XIV bob. KO‘R ISH N U Q SO N I B O ‘LGAN BOLALARNING
SH A X S XUSUSIYATLARI
14.1. Tifiopsixologiyaning shaxs muammolari
Ma’lumki, individ shaklida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy
fazilat kashf etib, shaxs bo‘lib yetishadi. «Shaxs» va «Individ» tu-
shunchalarining bir-biriga o'xshashligini barcha yetakchi psixologlar —
B.G. Ananev, A.N. Leontev, B.F. Lomov, S.L. Rubinshteyn va boshqalar
inkor etganlar. Demak, ular tasavvurida «Shaxs individ emas».
«Shaxs» va «individ»lik tushunchalari ham bahstalab masala-
lar sirasiga kiradi. Shaxs tuzilishida albatta biologik omillar ham
ma’lum o‘rin egallaydi. Shaxs tuzilishida individ ichkarisidagi ho-
lat alohida ahamiyatga ega. Buni intraindivid (ichki) deb nomla-
nadi. Individdan tashqi bo'shliq — interindivid va individning ust-
ki ko'rinishi metaindivid deb nomlanadi. Shaxs va uning faolligi,
yo‘nalganligi ham muhim xislatlardan biridir.
Z.Freyd qarashlariga ko‘ra kishi unda hayvonot dunyosiga man-
sub ajdodlaridan meros qilib olgan instinktiv mayllar va jinsiy ins-
tinkt, o'zini himoya qilish instinkti bo‘lganligi bois faol ekan.
A.
Kardiner, E. Fromm, K .X orni va boshqalar shaxs faolligini
tushunish borasida shahvoniy mayllarning ustunligi fikridan voz
kechdilar. Ular fikricha, shaxsning muhitga bog'liqligi birinchi
o‘ringa qo‘yiladi. Tiflopsixologlardan K. Rodjers, A. Maslou,
G .O lport va boshqalar «insonparvarlik psixologiyasi» kelajakka,
o‘zligini eng ko‘p darajada namoyish qilishga, o‘zini faollashti-
rishga intilishni shaxs faolligining asosiy belgisi deb bahOladilar.
Shaxsning faoliyatini yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyat-
larga nisbatan bog‘liq bo'lmagan barqaror motivlar majmuyi ki
shi shaxsining yo‘naltirilganligi deb ataladi. Shaxs tizimida qizi-
qishlar ham ma’lum rol o‘ynaydi. Qiziqishlar — bilishning doimiy
qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi. Qiziqishlar
mazmuniga, maqsadlariga, miqyosi va barqarorligiga ko‘ra tasnif
qilinishi mumkin.
0 ‘z-o‘ziga baho berish — shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z
imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga
249
baho berilishidir. Shaxsning o‘zini anglab yetishi tushuniladi. O'z-
o'ziga baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib, tartibga
solib turiladi. Shaxs o'ziga o‘zi baho berishni qay tarzda amalga
oshiradi?
Shaxs boshqa bir kishining fazilatlarini bila borib, o‘ziningxususiy
bahosini ishlab chiqishga yordam beradigan zarur ma’lumotlarga ega
bo'ladi. Xususiy «men»ning allaqachon tarkib topgan baholari shaxs
o'zida kuzatishlarini boshqa odamlarda ko‘rgan!ari bilan doimiy
ravishda taqqoslab borishning natijasi hisoblanadi. Kishi o‘zi haq
ida ba’zi narsalarni allaqachon bilgan holda boshqa kishiga razm
solib boradi. 0 ‘zini u bilan solishtirib ko‘radi, u ham uning shaxsiy
fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola ol-
maydi, deb taxm in qiladi. Ana shularning hammasi shaxsning o‘ziga
o‘zi baho berishiga kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi.
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, shaxsda hamisha referent guruh
(rasm yoki xayoliy) bo‘lib, u bilan hisoblashgan holda ish ko‘radi.
Undan o‘ziga qadriyatli mo‘ljallar oladi. Shaxs munosabat jarayoni
da o‘zini hamisha allaqanday andoza bilan taqqoslaydi va tekshirish
natijalariga ko‘ra o‘zidan mamnun bo‘ladi yoki ko‘nikmaydi. 0 ‘z
fazilatlaridan mamnunligining umumiy baholanishi juda katta aha-
miyatga egadir. 0 ‘ziga o‘zi tomonidan behad, yuqori va behad past
baho berilishi shaxs manfaatlarining ichki manbayi bo‘lib chiqishi
mumkin. 0 ‘ziga o‘zi tomonidan yuksak baho berilishi kishini hech
qanday asos bo‘lmagan vaziyatlarda ham o‘zining bahosini oshirib
yuboradigan qilib qo‘yadi. Natijada u ko'pincha tevarak-atrofdagilar
tomonidan uning da’volari rad etilib, qarshilik ko‘rsatishiga duch
keladi. Jahli chiqadi, hadiksiraydigan, har narsadan gumonsiray-
Do'stlaringiz bilan baham: