Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol  va  topshiriqlar
1.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  xayol  xususiyatlari 
qanday?
2.  Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning xayolini rivojlantirish 
yoilarini 
izohlang.
5.6. 
Eshitishida  nuqsoni boMgan bolalar tafakkurini 
rivojlantirish
Tafakkur  haqiqatni  bevosita  va  umumlashgan  holda  aks 
ettiruvchi  bilish jarayonidir.  Hozirgi  kunda  bolalar  tafakkurining 
rivojlanishining uch  bosqichi  -   ko‘rgazmali-harakat,  ko‘rgazmali- 
obrazli,  so‘zli-mantiq  tavsiflanadi.  So‘nggi  bosqichda  umum- 
lashish,  tushunchaning  shakllanganligi  darajasi,  ishlatiladigan 
material  xarakteriga  ko‘ra  konkret  tushunchali  va  abstrakt  tus- 
hunchali  tafakkur  o‘zaro  tasniflanadi. 
Ko‘rgazmali-harakat 
tafakkuri  predmet  bilan  tashqi  harakatni  o‘zida  jamlaydi,  bunda 
bola  maqsadga  erishish  vositasi  sifatida  turli  predmetlardan  foy- 
dalanadi.  Amaliy  vazifalarni  amalga  oshirishda  m uammoni  hal 
etishni  bir  sharoitdan  ikkinchisiga  o‘tkazish  zaruriyati  yuzaga 
keladi.  Bu  ko‘rgazmali-harakat  umumlashmalarining  shaklla- 
nishiga  olib  keladi.  Ko‘rgazmali-harakat  tafakkurining  o‘ziga  xo- 
sligi,  bir  sharoitdan  boshqasiga  o'tishda  bola  harakati  va  pred­
met  aloqasi,  munosabati  tamoyili  to iiq   namoyon  boim asligi 
bilan  belgilanadi.  Shunday  qilib,  nutqiy  rivojlanishgacha  tafak­
kurning  inert,  harakatchan  emasligi  kuzatiladi.  Ma’lum  nuqtayi 
nazardan  bola  narsani  anglab,  undan  qiyinchilik  bilan  ajraladi. 
Nonutqiy  muloqot  imo-ishora  yoki  so‘zlashuv  nutqini  shakllan- 
tirish  uchun  asosiy  omil  sanaladi.  Kar  bola  nutqini  rivojlantirish 
uning  tafakkurini  rivojlantirishda  muhim  o'ringa  ega.  A.V. Zapo-
96


rojets  fikricha,  bolaning  amaliy  tajribaga  va  sensor  tarbiyaga 
ega  bo'lishi  asosidagina  bu  jarayon  amalga  oshishi  m um kinli- 
gini  e’tirof  etiladi.  Ko'rgazmali-harakat  tafakkuri  rivojlanishidan 
orqada qolish  nutqi  mavjud bo'lm agan  eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalarda  ham  tichraydi.  N.V.Yashkova  tadqiqotlarida  eshitishida 
nuqsoni  bo'lgan  bolalar sog'lom bolalarga nisbatan katta yoshlarda 
ko'rgazmali-harakat  vazifalarini  yaxshiroq  hal  eta  olishi  aniqlan- 
gan.  9 -1 0   yoshlardagi  eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  uchun 
kattalar harakatiga taqlid qilish xosdir.  Eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo'lmaydilar,  shu sa- 
babli  bu  vazifani  o'rgatish  uchun  to 'rt  marotaba  ko'p  vaqt  va  uch 
marotaba  ko'p  ko'rgazma  kerak bo'ladi.
A.R.Luriya  va  F.L.Yudovich  nutqiy  rivojlanishi  orqada  qol­
gan  sog'lom  egizak  bolalar  tafakkurining  o'ziga  xos  xususiyatlarini 
tadqiq  etgan.  Bolalar  harakatni  so'zdan  ajratish,  rejalashtirish,  ele- 
mentar  tasniflash  malakasiga  ega  bo'lmaganlar.  Predmet  ifodasi, 
belgi,  munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur 
harakatlarini amalga  oshiradilar.
Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  uzoq  muddat  davomi- 
da  ko'rgazmali-obrazli  tafakkur  bosqichida  qoladilar.  Xususan, 
T.V. Rozonova  tadqiqotlarida  eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bola­
larning  ko'rgazmali-obrazli  tafakkurining  rivojlanishidagi  farq 
maktab  ta’lim ining  boshida  kuzatilishini  isbotlaydi.  Ko'rgazmali- 
obrazli  tafakkurni  rivojlantirish  model  tasavvurlarni  um umlashti­
rish  imkonini  yuzaga  keltiradi.  Ko'rgazmali-obrazli  tafakkurni 
shakllantirish  so'zlash  nutqining  shakllanishi  bilan  bog'liq  bo'lib, 
ko'rgazmali-obrazli  tafakkurni  so'zli-m antiq  tafakkuri  bosqichiga 
o'tishi  sog'lom  bolalarga  nisbatan  eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bo­
lalarda  uzoq  muddat  davomida  amalga  oshadi.  Bu  fikrlash  op- 
eratsiyalarining  rivojlanishida  namoyon  bo'ladi.  Fikrlash  oper- 
atsiyalari  tizimga  tashkillashtirilgan  umumiy  harakatlardir.  Bu 
fikrlash  operatsiyalari  asta-sekinlik  bilan  amalga  oshadi.  Eshit­
ishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarda  fikrlash  operatsiyalari  eshituvchi 
bolalarga nisbatan  kech  shakllanadi.  A naliz va sintez jarayonining 
rivojlanishida  ham  orqada  qolish kuzatiladi.  Bu jarayonlar yanada 
uzoq  muddatli  va  sistematik  tarzda  amalga  oshadi.  Taqqoslash
97


jarayonida  farqlarni  topish  va  o‘xshatish  rmmosabatlari  amalga 
oshadi.  I.M.Salovyov  ta ’kidlashicha,  eshitishida  nuqsoni  boigan 
bolalarda  taqqoslashning  quyidagi jihatlari  namoyon  boiadi:  ikki 
predmetni  taqqoslashdan  birining  analiziga  o4ib  ketish,  vazifani 
soddalashtirish,  predmetlarni  taqqoslashdagi  qiyinchiliklar  kuza­
tiladi.  Eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalarning  o‘smirlik  chog‘ida 
taqqoslash  texnikasini  egallashda  yutuqlar  kuzatiladi,  taqqoslash 
sifati  oshadi.
Abstraksiyalash jarayoni  sujetli-rasm  o‘yin  va  o‘quv  faoliyati ja ­
rayonida  amalga  oshadi.  Sujetli-rasm  o‘tinning  xarakterli  xususi- 
yati  o‘rindosh  predmetlarni  qoilash  hisoblanadi.  Almashtiriluvchi 
predmetlar xususiyatini  ajratish  va  taqqoslash  abstraksiyaga  asosla- 
nadi.  Eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalar  almashtirilgan  predmet­
larni  qoilashda  qiyinchiliklarga  uchraydilar.  Hatto  almashtirish 
uchun  funksional  mumkin  boigan  predmetlar ular tomonidan  har 
doim  qoilanilmaydi,  ularni  real  funksional  ahamiyatida  ajratish 
eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalar  uchun  qiyin  tarzda  kechadi. 
N .I.Shif  maium otlariga  ko‘ra,  maktabgacha  yoshdagi,  maktab 
yoshidagi  eshitishida nuqsoni boigan bolalar uchun almashtiruvchi 
vosita  sifatida  tanishga  nisbatan,  notanish  predmetlarni  qoilash 
qulaylik  tug‘diradi.  Abstraksiya jarayonida  orqada  qolish  eshitishi­
da  nuqsoni  boigan  bolalar  o‘quv  faoliyatida  ham  orqada  qolishiga 
sabab  boiadi.
Fikrlash  operatsiyalarini  amalga  oshirish  eshitishida  nuqsoni 
boigan  bolalarda  nisbatan  kechroq  amalga  oshishini  bir  qator  psi- 
xolog olimlar o‘z  ishlarida  ko‘rsatib  oladilar.
So‘zli-mantiq  yoki  tushunchali  tafakkur  rivojlanishida  eshiti­
shida  nuqsoni  boigan  bolalarda  soglom  bolalarga  nisbatan  o‘ziga 
xoslik  kuzatiladi.  Eshitishida  nuqsoni  mavjud  bolalarda  tafakkur 
va  nutqning  rivojlanish  yo‘nalishi,  eshituvchilarga  nisbatan  kech 
amalga  oshadi.  Kundalik  qiyinchiliklarni  bartaraf etish  uchun,  in- 
tensifikatsiya  qilish  yetarli  emas,  chunki  har qanday so‘z yoki  fraza 
tafakkur rivojlanishiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalar  kattaliklarni  taqqoslash, 
kattaliklar  o‘zaro  munosabatini  tushunish,  masala  mazmunidan 
uni  ko‘rgazmali  ifodalash,  berilgan  munosabatlarda  ko‘rgazmali
98


sharoitda  ajratishni  ifodalovchi  bir  qator  masalalarni  hal  etishda 
qiyinchiliklarga  uchraydi.  Asosiy  qiyinchiliklar  matn  mazmuni 
bo‘yicha  xulosa  chiqarish,  ma’lumotlarni  analiz  va  sintez  qilishda 
yuzaga  keladi.  Bunda  eshitishida  nuqsoni  bo'Igan  bolalar  mazmu- 
nan to'liq bo‘lmagan, lekin nutqiy vositalar bilan ifodalangan javob- 
larni  bayon  etadi.
Eshitishida  nuqsoni  mavjud  bolalar  ta ’lim  jarayonida  ularning 
tafakkur xususiyatlarini hisobga olish darkor. T.V. Rozonova o‘zgacha 
yondashuvni  talab  etuvchi bolalarning  3  guruhini tasniflaydi:
Birinchi  guruhga  ko‘rgazmali  va tushunchali  tafakkur  rivojlani­
shi  yuqori  darajada  bo‘lgan  bolalar  kiradi.  Ular  eshituvchi  bolalar 
bilan  ko'rgazmali-obrazli  tafakkur  darajasiga  ko‘ra  bir  xil  bo‘ladi, 
lekin tushunchali tafakkurli rivojlanishi bo‘yicha uch yil orqada qo­
ladi.  Bu bolalar yuqori  o'zlashtir ishga ega bo‘ladi,  maktab dasturini 
ijobiy egallaydi,  masalalarni  mustaqil yozadilar.
Ikkinchi  guruhga  eshituvchi  bolalardan  ko‘rgazmali  tafakkur, 
tushunchali  tafakkuri  darajasiga  ko‘ra  orqada  qoluvchi,  bu  tafak­
kur  turlari  o‘rta  darajasini  namoyon  qiluvchi  eshitishida  nuqsoni 
bo‘lgan  bolalar  tasviflanadi.  Ta’lim jarayonida  ular  surdopedagog- 
ning yordamiga  muhtoj  bo‘ladilar.
Uchinchi  guruhga  ko'rgazmali  tafakkurning  yuqori  darajasi, 
tushunchali tafakkurning past  darajasi  namoyon bo‘lgan  eshitishida 
nuqsoni  bo‘Igan  bolalarni  jamlaydi.  Ko‘rgazmali-obrazli  tafakkur 
darajasiga  ko‘ra  bu  bolalar  eshituvchi  bolalar  bilan  bir  xil  bo‘ladi, 
lekin  so‘zlashuv  nutqini  egallashga  qiynaladilar.  Shu  sababli  ular 
maktab  dasturini  egallashda  qiyinchilikka  uchraydilar,  fikrlash 
operatsiyalari  to‘liq  bo‘lmaydi,  yetarli  darajada  umumlashmagan 
bo'ladi.
To‘rtinchi  guruhga  tushunchali  tafakkur  darajasining  yuqori 
ko‘rsatkichi,  ko'rgazmali-obrazli  tafakkurning  past  darajadaligi 
kuzatilgan  bolalar  jamlanadi.  Bunday  disproporsiya  nutqiy  vo- 
sitalarni  yetarli  tabaqalamay  o‘qitish,  sujetli-rolli  o‘yin,  tasviriy 
faoliyatning  ommaviy  turlariga  ahamiyat  bermaslik  asosida  kelib 
chiqadi.  Disproporsiya  oqibatida  bu  bolalarda  matematika  fani- 
dan  orqada  qolish,  maktab  dasturini  egallashda  qiynalish  yuzaga 
keladi.  G.V. Rozonova  tomonidan  eshitishida  nuqsoni  mavjud  bo-
99


lalar  tafakkuri  rivojlanishidagi  munosabatlar  tipini  tasniflashning 
amalga  oshirilishi  o‘z  vaqtida  tashxis  qo‘yish,  disproporsiyaning 
sababini  aniqlash,  ularga  nisbatan  korreksion  dastur  tuzilishi  lo- 
zimligini  ko‘rsatdi.
T.V. Rozonova  tafakkur  turlarining  biridan  boshqasiga  o‘tish 
xususiyatlarini  tahlil  etib,  kar  o‘quvchilarda  so'zli-mantiq  tafak­
kurining  shakllanish  sharoitlarini  ko‘rsatib beradi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish