 
rivojlanishini  o'rganishga  oid  tadqiqotlar  unga  rivojlanish  bos- 
qichlarini  ajratish  va  hal  qilinishi  maktabgacha  yoshdagi  bolalar­
ning  tafakkuri  xarakterli  xususiyatlarini  ochib  beradigan  va  bola­
larning o'z ilmiy tafakkuriga o'tishini belgilash imkonini beradigan 
qator vazifalarni  ishlab chiqish  imkonini berdi.  «Piaje topshiriqlari» 
va  «Piaje  fenomeni»  — P.Y. Galperin  va  D.B.Elkonin  bolalar obyekt 
xossalaridan  biri  o'zgarganda  modda  miqdori  saqlanishi  qonunini 
tushunadigan fikrlash vazifalarini taqdim etishdan iborat metodika­
larni  shunday nomlagan.  J. Piaje  tadqiqotlari  natijalariga  ko'ra,  7—8 
yoshli  bolalar  miqdorning  saqlanishi  qonunini  tushunishga  qodir, 
bu  ularda  ilmiy tafakkurning  yuzaga  kelganidan  dalolat  beradi.
Angliya,  Fransiya,  AQSH,  Avstraliyada  J.Piaje  vazifalari- 
dan  foydalanib,  ko'zi  ojiz  bolalar  tafakkurini  o'rganish  bo'yicha 
tadqiqotlar  olib  borilgan  (M. Canning,  1957;  J. Hatwell,  1966; 
S.K. Milleg,  1969;  B.Tepens,  1972;  M.Tobin,  1972;  R.Crome, 
1973;  M .G ottesm an,  1976  va  b.),  tadqiqotchilar  quyidagi  nati- 
jalarga  erishgan,  ularga  ko'ra  ko'zi  ojiz  bolalar  saqlanish  qonuni­
ni  tushunishda  ko'radigan  bolalardan  4—8  yilga  orqada  qoladi 
(B.Stepens,  1972 va b.),  qachonki,  M.Tobin  (1972),  M .G ottesm an 
va  b.  ta ’kidlashicha,  ko'zi  ojizlarda  to'g'ri  va  noto'g'ri  yechim  am-
233


plitudasi  ko'radigan  bolalarnikidan  qancha  katta  bo‘lsa-da,  ko‘zi 
ojizlarning eng yaxshilarini  ko‘radiganlarning eng yaxshilari  bilan 
tenglash  mumkin.
M.Gottesman tadqiqotlari  unga ko‘zi  ojiz bolalar tafakkur rivoj- 
lanishida  albatta  anomal  emas  va  intellektning  rivojlanishida  hech 
bir  kechikishga  ega  emas  degan  xulosaga  kelish  uchun  asos  berdi- 
ki,  u  idrok  etiladigan  axborotni  integratsiyalay  olmaslikdan  dalolat 
berishi  kerak  edi.  Tadqiqotchi  ko‘rsatib  berdiki,  ko‘zi  ojiz  bolalar 
tafakkur  rivojlanishida  aynan  o‘sha  bosqichlarni  taxminan  o‘sha 
yosh  davrida  o'tadi  va  Piaje vazifalarini  ko‘rish  idrokiga  tayanmas- 
dan yecha oladi.
Ko‘rish  qobiliyati buzilganda  o‘xshashlik va  tafovutning  ko‘plab 
belgilari  ilg'ab  olinmaydi.  Qiyoslash  tafakkur  operatsiyalari  ko‘rish 
patologiyasi  bo‘lgan  bolalar  tomonidan  belgilarning  cheklangan 
miqdori  bo‘yicha  bajariladi,  bu  umumlashtirishni  qiyinlashtiradi. 
Zaif ko‘ruvchi  bolalarda  eng ko‘p  qiyinchilik predmetlar o‘rtasidagi 
makon  aloqalari  va  munosabatlarini  baholashda yuzaga  keladi
Ko‘ruv  nuqsonida  tashqi  olamni  sezish,  his  etish  nuqsonning 
darajasiga  qarab  ozmi-ko‘pmi  buziladi.  Bu  o‘z  navbatida  tashqi 
olamni  aniq,  chuqur  va  farqlangan  holda  sezish  va  idrok  etishni 
susaytiradi. Bu ham o‘z navbatida bilishjarayoniga, aqliy rivojlanish- 
ga  salbiy  ta’sir  etadi.  Ko‘ruv  nuqsoni  natijasida  idrok  etish jarayo- 
ni  qiyinlashadi. Ayniqsa,  obrazlarning yaxlit holda  shakllanishidagi 
kamchiliklar,  narsalar  va  hodisalarni  farqlashdagi  kamchiliklar, 
ularning  muhim  qismlarini  ajratishdagi  yetishmovchiliklar  tafak­
kurning eng muhim jarayoni bo‘lgan umumlashtirishni  qiyinlashti­
radi.  Aynan  shuning  uchun  ham,  ko‘rlar  idrokining  sxematikligini
— chizgi shakldaligini,  fragmentarligini va hissiy sezishning boshqa 
kamchiliklarini  yengib  o‘tish  uchun  ko‘p  mehnat  qilishga  to‘gbri 
keladi.  Ko‘rlarda  ruhiy  rivojlanishdagi  nuqsonlarni  kompensatsiya 
qilishda,  o‘rnini  qoplashda,  sensor sezish  sohasidagi  kamchiliklarni 
bartaraf etishda tafakkurning xizmati  shundaki,  har xil turdagi xu- 
losa,  hukmlar  chiqarish  bilan  mavhum  fikrlashni  amalga  oshiradi. 
Ko‘r bola  idrok eta  olmagan  yoki  idrok etish  imkoniyati  bo‘lmagan 
narsalar  va  hodisalarning  mohiyatini  ochishga  tafakkur jarayonlari 
yordam  beradi va  yordam berishi  zarur.
234


Ba’zi  bir g‘arb  olimlari  ko‘rlardagi  ko‘ruv  nuqsoni,  ularda  man- 
tiqiy tafakkurlarining sog'lomlarga nisbatan yuqoriroq  rivojlanishiga 
sabab boiadi, deb da’vo qiladilar.  Bu fikrga ular asos qilib:  ko‘r shaxs 
fikrini  chalg‘itadigan  narsa  va  hodisalarni  ko‘rmaganliklari  uchun 
ichki  fikrlash  imkoniyati  katta  bo‘ladi,  ular  chuqur  fikrlash  qobili- 
yatiga  ega  deb  hisoblaydilar.  Lekin,  bunday  fikrlar uzoq  kuzatuvlar 
va tajribalar natijasining  yakuni  bo‘lmasidan  balki,  empirik jihatdan 
qilingan,  tasdiqlanmagan farazlardir xolos,  yuqorida aytganimizdek, 
ko'rlarda  sezgi,  idrokdagi  kamchiliklar  ularning  narsa  va  hodisalar­
ning  muhim  qismlarini  farqlash  va taqqoslash  yetarli  kechmaydi.
Ayniqsa,  notanish  narsalarni  taqqoslash  va  umumlashtirish 
ularning  tasodifiy  belgilari  yordamida  va  taxminiy  amalga  oshgani 
uchun  ham  ko‘rlardagi  bilishlarda  verballik  ustunlik  qiladi.  Tah- 
lil  va  tasnif jarayonining  amalga  oshishi  asosan  taqqoslash  bilan, 
taqqoslash jarayoni esa tahlil va tasnif bilan bogliqligi  uchun ko‘ruv 
nuqsonida narsalarni  farqlash  va solishtirishdagi nozik va murakkab 
jarayonni  amalga  oshirish  qiyinlashadi.
Taqqoslash  jarayonining  qiyinligiga  sabab  esa,  tahlil  va  tasnif 
jarayonining  yetarli  amalga  oshmasligidir.  Ko‘rlarda  tahlil  va  tas­
n if jarayonining  qiyinligiga  sabab:  bir  tomondan  narsa  va  obyekt- 
larning  belgi  va  mohiyatlarini  sezish  —  idrok  etishning  qiyinligi 
bo‘lsa,  ikkinchi tomondan,  idrok etilayotgan narsa va obyektlarning 
qisman  — suksessiv,  fragmentar idrok etilishidir.  Narsalarni  har to- 
monlama,  chuqur  tahlil  qilishning  imkoniyati  chegaralanganligi 
natijasida,  narsalarni  yuzaki  bilish,  muhim  qismlarni  sezmasdan 
qolish  yuz beradi.
Ko'rlar  narsalarning  muhim  qismlarini  ajratishga  qiynalishlari 
yoki  faqat  umumiy  belgilarnigina  farqlashlari  natijasida  narsalarni 
bir  tizimga  solishda,  guruhlashda  qiyinchilik  kelib  chiqadi.  Shun- 
day qilib,  ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning sensor sohasidagi  kam- 
chiliklari  hissiy bilishni  qiyinlashtiradi  va  kambag‘allashtiradi.
Bu  o‘z  navbatida  tafakkurning  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  etadi. 
Fikrlash jarayonida  tushunchalarning  to‘g‘ri  shakllanishi  katta  aha­
miyatga ega.  Tushunchalar asosan tasavvur yordamida,  uning obraz- 
laridan hosil bo‘ladi.  Masalan: sog‘lom bola «dars» so‘zini ko‘p marta 
eshitadi, lekin dars haqidagi haqiqiy tushuncha uni ko'rgandan so‘ng
235


paydo boiadi.  Ko‘rlarda tushuncha va uning haqiqiy obrazi o'Ttasida 
ajralish  (divergentsiya)  yuzaga keladi.  Tushunchalarning mantiqiy va 
hissiy  ajralishi  ko‘pincha  noto‘g‘ri  yoki  formal,  yuzaki,  soxta xulosa 
chiqarishiga  sabab  bo'ladi.  Ko‘r  va  zaif ko‘ruvchi  bolalarda  ba’zan 
hayotdan  — reallikdan  ajralib  qolgan  tuhunchalar yuzaga keladi.
Idrokni  rejali  ravishda  tashkil  etish  bilan,  tasavvurlar  doirasini 
kengaytirib  borish  bilan  tushunchalar  shakllantiriladi.  Bu  bilan 
o‘qituvchi  ko‘rlarda  fikrlash jarayonlarida  tafakkurni  izchil  tarzda 
rivojlantirib  borishi  mumkin.  Ko'rlar  ko‘pgina  narsa  va  hodisalar 
haqida so‘z yordamida ma’lumot oladilar.  Lekin, bu bilimlar shaxsiy 
tajribada sensor malaka va  ko‘nikmalar yordamida mustahkamlan- 
maganligi  uchun  ham  bu  bilimlar  yuzaki,  hayotdan  uzoq  bo‘ladi. 
Bu  kamchiliklar  tushunchalarning  mazmunini  ham  buzadi.  Bu 
kamchiliklarni  bo‘rtma  ko'rgazmali  qurollar  yordamida  narsa  va 
obyektlarning  natural  shakli  bilan  tanishtirish  yordamida  bartaraf 
etiladi.  Ayniqsa,  o‘qituvchilar  ko'rlarda  tushunchalarni  shakllanti- 
rish  ustida  iloji  boricha  psixologik-pedagogik  korreksiya  ishlarini 
erta  boshlashlari  va  izchil  ish  yuritishlari ijobiy natijalar beradi.
Savol va  topshiriqlar
1.  Ko‘r va  zaif ko‘ruvchi  shaxslarda tafakkur jarayonlari  qanday 
kechadi?
2.  Ko‘r va zaif ko‘ruvchi  shaxslarda tafakkur kamchiliklari  qan­
day korreksiyalanadi?

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish