Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


ularning  oiladan  ajralganligi  ham



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

ularning  oiladan  ajralganligi  ham
  muhim  omil 
sanaladi.  Maktabgacha  davrda  motivatsion  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
emotsiya,  his-tuyg‘u  turi  insonning  atrofdagi  predmet,  hodisalarga 
munosabatidir.  His-tuyg‘uning  shakllanishi murakkab va o‘ziga xos 
yo‘l sanaladi.  Maktabgacha davrda his-tuyg‘ular sujetli-rolli o‘yinlar 
faoliyatida  shakllanadi.  D.B.Elkonin  odamlar  o‘rtasidagi  munosa- 
batlarni shakllanishida sujetli-rolli o‘yinning roli kattaligini alohida 
ta ’kidlaydi.  Inson  munosabati  asosini  tashkil  etuvchi  normalar  bo­
laning  ma’naviy  va  ijtimoiy  tuyg'ulari  manbayi  sanaladi.  Emotsiya

va tuyg‘u bevosita o‘yin cheklanishlariga bo‘ysunishda ishtirok etadi, 
bunda bola  o‘yin  qoidalariga  muvofiq  o‘z  tuyg‘ularini boshqarishga 
o‘rganadi.  Bola  o‘z  tuyg‘ularini  jilmayish,  kulish,  mimika,  imo- 
ishora,  intonatsiya,  harakatlar vositasida namoyon etishni o‘rganadi. 
Tuyg‘ular  tilini  o‘rganib,  ular  anglangan  holda,  o‘z  emotsiyalarini 
bayon  qiladi.
Kichik  yoshdagi  kar  bolalarda  o‘yin  va  nutqiy  faoliyatning 
chegaralanganligi  sababli  ular  o‘rtoqlarini  tushunmaydilar.  L e­
kin  o‘zaro  muhabbatni,  tushunishni  kutadilar,  uydan  ajralgan- 
lari  uchun  ulardan  himoya,  qayg‘urishni  kutadilar.  Bog‘chaga 
kelgan  kunlarida  bolalar  o‘rtog‘iga  yordamga  kelmaydilar,  bir- 
biriga  muhabbat,  mehr  bilan  qaramaydilar.  Yil  boshida  kichik 
guruhdagi  bolalarda  uyda  tarbiyalanish  asosida  shakllangan  ego- 
istik  yo‘nalish  kuzatiladi  (yangi  yaxshi  o‘yinchoqni  tortib  olish, 
o'yinchog‘ini  o‘rtog‘iga  bermaslik).  0 ‘rta  va  yuqori  guruhlarda 

o'rtoqlik  va  axloqiy  tuyg‘ularning  rivojlanishida  ijobiy  ta ’sirlar
113


ko‘rinadi.  Sujetli-rolli  o'yin,  bayram,  tug'ilgan  kunlar  o'tkazish 
ijobiy  emotsional  tuyg'uni  shakllantirishga  sabab  bo‘ladi.  Bu 
o‘rtog‘ini  qayg'urishlarini  tushunishi,  uning  emotsiyalari,  qiyin- 
chiliklari  ijobiy  ta ’sir  ko'rsatadi.
Maktabgacha  yoshdagi  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar 
shaxslararo  munosabatini  shakllantirishda,  emotsiya  va  tuyg‘ularni 
rivojlantirishda boshqa odamlarning emotsiyalarini tushunish muhim 
rol  o‘ynaydi. V. Petshak kar maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bola­
larning  boshqalar  emotsiyasini  tushunish  xususiyatlarini  o'rgangan. 
Tadqiqot  jarayonida  ma’lum  emotsional  holatlarda,  xursandchilik, 
g‘am-anduh,  qo'rquv,  nafrat,  befarqlik,  hayrat  emotsiyalari  tasvir- 
langan  edi.  Tasvirlarni  uch  xil  variantda tasniflash  mumkin:
•  shartli-sxematik;
•   realistik;
•  hayotiy sharoit  (sujetli  rasm).
Tekshiriluvchining vazifasi yuz tuzilishiga ko'ra insonning emot­
sional  holatini  anglash  va  uni  imo-ishora  nutqi  bilan bayon  etishni 
ko'zda  tutishi.  Emotsional  holatni  tushunish  kar va sog'lom  bolalar 
uchun  qiyinchilik  tug'diradi.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar 
orasida faqat ba’zilari tasvirlash sxematik va hayotiy variantni to'g'ri 
angladilar.  Rasm  personajlarining  imo-ishorasi  holatini  to'g'ri  tu- 
shunganlar.  Ba’zan  eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  emotsional 
holatga  mimik va  imo-ishorali tasnif berganlar.  So'zli  bayon ba’zan 
amalga  oshirilgan.
Shunday qilib, tashqi ko'rinishlar (mimika, imo-ishora) kar bola­
larning emotsiyalarni tushunishida muhim ahamiyatga egadir.  Eshi­
tishida  nuqsoni bo'lgan  bolalarning  ruhiy rivojlanishida  emotsional 
doira  rivojlanishi  davom  etadi.  V.Petshak  tadqiqotlari  natijalariga 
ko'ra,  IV  sinf  o'quvchilari  xursandchilik,  shodlik,  g'am,  hayrat, 
qo'rquv,  nafrat  tuyg'ulari  ifodalangan  personajlarning  emotsional 
holatini  qisman  tushunganlar.  Bu  bilimlarni  bolalar  asta-sekin, 
o'rta  va  yuqori  sinflardagi  ta ’lim  davomida  egallaydilar.  Analogik 
bilimni  eshituvchi  bolalar kichik yosh  davrida  egallaydilar.
Emotsiyalarni  kech  anglash  bir  qator  noxush  oqibatlarga  sabab 
bo'lishi  mumkin.  Xususan,  adabiy  qahramonlarni,  ularning  faoli- 
yatlari,  qiliqlari,  oqibat  va  sababini  tushunish  eshitishida  nuqsoni
114


bo‘lgan  bolaning  shaxs  sifatlari  shakllanishi  va  ijtimoiy-emotsional 
sferasi tarkib topishiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish