Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalarning  og‘zaki



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

6.4.  Eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalarning  og‘zaki 
nutqni  idrok  etishi
Eshituvchi  bola  atrofdagilar  nutqini  eshituv  analizatori  orqali 
qabul  qiladi,  yuzning  ifoda  harakatlari  va  mimikasi,  imo-isho- 
ralarni  anglash  imkonini  beruvchi  ko‘rish  analizatori  yordamida 
ma’lumotini  toldiradi.
So‘zlarni,  gaplarni bir necha marta takrorlash ta’sirida eshitishida 
nuqsoni boigan  bolalarda  fonematik  eshituvga  tovush  analiz  va  sin- 
tezning yuqori  shakli  rivojlanadi.  Bola ona tilining fonemalarini far- 
qlash, ayrim so'zlar, gaplarni tushunish, farqlashga o‘rganadi. Bola ilk 
yoshida eshituvni yo'qotsa,  og‘zaki nutqni idrok etishda ko‘ruv anali­
zatori  muhim  o‘rin  tutadi.  Bunda  taktil  vibratsion,  harakat,  eshitish 
qoldigl  kabi  sezgilar yordamchi  rolga  ega boiadi.  F.F.Rau,  V.I. Bel­
tyukov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlili ko‘rsatishicha, 
kar bola  unga  qaratilggn  nutqni  ko‘rish  yordamida  qabul  qilishi,  lab­
dan  o'qishga  o'rgatish  mumkin.  Labdan  o‘qish  murakkab  ruhiy ja- 
rayon bolib,  nutqiy apparat harakatlari ko'rish analizatori yordamida 
idrok etish asosiga qurilgan  boiadi.  F.F. Rau e’tirof etishicha,  labdan 
o‘qish jarayonini  3  bosqichda tasniflash mumkin:
1)  so‘zni  artikulator tasniflash;
2)  taqlidiy artikulator obrazini  ko'rish  orqali  idrok etish;
3)  anglangan idrok.
Bulardan  tashqari  eshitishida  nuqsoni  boigan  bolalar  labdan 
o‘qishining  uch  turi  tasniflanadi:
•  harakatli;
•   ko'ruv;
•   aralash.
Labdan  o'qishning  harakatli  tipi  og'zaki  nutqi  mavjud  eshiti­
shida  nuqsoni  boigan  bolalarda  uchraydi.  Tovushning  artikulator 
harakatini  yuzaga  keltirish  uchun  uning  talaffuzini  egallash  kerak. 
Ta’limning boshlang'ich  bosqichida eshitishida  nuqsoni boigan bo­
lalar  umuman  gapirmaydilar  yoki  kam  gapiradilar.  Bu  bosqichda
108


bola so'zni talaffuz qilolmasa ham so'zning umumiy obrazini ko‘ruv 
orqali  qabul  qiladi.  Og‘zaki  nutqni  egallash  darajasiga  ko'ra  eshiti­
shida  nuqsoni  bo‘lgan bolalar talaffuzni  yaxshi  egallaydilar.  Labdan 
o‘qish jarayonida bolalarda nutqiy kinesteziya yuzaga 
keladi.
 Aralash 
tipda  labdan o'qish ko'ruv va  harakat tiplari bilan birgalikda amalga 
oshadi.  Labdan o'qish jarayoni murakkabligi bizning nutqimiz fone- 
malari talaffuzda bir xil namoyon bo'ladi. Ayrim tovushlarni  labdan 
o'qish  oson  bo'ladi.  Nutqimizdagi  har bir tovush  o'ziga  xos  bo'lishi 
usuli,  o'rni,  ovoz va shovqin ishtiroki jarangli va jarangsizligiga ko'ra 
o'zaro  farq  qiladi.  Labdan  muvaffaqiyatli  o'qish  uchun  gapiruvchi- 
ning holati,  yorug'lik,  temp  va hokazolar bola nutqi  rivojlanishining 
quyidagi  asosiy xususiyatlarini ko'rsatish  mumkin:
1.  Eshitishni  yo'qotish  kar  bola  nutqiy  rivojlanishi  o'ziga  xos- 
ligini  belgilovchi  asosiy omildir.
2.  Eshitishni  butunlay  yo'qotgan  holatida  kar bola  nutqi  nutqiy 
amaliyotida rivojlanmaydi.  U faqat surdopedagog rahbarligida max­
sus tashkil etilgan ta ’lim jarayonida  rivojlanadi.
3.  Kar bola  nutqi rivojlanishining  asosi  ko'ruv harakat va taktil 
vibratsion  sezgilardir.
4.  Kar  bolada  nutqiy  amaliyoti  eshituvchi  bolaga  nisbatan 
kambag'al  va  cheklangandir.  Shuning  uchun  kar  bolada  nutqiy 
muloqot  tamoyiliga  ko'ra  nutqini  rivojlantirish  maxsus  maktabn- 
ing bosh  vazifasidir.
5.  Eshituvchi bola eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga nisbatan 
nutqni  erta  egallaydi.  Unda  5—6  oyligidan  keyin  faol  nutq  rivojla­
nadi.  Kar  bolada  bu jarayon  maktabga  yoki  bog'chaga  borgandan 
so'ng  amalga  oshadi.
6.  Kar bolada  eshituvchi  bolada  mavjud  bo'lmagan  nutq  shakl- 
lari  imo-ishora  nutqi,  daktilologiya,  labdan  o'qish  kabilar  asosida 
shakllanadi  va  rivojlanib  boradi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish