6.2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda yozma nutqni
shakllantirishning psixologik asoslari
Yozma nutq insonga egallangan tajribani belgilash va uni av-
lodlarga berish im konini beradi. Yozma nutq psixologik nuqtayi
nazardan og'zaki nutqqa nisbatan murakkabroq va nutqning qi
yin shakli sanaladi. U mavhum bo‘lib, bola uni sekin egallaydi.
Odatda, bola bu nutq shakli bilan m aktabda tanishadi. Kar bola
uchun og'zaki nutqqa nisbatan yozma nutq yengilroq sanaladi.
Uni idrok etish uchun eshitish kerak emas, ko'ruv idrok esa ularda
sog'lom bo'ladi. Yozma nutq shakllanishida nafaqat eshituv anali-
zatorlari, balki kar bolada sog'lom bo'lgan ko'ruv, harakat anali
zatorlari ham katta rol o'ynaydi. Bundan tashqari bu nutqning
shaklini kar bola ruhiy energiyani ishlatsa, og'zaki nutqni shakl-
lantirishda ko'proq ruhiy energiya sarflanadi. Shu sababli eshi
tishida nuqsoni bo'lgan bolalarda yozma nutqni egallash og'zaki
nutqni egallash bilan parallel yoki undan oldinroq davom etadi.
Yozma nutqni qo'llash vositasi h arf sanaladi. Yozma nutqni egal
lash savodga o'rgatish, harf yozish va tovush analiz va sintezini
amalga oshirishni ko'zda tutadi. Lekin yozma nutq og'zaki nutq
asosida shakllanadi va rivojlanadi. Og'zaki nutqni, tilning tovush
tarkibini egallagan bola nutqiy oqim ni aniqlashi mumkin. Boshqa
tom ondan yozma nutqni egallash og'zaki nutqni egallashga olib
keladi. Yozuv so'zning tovush tarkibini aniqlash, fikrlarning aniq
ifodalanishiga olib keladi. Ta’lim amaliyotida yozuv va o'qishning
turli buzilishlari uchraydi (xususan, yozma nutq va o'qish jara-
yonlari buzilishlari, disgrafiya, disleksiya, agrofiya). Disgrafiyada
bola yozuvda ayrim harflarni tushirib qoldiradi yoki almashtiradi
ham da yozuvda so'zlar o'rtasiga boshqa harflarni qo'shib yozadi.
Disleksiyada harflarni ommalashtirib, tushirib qoldirib o'qiydi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar yozma nutqida qanday nuq
sonlar kuzatiladi?
Eshituvchi va gapiruvchi bola yozma nutqsiz egallash jarayo
nida m a’lum darajadagi lug'at boyligi va gap tuzish malakasiga
ega bo'ladi. Kar bolada bu nutq shakli bilan puxta asosga ega
bo'lmay shakllanadi. Unda eshituvchi tayanadigan akustik va ki-
103
nestik obrazlar mavjud bo‘lmaydi. Bu yozuvni egallash jarayonini
tormozlaydi. Kar bola uchun gapning grammatik tizimi, so‘z birik-
masi, qoidasi, so‘zlarning grammatik aloqasini egallash qiyinchi
lik tug‘diradi. J.I.Shif, T.V. Rozonova, A.M.Potilskiy va boshqalar
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, eshitishida nuq
soni bo‘lgan bolalar yozma nutqning keng tarqalgan va tipik xatosi
agrammatizm tizimlardir, ya’ni grammatik shakllarning shaxs-son,
egalik, kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda xatolar yuzaga keladi.
A.M. Komdber, A.F.Nogilskaya eshitishida nuqsoni boigan bolalar
o‘z yozma nutqlarida so‘zlarni noto‘g‘ri qoilash, gap bo‘laklarini
tashlab ketish hollari ko‘p uchraydi, deb ko‘rsatadilar. Eshitishida
nuqsoni boigan bolalar mustaqil yozma nutqlarida hodisalarni ba
yon qilishda mantiqiylik va ketma-ketlik yetarli darajada bo‘lmaydi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bayon etilayotgan m aterialni re-
jalashtirishda qiynaladi. Ba’zan ular bosh asosiy ma’nosini tushirib,
ikkilamchi qismlarni tavsiflashga o‘tib ketadilar. M.Kolberg eshi
tishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yozma nutqni tavsiflab, uning qu-
yidagi xususiyatlarini ta ’kidlab o‘tadi: so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash;
so‘zning tovush tarkibini buzish; gapdagi so‘zlarni bog‘lashda xa-
toliklarga uchrashi.
Sog‘lom va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yozma nutqini
qiyoslab, olim soglom bolalar hodisalarni to liq bayon etishlari,
to ‘g‘ri rejalashtirishi, o‘zidan kam narsa qo‘shishini aytib o‘tadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar voqea-hodisalarni mazmuni-
ning to‘liq tavsiflashga qiynaladilar. N.G. Morozova, A.F. Pongils-
kaya va boshqalar eshitishida nuqsoni boigan bolalar yozma nutqni
tushunishda ham xatoliklar uchrashini ko‘rsatib o‘tadilar. Eshi
tishida nuqsoni boigan bolalar sodda matnni tushunish va o‘qishda
qiynaladilar. 0 ‘qish murakkab analitik, sintetik jarayon boiadi.
A.I. Sokolova eshitishida nuqsoni boigan bolalarning o‘qish jara
yonini tekshirib, unga ta ’sir qiluvchi omillarni (gap tuzilishining
grammatik xarakteri, o‘quvchining hayotiy tajribasi va bilimi)
tavsiflab beradi. N.G. Morozova kar o‘quvchilar matnni tushunish
holatini tadqiq etib, o‘qishni tushunishning bir necha bosqichi-
ni ochib beradi. Birinchi bosqich analiz, ikkinchi bosqich sintez,
uchinchi bosqich analiz-sintez.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |